59
xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli,
yer egaligi, dehqonchiligi va irrigatsiyasi,
me'moriy yodgorliklari va amaliy san'ati masalalari keng yoritilganini aytish
joiz. Biroq, Xiva xonligidagi
madaniyat, savdo, shaharsozlik masalalari yetarli
darajada tadqiq etilmagan. Xonlikning davlatchilik tarixi siyosiy sabablarga
ko‘rao‘rganilmagan. Chunki sobiq Ittifoq hududida davlatchilik yagona bo‘lgan
bir
sharoitda davlatlarning tarixi, milliy mansubligi mavhum shaklda aks
ettirilgan.
XX-asr 50-yillarining boshlarida tarix muammolarini o‘rganishda
konyukturaviy munosabat natijasida “chorizmning mustamlakachi bo‘lishiga
qaramay, rus bo‘lmagan xalqlarning, xususan O‘rta Osiyoning Rossiyaga
qo‘shibolinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, degan soxta fikr qaror topgan va
tarixchi olimlar tomonidan “kiritilishi”, “o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi”
kabi atamalar ishlatila boshlangan. 60–80-yillarning birinchi yarmida
tadqiqotlarning
muammoviy doirasi kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy hayotining ko‘pgina masalalar qator tadqiqotlarda yoritilgan
bo‘lsa, 80- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, “qayta qurish” munosabati
bilan ilmiy tadqiqotlarda “ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik
prinsipi tiklana borishi bilan qator respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan
ilmiy anjumanlarda Rossiya imperiyasining O‘rta
Osiyoni xususan, Xiva
xonligini bosib olish masalasi, davlatchilik tarixi, mustamlaka va sovet
hokimiyati boshqaruv tizimining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini o‘rganish,
ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash kabi masalalarga e'tibor kuchaygan.
1916 yildagi Xiva qo‘zg‘oloni xususida sovet davrida ham turlicha fikrlar
mavjud bo‘lib, ushbu qo‘zg‘olon 1930 yilda yozilgan P. Alekseenkov asarida
“Rossiya imperializmiga qarshi milliy ozodlik harakati” sifatida baholangan
bo‘lsa, 1950 – 1960 yillarda G‘. Nepesov, O. Sodiqov asarlarida bu qo‘zg‘olon
dastlab ijobiy, keyin «reaksion» deb atalgan bosqichlarga ajratilgan.Shu tarzda
bir qo‘zg‘olonga bir tuzumning o‘zida bir-biriga
zid ikki xil baho
berilgan.T.G.To‘xtametov esa ularning fikrini tanqid qilib, 1916 yilgi voqealarni
“butunlay ikki feodal guruh o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash edi” deb
60
ta'riflagan.
XIX asrda xorijlik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan asarlarda Xiva
xonligining geografik joylashishi, siyosiy ahvoli, harbiy salohiyati masalalariga
katta e'tibor qaratilgan, madaniyat, xalqning turmush tarzi masalalari esa
nisbatan kam o‘rganilganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga xorij
tadqiqotlarining deyarli barchasida Rossiya O‘rta Osiyoni,
jumladan Xiva
xonligini qurol kuchi bilan zabt etganligi qayd qilingan. Biroq, ushbu
tadqiqotlarning o‘zida ham mustamlakachilik kayfiyati tasvirlanganini aytish
joiz.
Mustaqillik yillarida Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini
yoritishda birlamchi manbalarga, arxiv hujjatlari ma'lumotlariga asoslanib, ilmiy
adabiyotlar, risola va maqolalar nashr qilindi, nomzodlik dissertatsiyalari
himoya qilindi. Tadqiqotlarda xonlikda kechgan siyosiy jarayonlar, mamlakatda
olib borilgan islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo,
Xiva xonligining xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari,
shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma'lumotlarni qamrab
olgan.
Dostları ilə paylaş: