Xuddi shu fikrni keyinroq J.Uiler
73
ham takrorlaydi
.
Xoldsvort yana xonlikda qullar ham mavjud bo‘lganligini yozib bu qullar
turkmanlarning Eronga va bir necha marta Isfaxonga qilgan kengaytirilgan
70
Pierre R. Russian Central Asia. 1867-1917.- Berkeley and Los Angelos, 1960.- P.359.
71
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.21
72
O‘sha adabiyot.,-P. 21.
73
Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.45.
31
hujumlari vaqtida asirga olingan edi. Ular xonlik madaniyatida sezilarli ta’sir
ko‘rsatganga o‘xshab tuyuladi”
74
-deb ta’kidlaydi.
M.Xoldsvort o‘z asarida yana 1851 yilda Xivaga sayohat qilgan Eron
elchisi Rizoqulining yo‘llar bayramini qanday tasvirlaganiga to‘xtalib
o‘tadi:”Ramazon oyining navbatdagi bayramlari munosabati bilan eronliklar va
uy xizmatkorlari, yuk tashuvchilar va ishchilar bo‘lib xizmat qilgan qullar,
qishloqlarga hamda Xorazmning turli manzilgohlariga tarqaldilar va 3 kunni
ozodlikda o‘tkazardilar. Ular barcha yerlardan Xivaga kelardilar vao‘zlarining
vaqtlarini atrofda sayr qilish bilan o‘tkazardilar.Ular o‘zlarining yurtdoshlari
o‘zlari kabi baxtsizlikdagi do‘stlari bilan uchrashardilar, o‘zlarining ahvoli
haqida suhbatlashardilar…bir-birlariga ayanchli badarg‘alikdagi hayotidan
nolirdilar”
75
Haqiqatan ham, xonlikda qullar mavjud bo‘lgan bo‘lib, bu haqda
mahalliy adabiyotlarda ma’lumotlar uchraydi. Masalan, ”1851 yilda Xiva
xonligiga tashrif buyurgan Eron elchisi Rizoqulixon Hidoyat Lolaboshi(ba'zi
adabiyotlarda qizilboshi deb yuritiladi) elchiligi fuqarolarni ozod qilish va
Eronga olib ketish, shuningdek, musulmonlarni olib-sotish ya’ni qulchilikni
bekor qilishga majbur etish”
76
edi. M.Xoldsvort yana “XIX asrda ichki
birlashtirish uchun kurash boshlandi. XVIII asrdan beri hali hamma yerda sulola
tashkil etilmagan edi. Inoq Eltuzar o‘zining hokimiyati va taxt merosi tartibini
o‘rnatib, oliy hokimiyatni o‘z zimmasiga oldi”,
2
- deb yozadi. Haqiqatan ham
1804 yildan boshlab, Xivada hukmronlik o‘rnatiladi.
M. Xoldsvort o’z asarida yana Xiva xonlari ro‘yxatini ham qayd etadi:
Inoq Eltuzar
1804 - 1806
Muhammad Rahim
1806 - 1826
Olloquli
1826 - 1842
Rahimquli
1842 - 1845
Madamin (Muhammad Amin)
1846 - 1855
74
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.21
75
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-P.21.
76
O‘sha adabiyot., p.22.
32
Sayid Muhammadxon
1856 - 1864
Muhammad Rahim II
1864 - 1910
Asfandiyorxon
1910 - 1918
Sayid Abdulloh
1918- 1920
Shu o‘rinda 90-yillarda E.Ollvortning asarida
77
ushbu xonlikni boshqargan
hukmdorlar ro‘yxatini ham keltiramiz.
Rahimquli 1842-1845
Muhammad Amin 1845-1855
Sayid Muhammad 1856-1864
Muhammad Rahim II 1865-1910
Asfandiyor 1910-1918
Sayid Abdullo 1918-1920
1918-1920 yillarda Xivaning 49-xoni Sayid Abdulloh 1920 yil 1-fevral
kuni qamoqqa olingan va shu yil 12-iyulda surgun qilingan. Avvlo, Moskva,
so‘ngra Ukraina qamoqxonalarida saqlangan. 1934-yilda ozod etilgan va
Toshkent shahrida vafot etgan. Ingliz olimi M.Xoldsvort o‘z asarida Xiva
xonligining ma’muriy tuzilishiga to‘xtaladi. “Xiva xonligi Buxoro va
Qo‘qondan kuchli mahalliy va ajratuvchilik an’analariga asoslangan
bekliklardan iborat emasligi bilan farq qilardi, tez-tez avtonom bo‘lgan
qo‘ng‘irotlardan tashqari, ikkinchidan shaharlar kuchli mahalliy hokimiyatni
namoyish etardi
78
. Haqiqatan ham, mahalliy adabiyotlarda yozilishicha, Xiva
xonligi bekliklarga bo‘linmasdan idora etilgan.Muallif xonlikning yer egaligi
masalasi to‘g‘risida esa, XX asr xorij tarixshunoslari bilan deyarli bir xil fikrga
keladi: yer egaligi tadbirlari Buxoro va Qo‘qondagiga o‘xshash edi, ”hadya
yerlar xon tomonidan uning xizmatchilariga ulashilardi va ular juda ortiq
bo‘lgan barcha soliqlardan ozod qilinardi”
79
.
77
Allworth E. The modern Uzbeks.From the fourteenth century to the present.A cultural history. Stanford.
1990.-P.15
78
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.9.
79
O‘sha adabiyot, - P.10.
33
Shuni ta’kidlash joizki, Xiva xonligida yerlarning katta qismi xon va
uning yaqin qarindoshlariga qarashli edi. Bu yerlardan dehqonlarga ijara yerlar
ajratilib berilardi. Xiva xonzodalariga qarashli yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular
soliq to‘lamas edi.
M. Xoldsvort ushbu masala bo‘yicha yaratilgan asarlarni tahlil etar ekan,
zamonaviy sobiq sho‘ro tarixchilari xo‘jalik yerlarining yarmi xonga tegishli
bo‘lib, uning ruxsati bilan yer egalariga berilardi ,-deb yozgan”
80
Muallif
xonlikdagi vaqf yerlar umumiy sug‘oriladigan yerlarning 4 foizini tashkil etardi,
degan fikrga keladi. Uning ta’kidlashicha, ”yer soliqlari 3 ta farqli ko‘rinishda
to‘planib, yer uchastkasi hajmiga bog‘liq edi. Soliqni mahsulot bilan to‘lash
“diak”o‘rniga asta - sekin pul bilan soliq to‘lash (salg‘ut) kelib chiqdi. XIX
asrning so‘nggi choragida bir vaqtning o‘zida ikkalasi ham mavjud
edi”
81
.Haqiqatan ham, mahalliy adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, Muhammad
Rahim xalqning noroziligi yana kuchayib,tug‘yon ko‘tarishdan qo‘rqib, soliq
solish tartiblarini o‘zgartirishga kiritdi. Xiroj deb atalgan va natura bilan
olinadigan eski soliq “mahsulot solig‘i” tizimi bekor qilindi. Buning o‘rniga
solg‘ut deb atalgan pul solig‘i joriy qilindi
82
,Xoldsvort yana“…qishloqlarda
dehqonlar va hunarmand o‘zlarining mahsulotlarini sotardilar yoki o‘zlarining
qo‘shnilariga xizmat qilib, haqini doimo mahsulot bilan yoki ba’zida naqd pul
bilan olardilar. Shaharlarda hunarmandlar ustaxonalari tashkil etilgan bo‘lib, u
yerda temirchi, teri (po‘st) va charmni ishlovchilar, kulollar, arqon
tayyorlovchilar va gilam to‘quvchilar ishlardilar. Rus tovarlari bilan tanishish
natijasida hunarmandchilik ayniqsa bo‘yoqchilik va kulolchilik mahsulotlarining
bozori kasodga uchray boshlagan”
83
ligini ta’kidlaydi.
Xiva xonligida ichki savdo haqida Meri Xoldsvort xonlikdagi
ichki savdo Buxorodagi va Farg‘ona vodiysidagidek yaxshi rivojlanmagan edi,
degan xulosaga keladi. Uning ta’kidlashicha, “shaharda bozor bo‘ladigan kunlar
80
O‘sha adabiyot., - P.23.
81
O‘sha adabiyot., - P.24.
82
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.23-24.
83
O‘sha adabiyot., - P.23-24.
34
tashkil etilgan edi, tashqi savdo Afg‘oniston, Eron va Rossiya bilan olib
borilardi.
Xiva
savdogarlari
o‘zlarining shaxsiy mollarini Rossiya
yarmarkalariga olib borardi.Tovarlar tagi yassi qayiqlarda Amudaryodan
Urganchga yoki Chorjo‘yga olib borilardi, so‘ng karvon yo‘llari orqali tashib
ketilardi”.Xivadan Rossiyaga, Eronga tuya karvonlari qatnaydi Buxoroga esa
mollar tuyalardan tashqari suv orqali kemalarda ham jo‘natiladi”. “Kemalar
faqat Shovot va Polvon kabi kanallardagina qatnamasdan hatto, Amudaryo
bo‘ylab Buxoroga va Orol dengizi bo‘ylab Sirdaryoning quyilish joyigacha
boradi”
84
.
M. Xoldsvortning xonlikdagi savdo haqidagi fikrlariga keyinroq xorijlik
olim Uiler ham qo‘shiladi va o‘zining asari
85
da yuqoridagi fikrlarga mos fikrlar
keltiradi.
Ingliz olimi M. Xoldsvort xonlikdagi pul munosabatlari U yana “qadimgi
voha maydonlari intensiv sug‘orilardi va yerlar o‘g‘itlanardi”
86
, deb yozadi.
Uiler “xonlikda yashagan yarim ko‘chmanchi turkmanlar asosan
chorvachilik bilan birga ikkinchi darajali bo‘lgan dehqonchilik bilan
shug‘ullandi. Qo‘ng‘irot shimolida va Amudaryo deltasida yashaydigan
qoraqalpoqlar aralashib ketgan o‘troq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanib, u
hosil yetishtirish va mol boqishga bo‘linadi”
87
.
Muallif yana “aholining 75 foizi o‘troq bo‘lib, hosil yetishtirish bo‘yicha
har tomonlama tajribaga ega bo‘lib, shimoliy rayonlarda bug‘doy va tariq,
janubiy rayonlarda bug‘doy, paxta, meva, jumladan qovunlarning turli navlarini
yetishtirardi”
88
Uiler yana xonlikda sug‘orish ishlari ham yaxshi yo‘lga
qo‘yilganligini yozadi.
70 yillarda ingliz tarixshunosligida fransuz muallifi Kraussetning
inglizchaga o‘girilgan “Dasht imperiyasi. “O‘rta Osiyo tarixi”
89
asari o‘n
84
O‘sha adabiyot., - P.24.
85
O‘sha adabiyot., - P. 25.
86
Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.46.
87
O‘sha adabiyot., - P. 46.
88
O‘sha adabiyot., - P. 47.
89
Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.687.
35
uchinchi bobida ”Xiva xonligi” mavzusi bilan xonlik haqida qisqacha ma’lumot
beriladi.Krausset asosan xonlikning siyosiy tarixiga e’tibor beradi. U Arab
Muhammad hukmronligi davrida ruslar Urganchga yurish qilganliklari va
taxminan 1613 yillar atrofida Xorazm qalmiqlarining talonchilik bilan bostirib
kirib, keyinchalik tashlab ketgan bosqinidan azob chekkanligi haqida yozadi.
Shuningdek, Arab Muhammadning hukmronligi davrida Amudaryo deltasining
qurib qolganligi tufayli poytaxt Urganchdan Xivaga ko‘chirilganligini qayd
etadi.Muallif yana ” ...Urganch va Xivaning sun’iy aholisi Eron generallariga
qarshi qo‘zg‘adi... Qo‘zg‘olonga boshchilik qilgan shayboniylarga qarindosh
bo‘lgan Elbars boshchiligida Xiva mustaqil xonlik barpo etildi. Shayboniylar
sulolasi Xorazmda 1512 yildan to 1920 yilgacha hukmronlik qildi”
90
’-deb
ta’kidlaydi.Krausset Xiva xonlaridan Abulg‘ozi Bahodirxon /1643 -65/ mashhur
ekanligini yozib, u chig‘atoy turk tarixchilari ichida buyuklardan biri edi,
chingizxon va chingiziylar tarixi haqidagi qimmatli asar "Shajarai turk” ning
muallifidir, deb baho beradi. Uning xon «sifatida olib borgan faoliyatini tahlil
etib, 1890 yilda Kat regionini talash uchun kelgan Kandelung Ubasha
boshchiligida xazar-qalmiqlarning bosqiniga va qo‘shni Xazoraspni talagn
qalmiqlarga zarba berganligini haqida ma’lumotlarni keltirib o‘tgan
91
.
70 yillarda yana Alfred Rambaud Xiva xonligi haqida qiziqarli
ma’lumotlarni keltiradi. Bu muallif o‘z asari
92
da ko‘proq ruslarning O‘rta
Osiyoga bostirib kirishi masalasiga e’tiborni qaratgan. Bu asar haqida so‘nggi
paragrafda to‘xtalamiz.
O‘rganilayotgan masala tarixshunosligini tahlil etar ekanmiz, Indiana
universiteti O‘rta Osiyo, chig‘atoy, Oltoy bo‘limi direktori, muhojir -
tarixshunos Yuriy Bregelning baholashga arzigulik maqolalari xususida to‘xtalib
o‘tish lozim, deb o‘ylaymiz.Uning maqolalari XX asr 20 yillari ingliz
tarixshunosligida Xiva xonligiga oid eng qimmatli materiallardir.
90
Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.487.
91
O‘sha asarda.,- P.488.
92
Rambaud A. The expansion of Russian. Problems of the East and problems of the far east. – Cambridge 1988.
–P. 45- 49.
36
Yuriy Bregel maqolalarida Buxoro va Qo‘qon xonliklari bilan bir qatorda
Xiva xonligiga ham batafsil to‘xtalib o‘tadi. U Xiva xonligi bo‘yicha rus, ingliz
olimlari asarlari bilan bir qatorda xonliklar davrida yashab o‘tgan saroy
tarixchilari Munis va Ogahiy asarlaridan ham foydalangan.Yuriy Bregelning
Eron ensiklopediyasi “O‘rta Osiyo” bo‘limida chop etilgan ” 12-13 / 18-19
asrlarda O‘rta Osiyo”
93
nomli maqolasida Buxoro, Qo‘qon xonliklari bilan bir
qatorda Xiva xonligi siyosiy tarixiga ham to‘xtalib o‘tadi.Yu.Bregel Xorazmda
etnik bo‘linmalar o‘ziga xosligini ta’kidlab, “ qadimiy o‘troq eroniy aholini
nihoyat mo‘g‘ullar davrida turkiylashdi, sartlar asosan mamlakatning janubiy
qismida shahar va qishloq joylarida ikkala bo‘linma ham jamlandi. O‘zbeklar
ular bilan aralashib ketdi, lekin o‘zlarining qabilaviy mansubligini...saqlab qoldi.
Ularning ko‘pchiligi xonlikning shimoliy qismida yashardilar”
94
,
-deb yozadi.
60-yillarda
S.Bekker
Xiva
xonligi
”geografik
birlashmasiga
qaramay, Buxoroga nisbatan etnik jihatdan bir xil bo‘lgan. Xivada
o‘zbeklar 65 foizni... shimolda aholining 4 foizini yarim ko‘chmanchi
qoraqalpoqlar va ozroq sondagi ko‘chmanchi qozoqlar tashkil etardi"
deb yozadi.
Indiana universiteti xodimi Yu. Bregel o‘z asarida “Xorazm kichikroq va
markazlashgan sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan”ligini, davlat rahbarlik organlari
provinsial hokimlarga topshirilganligi va soliqlar yilda bir - ikki marta markaziy
davlat tomonidan maxsus tayinlangan lavozimli shaxslar tomonidan to‘plangan
95
ligini ham qayd etadi.
Yu. Bregel
96
o‘z maqolasida yana Xiva xonligi va Eron shohlari
o‘rtasidagi
munosabatni
ifodalab,
Xiva
xonlarining
shajarasini
Xorazmshohlardan to qo’ng‘irotlar sulolasi vakillarigacha bo‘lgan shohlarning
ota bobolari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tgan.Yu. Bregel tomonidan
93
Bregel Y. Central Asia. VII. In the 12-13/18-19 th centuries/ Encyclopedia Iranica. – HU.1978.-Vol.Y.-P.195.
94
O‘sha asarda., - Vol.Y.-P-198.
95
Becker S. Russias protectorates in Central Asia: 1865-1924.- Harvard Univ.-P.5.ersity Press. Cambridge,
1968. – P. 356.
96
Bregel Y. Central Asia. VII. In the 12-13/18-19 th centuries/ Encyclopedia Iranica. – HU. 1978. - Vol.Y.-P-
200.
37
tuzilgan xonlar shajarasi ikki xil bo‘lib, ular jadval tarzida berilgan. Shajaraning
biri
Chingizxondan
Xivaning
Shayboniy
sulolasiga
mansub
Arang
Muhammadgacha va yana biri shushajaraning davomi sifatida Qo‘ng‘irot
sulolasiga mansub xonlar shajarasi hisoblanadi. Har ikkala shajara ham
mukammal tuzilgan bo‘lib, unda nafaqat hukmdorlarning nomi, balki ularning
xonadoniga mansub boshqa shaxslarning ham ismlari berilgan. Ushbu shajarani
mahalliy tarixchilar shajaralari bilan taqqoslaganda anchayin mukammal
ekanligi ko‘rinadi.
Xonlikning ma’muriy tuzilishi, iqtisodiy rivojlanishi shu kabi masalalarini
yoritishda xorijliklar ko‘proq rus sharqshunoslari, vatan tarixchilari va mahalliy
arxiv hujjatlariga asoslanadi. Xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan Yuriy Bregel
boshqa xorijliklardan farqli ravishda Xiva xonligi masalalarini yoritishda rus,
ingliz olimlari asarlari bilan bir qatorda saroy tarixchilari Munis va Ogahiy
hamda Muhammad Yusuf Bayoniy asarlaridan foydalanadi.
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-yillari
xorij tarixshunosligida Xiva xonligi masalalariga oid adabiyotlar hajmini
nisbatan ozchilikni tashkil etsada, vaqt o‘tgan sari, ma’lumotlar yig‘ilib bordi
va asarlar soni ortishi bilan matbuot sahifalarida chop etilgan lavhalar mazmuni
ham boyib bordi. – XIX asrda yevropalik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan
asarlarning mazmuni asosan mustamlakachilik kayfiyatida yozilgan bo‘lsada,
ularda xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat boshqaruvi va
madaniyati kabi masalalar yoritilgan edi. XX – XXI asr boshiga kelib, Yevropa
va AQShda O‘rta Osiyo bilan maxsus shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlari
va jamiyatlari ochildi. Natijada xonlik tarixi, madaniyati, me'moriy
yodgorliklari, bu yerda yashagan xalqlar, xonlikda yuritilgan davlat hujjatlari,
jumladan,xon yorliqlari, qozilik hujjatlari kabi masalalarni yorituvchi yangi
nashrlar vujudga keldi. Ammo ularda asosan O‘rta Osiyoning umumiy tarixi
berilib, xonliklarga alohida yondashuv kam uchraydi.
|