Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi


Mavzuning  o‘rganilganlik



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix27.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#149564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi

Mavzuning 
o‘rganilganlik 
darajasi. 
Ilmiy 
adabiyotlarning 
tarixshunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi 
yarmi - XX asr 20-30 yillari davri tarixshunosligi shu kunga qadar maxsus 



o`rganish obyekti sifatida alohida tadqiq etilmagan. Xiva xonligi tarixi va 
tarixshunosligiga XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning 20-30 yillariga oid 
mahalliy tarixchilardan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy “Zubdat ut-
tavorix” “Shohid ul-iqbol”
5
va Muhammad Yusuf Bayoniy “Shajarayi 
Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”
6
, Sayyid Homid To‘ra Kamyob “Tavorix ul-
xavonin”
7
nomli birlamchi manbalarda muarrixlarning o`zi tarix jarayonida yuz 
bergan voqeotlarni ko`rib, eshitib yozganligi bilan qimmatlidir.
Sovet davrida bu yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqotlar P.P. Ivanov va M.Y. 
Yo‘ldoshevga tegishli bo‘lib, tadqiqotchilar Xiva xonlari arxivi hujjatlaridagi 
ma'lumotlarni o‘rganganlar va nashr etganlar
8
. Ushbu tadqiqotlarning so‘z 
boshisida tarixshunoslik tahlili berilgan. Bundan tashqari, asarga hujjatlar
ularga berilgan izohlar va ko‘rsatkichlar ham kiritilgan. 
B.V.Lunin tomonidan esa, rus sharqshunosligida O‘rta Osiyo 
xonliklarining o‘rganilishi, rossiyalik tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar 
natijalari va tahliliy fikrlari taqdim etilgan
9

XX asrning 70-yillariga kelib, Xiva xonligining XIX asr ikkinchi yarmi 
XX asr 20-30 yillari davri ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga oid masalalar 
umumlashma tadqiqotlarda, ilmiy adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Xususan, 
“Qadimgi Xorazm” deb nomlangan monografiyaning kirish qismida mavzu 
tarixshunosligining umumiy sharhi, shu jumladan, Xiva xonligining 
Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining o‘rganilish darajasi 
5
Огаҳий Муҳаммад Ризо. Зубдат ут-таворих (Тарихлар сараси) // Нашрга тайёрловчи Н. Жабборов. – Т.: 
O’zbekiston, 2009. – 240 б.;Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Шоҳиду-л-иқбол (Иқбол шаҳодати) // 
Нашрга тайёрловчи Н. Шодмонов. – Т.: Муҳаррир, 2009. – 336 б
6
Баёний Муҳаммад Юсуф. Шажарайи Хоразмшоҳий // Мерос тўплами. – Т.: Камалак, 1991. – Б. 
256.;Юлдашев М.Ю. Ценный источникпо истории Хорезма (О рукописи Баяни «История Хорезма») // 
Известия АН УзССР. Серия Общественные науки. – Т, 1958. – № 6. – С. 71-72.
7
Кaмёб Сайид Ҳомид Тўра. Таворих ул-хавонин. – Т.: Академия, 2002. – Б. 7. 
8
Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. / Исследование и описание документов систорическим 
введением // Новые источники для истории народов Средней Азии. – Л.: Изд-ие Государственной 
Публичной Библиотеки, 1940. – С. 8-31; Йўлдошев М.Й. XIX аср Хива давлат 
ҳужжатлари. – Т.: Фан, 1960. Т. II. – Б. 5-29. 
9
Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Т.: Наука, 1965. – С. 5-25; 
Ўша муаллиф. История Узбекистана в источниках. Узбекистан в сообщениях путешественников и 
учёных (20 – 80-е годы XIX в.). – Т.: Фан, 1990. – С. 3-4; Ўша муаллиф. Известия путешественников, 
географов и учёных (XVI – первой половины XIX в.). – Т.: Фан, 1998. – С. 3-11. 



yoritilgan
10

Shunga ko‘ra, sovet tarixshunosligida Rossiya imperiyasining O‘rta 
Osiyoni bosib olish imasalasi XX asrning 20-30 yillarida “mutlaq jaholatdir”, 30 
– 40 yillarda “qisman jaholatdir”, 50-yillarning boshlarida “Rossiyaga qo‘shib 
olinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, deb talqin qilingan
11
. Ushbu muammo 
bilan shug‘ullangan olimlar “bosib olish” atamasini rad etgan holda, “o‘z 
ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi” atamasini qo‘llay boshlaganlar
12

60–80- yillarning birinchi yarmiga kelib,tadqiqotlarning muammoviy 
doirasi kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotining 
ko‘pgina masalalarini o‘rganish kabi vazifalarni qo‘ygan va ular bir qator 
tadqiqotlarda hal qilingan bo‘lsa
13
, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, 
“ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik prinsipining tiklana borishi 
bilan, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi masalasi, davlatchilik 
tarixi, mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimi mohiyatini aniqlash 
kabi masalalarni o‘rganishga e'tibor kuchaygan
14
.
Xiva tarixi manbalarini o‘rganishda xorijlik sharqshunos olimYu.Bregel 
tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi.Tadqiqotchi Ogahiylarning “Firdavs ul-
iqbol” asarining tanqidiy matni nashr qilingan. Asarning so‘z boshisida mavzu 
tarixshunosligi berilgan bo‘lib,muallif asarning qay darajada o‘rganilganligiga 
asosiy e'tiborini qaratgan
15
. Ushbu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishi xorijiy 
10
История Хорезма. С древнейших времен до наших дней. – Т.: Фан, 1976. – С. 5-28.
11
Блиев М.М. О некоторых проблемах присоединения народов Кавказа к России // История СССР. 
– № 6. – М, 1991. – С. 67-84.
12
Ниғматов Т.Н. XIX асрнинг 20 – 50 йилларида Хива хонлиги билан Россия ўртасидаги 
муносабатларга оид босилиб чиққан асосий манбаларга характеристика.: Тарих фан. номз. ...дисс. 
– Т, 1955. – Б. 47-174; Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России (60 – 90 годы 
XIX в.). – М.: Наука, 1965. – С. 3-51; Садыков А.С. Экономические связи Хивы с Россией. – 
Т.: Наука, 1965. – С. 5-14.
13
Гордиенко А.А. Создание народно-советского государства и права и их революционно-преобразующая 
роль в Хорезме и Бухаре. – Т.: САГУ, 1959. – С. 3-7; Аминов А.М.Экономическое развитие Средней 
Азии (колониальный период). – Т.: Уздавнашр, 1959. – С.5-20; Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш 
тарихи (қадим замонлардан ҳозиргача). – Т.:ЎзССР ФА, 1959. – Б. 7-18; Тухтаметов Т.Г. Россия и Хива в 
конце XIX – начале XX века. – М.:Наука, 1969. – Б. 3-6; Садыков А.С. Россия и Хива в конце XIX – 
начале XX века. – Т.:Наука, 1972. – Б. 3-8.
14
Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. – Т.: Академия,2002. – Б. 20-
21.
15
Munis Sh. M.M. Firdaws al-iqbal: History of Khorezm / Edited by Yury Bregel / E.J. Brill. – Leiden-New 
York-Kobenhain-Koln, 1988. – 1280 p. (60 betlik kirish qismi bor).



tadqiqotchilarning ham undan foydalanishiga imkon yaratdi.Jumladan, ingliz 
tarixshunosligida Xiva xonligiga oid ma’lumotlar hajmi kengayib, asarlar soni 
ko‘paydi. Bu davrda faoliyat ko‘rsatgan M. Xoldsvort
16
, Uiler
17
, Allworth
18

Rambaud
19
, Qrauset
20
va boshqalar Xiva xonligi tarixi masalalariga ham 
o‘zlarining munosabatlarini bildirishgan. 
Mustaqillikdan keyin nashr qilingan bir qator to‘plamlardan Xiva xonligi 
tarixshunosligiga oid maqolalar o‘rin olgan. Jumladan, “O‘zbekistonda tarix 
fani: yutuqlar va rivojlanish muammolari” to‘plamida O.G. Pugovkina, U.A. 
Abdurasulov, M.U. Qayumovlar tomonidan Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar 
sulolasi davri tarixining tarixshunoslikdagi talqini, Rossiya tarixshunosligida 
Xivaga yurishning yoritilish masalalari yangicha yondashuvlar asosida 
yoritilgan
21

E.E. Karimovning Xiva qozilik hujjatlari va xon yorliqlari tavsifini o‘zida 
mujassamlashtirgan asariga doir muhim ma'lumotlar mavjud
22
. Jumladan, Q. 
Munirov asarida Xiva xonligining XVII – XX asr boshidagi tarixi,Ogahiy, 
Kamyob, Bayoniyning tarixiy asarlari mazmuni tahlil qilingan va bu asarlarning 
O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan.G‘.A. 
Ahmadjonovning tadqiqotlari mazmuni Rossiya imperiyasining Turkistondagi 
mustamlakachilik siyosati tarixi va tarixshunosligiga bag‘ishlangan bo‘lib, 
ushbu tadqiqotlar o‘rganilayotgan muammoni tahlil etishda nazariy asos bo‘la 
oladi
23

16
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.80. 
17
Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.45. 
18
Allworth E. The modern Uzbeks.From the fourteenth century to the present.A cultural history. Stanford. 
1990.-P.15 
19
Rambaud A. The expansion of Russian. Problems of the East and problems of the far east. – Cambridge 1988. 
–P. 45-49. 
20
Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.60-687.. 
21
Пуговкина О.Г. Освещение Хивинского похода в российской историографии Средней Азии (70-е годы 
XIX – начало XX века) // Ўзбекистонда тарих фани: ютуқлар ва ривожланиш муаммолари. – Т, 2006. I 
қисм. – Б. 24-29; Абдурасулов У.А. Аграрные отношения в Хивинском ханстве в историографии 30 – 80-
х г. XX века // Ўша асарда. – Б. 30-35; Қаюмов М. XIX аср охири – XX аср бошидаги Хива хонлиги 
тарихи масалалари // Ўша асарда. – Б. 35-39. 
22
Каримов Э.Э. Регесты казийских документов и ханских ярлыков Хивинских ханов XVII – начала XX в. 
– Т.: Фан, 2007. – 224 с. 
23
Ахмеджанов Г.А. Советская историография присоединения Средней Азии к России. – Ташкент, 1989. – 
156 с.; Ўша муаллиф. Российская империя в Центральной Азии (история и историография олониальной 
политики царизма в Туркестане). – Т.: Фан, 1995. – 230 с.; Ўша муаллиф. Россия империяси Марказий 



Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlarga oid O.Qo‘shjonov 
va N. Polvonov monografiyasining birinchi bobida Xiva xonligi tarixining 
so‘nggi davri manbashunosligi va tarixshunosligi xususida so‘z yuritilgan
24

XIX – XX asr boshlaridagi Xiva xonligining tarixiga oid ma'lumotlar 
nomzodlik dissertatsiyalarida ham keng o‘rin olgan. Jumladan,O. Masalieva 
tadqiqotida e'tiborini Xiva xonligi tarixining XX asr xorijiy tarixshunosligida 
o‘rganilishiga qaratsa
25
, U.A. Abdurasulov tadqiqotida Xiva xonligidagi yer 
munosabatlari masalalarining o‘rganilish darajasi ilmiy tahlil etilgan
26

Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillari davri 
siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining ayrim masalalariga oid asarlar 
va tadqiqotlar mavjudligiga qaramasdan, Xiva xonligining davlatchilik 
muammosi tarixshunoslik nuqtai nazaridan hozirga qadar yaxlit tarzda jamlab 
tahlil etilmagan va tarixshunoslik fanida o‘z yechimini kutayotgan muammolar 
sirasini tashkil qiladi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin