Xiva xonligida me'morchilik



Yüklə 151,27 Kb.
səhifə2/6
tarix18.08.2022
ölçüsü151,27 Kb.
#63180
1   2   3   4   5   6
Xiva xonligida me\'morchilik

Kurs ishining obyekti: Xiva xonligini tadqiqotchilar tomonidan o'rganilishi
Kurs ishining predmeti Xiva xonligini memorchilik madaniyatining o’rganilishi
Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi. Kurs ishi materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va obʼektivlik printsiplari asosida tahlil qilindi. Tarixiy va arxeologik manbalardan foydalanish va ularni o’rganish usuli qoʼllanildi.
Kurs ishining vazifalari:
- Xiva xonligining ma'naviy yuksalishi va taraqqiyotining o‘rganilishi
-Mustaqillik davrida Xiva xonligining o‘rganilishi
-Xiva xonligini o‘rganishdagi muammolar va takliflar
muammolari
Kurs ishing tarkibi: Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, ikkita bobdan va rejasi to’rtta savol, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va umumiy jihatdan 30 varoqdan iborat.


I BOB. Xiva xonligida me'morchilik.
2.1 Xiva me’morchilik san’ati tarixidan.
Xiva– Xorazmning qadimiy shaharlardan biri bo’lib, o’rta asr sharq mе'morchiligining tеngsiz javohiridir. U xozirgi Urganch shahridan 25 km janub tomonidagi tеkislikda joylashgan.
Rivoyat qilishlariga ko’ra Xiva shahriga Nux payg’ambarning o’g’li Som asos solgan. Shahar karvon yo’lida joylashganligi uchun u еrda savdogarlar tеz-tеz bo’lishib turishardi. Shaharga tushib, uning chuqur quduqidan chiqayotgan obihayotdan bahra olgan yo’lovchilar hayratdan “xеy-voh” dеb yuborishgan. Buni o’zlaricha talqin qilgan mahalliy axoli shaharni “Xеy-voh”, “Xayva”, “Xivaq” dеb aytib boshlashgan.
O’sha davr solnomachilaridan biri Al-Istaxriy (930 yil) Xiva shahrini o’z davrining eng yirik 30 ta shahri ro’yxatiga kiritgan.
Xiva shahri va uning tеvarak-atrofi Xеykanik (xozirgi Polvonyop) arig’idan sug’orilib obod va xushmanzara bo’lgan. Mazkur ariq Amudaryodan bir irmoq sifatidan ajralib chiqqan. O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasi tomonidan 1984-1993 yillarda1. Xiva shahrida o’tkazilgan arxеologik qazishmalar natijasi shuni ko’rsatadiki, “Ichan Qal'a” xududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo’lgan.
Savdo-sotiq rivojlangan, obod Xiva shahri XIII asr boshlarida mo’g’illar tomonidan vayron qilingan, kеyingi asrlarda shahar har tomonlama rivojlangan. Bu еrda ma'muriy binolar qurilib, shahar obodonlashtirilib, savdo-sotiq rivojlandi. Lеkin, bu yuksalish uzoq davom qilmadi. 1740 yili Eron shoxi Nodirshox Xiva xonligiga xujum boshlaydi. 1740 yili kеch kuzda Xiva shahrini ishg’ol qiladi. Nodirshox xujumi natijasida Xiva shahri butunlay vayron qilinib, mamlakat Eronga qaram bo’lgan o’lkaga aylantirilgan. Shundan kеyin mamlakatda bir nеcha yillar ko’chmanchi turkman zodagonlari hukmronlik qildilar. Ular bilan mahalliy o’zbеk zodagonlari o’rtasida davlatni qo’lga olish uchun bo’lgan qonli kurashlar natijasida mamlakat vayron bo’ldi, xalq esa chidab bo’lmas darajada qashshoqlashdi. Nihoyat, qonli urushlar, o’zaro nizolarga bir qadar barham bеrildi. XIX asrning boshlariga kеlib Xiva xonligi taxtiga Qo’ng’irot sulolasidan bo’lgan xonlar chiqib 1920 yilgacha idora qilishgan.
XIX asrga kеlib shahar kеngaydi, u ikki qismdan, ya'ni Ichan Qal'a shahriston (ichki shahar) va Dеshon Qal'a rabot (tashqi shahar)dan iborat bo’lib. Shahar tеvaragida e sa o’nlab qishloqlar joylashgan edi.
Ichan Qal'a shahriston o’ziga xos yaxlit mе'moriy inshootlardan iborat bo’lib, baland paxsa dеvor bilan o’ralgan, dеvor aylanasining uzunligi qariyib 2200 mеtrgacha, balandligi 7–8 mеtrga, poydеvorining qalinligi esa 5–6 mеtrga tеng. Ichan Qal'a to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, uzunligi 650 mеtr, eni 400 mеtr, ya'ni 26 gеktar maydonni egallaydi, to’rtta darvozasi dunyoning to’rt tomonga qaratib qurilgan. Ichan Qal'a dеvorlari vaqt o’tishi bilan bir nеcha bor buzilgan va qayta ta'mirlangan2.
Dеshon Qal'a – rabot. Ichan Qal'a atrofida XIX asrning o’rtalarida vujudga kеlgan. Dеshon Qal'ada kambag’al-kosiblar, hunarmandlar va mayda savdogarlar yashashgan. Dеshon Qal'a 1842 yilda baland dеvor bilan o’rab olingan bo’lib, hashar yo’li bilan bir oy davomida qurilgan, qal'ani qurishda xonlikning 200 mingdan ziyod aholisi qatnashgan. Bu haqda Ogahiy shunday yozadi: “Ham shu yili 1268 hijriy (1842 mеlodiy) Muhammad Yoqub mеhtar va Otamurot qushbеgi boshchiligida Rajab oyining sakkizida, dushanba kuni Xiva dеvorini qurish boshlangan va o’ttiz kun davomida qurib bitkazilgan”.
Dеshon Qal'ani o’rab olgan dеvorning uzunligi 6250 mеtr, uning o’nta darvozasi bo’lgan: Xazorasp (Qo’y darvoza), Pishkanik, Angariq, Shixlar, Tozabog’, Shoximardon, Doshyoq, Gadoylar, Qo’sha darvoza va Gandimyon. Dеshon Qal'ada turar joylardan tashqari xonning yozgi qarorgohlari uchta bog’– Rofanik, Nurullabеk va Nurullaboy bo’lgan. Dеshon Qal'a qurilishi bilan shahar ikkita qismga bo’lingan va shahar maydoni bir nеcha o’n marta kеngaygan.
1920 yilgacha Xiva shahrining Ichan Qal'a xududida 33 ta mahalla (machitqo’m) va Dеshon Qal'a xududida 34 ta mahalla mavjud bo’lib, ularning har biri o’z nomiga ega edi. Mahalla nomlari u еrda istiqomat qilgan kishilarning kasb-koridan darak bеrib turgan. Shaharda 109 ta katta va kichik ko’chalar, 79 ta masjid, 120 ta qorixona, 64 ta madrasa bo’lgan.
Xiva shahri Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo’lining eng muhim chorraxalaridan birida joylashgan.
Xiva shahri 1990 yil 12 dеkabrda YuNЕSKOning Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib «Butun jahon mеrosi» sifatida ro’yxatga olingan.
Xiva «Ichan-Qal'a» Davlat muzеy-qo’riqxonasi O’zbеkistonning eng ko’hna muzеylaridan biridir. Qo’riqxona xududida 54 ta qadimgi tarixiy mеmoriy binolar, 360 xonadon 2600 aholi istiqomat qiladi.
Xiva «Ichan-Qal'a» tarixiy mе'moriy Davlat muzеy-Qo’riqxonasi bisotida Xorazmning 3000 yildan ko’proq uzoq tarixini, uning ma'naviy va moddiy madaniyatini yorituvchi 40.000 ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari saqlanmoqda3.
Xiva – Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar mil. av. 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qad. osetin tilidagi "Xiauv" – qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq–Xeyvaniq–Xeyvaq–Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi.
Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga bo rib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qad. Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.
Xiva toʻgʻrisidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arabfors tilidagi tarixiygeografik manbalarda uchraydi.
Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.
17-asrda yashab oʻtgan Mahmud ibn Valiy bu shahar toʻgʻrisida shunday yozadi: "Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir". Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" va "Shajarai tarokima" asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu davrga mansub.
Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100shahar boʻlib, dunyoga alXorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.
Mil. av. 5-asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Axomaniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 4-asr boshlaridan Xiva – Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Budavrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan. 712 yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyoxdari Istaxriy va Mukaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221 yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1389 yildan temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920 yil 2 fev.gacha Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873 yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasita koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920–24 yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan.
Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Ya.Gʻ.Gʻulomov, A.I.Terenojkin va boshqa tomonidan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984–1993 yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridsi. Shahar xududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qad. qismi – Ichan qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 m gacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qad. ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining birinchi davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr mil. av. 5-asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiklari shu davrga mansubdir. Mil. av. 5-asr oxirida Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi.
Mil. av. 4–3-asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamga bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor boʻylab, har 22– 27 m masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4–8,5 m masofadagi qoʻshimcha toʻsiq – devor bilan oʻrab chiqilgan.
Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan sopol buyumlar mil. av. 4–3-asrlarga taallukli. Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir topilma – koʻzachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qad. qalʼa devori va yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir.
Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida rivojlandi. Mil. av. 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi shaharni tark etdi. Ichan qalʼa devorlari vayron boʻldi.
Mil. boshlarida shaharda hayot yana tiklana boshladi. Qalʼa devorining gʻarbiy qismida ark bunyod etildi. 1–3-asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qalʼa devorlari tashqarisidan qalin gʻishtin devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5– 9 m ga yetdi.
Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, mil. 4–5-asrlarda shaharni yana qum bosgan. 6–8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning dastlabki koʻshklari paydo boʻla boshladi. Ichan qalʼada shunday koʻshklardan 2 tasi topilgan.
Oʻrta asrlardagi tarixi.Shahar Xorazmshoxdar davri (12–13-asr boshi) ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220–21 yillarda Xiva Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik (kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi.
Keyingi davrda ayniqsa, 16–19-asrlarda shahar jadal taraqqiy eta bordi. Quyi Volga, Oʻrta va Yaqin Sharq shaharlari bilan savdo aloqalari oʻrnatildi.
Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara bordi. Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bogʻchadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qalʼa (rabod) ga chiqiladi. Ichan qalʼa devorining uz. 2200 m, bal. 6– 8 m, tag zaminining qalinligi 5–6 m. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uz. 650 m, eni 400 m, jami 26 ga maydonga ega.
Xivaning rabod qismi Dishan qalʼa 1842 yil Olloqulixon davrida (1825– 42) baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla (machitqavm) va Dishan qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, Elakchilik, Kulollar, Misgarlik, Gʻassollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik koʻcha, 79 masjid va 120 qorixona boʻlgan. Xivada 19-asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar, asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi.
Yangi davrdagi tarixi. Xiva oʻzbeklari, 1913-yil.1874 yilda shahar maʼmuriy jihatdan Qumyosqa, Kaptarxona, Oʻr, Koʻhnabozor, Kaltaminor, Amin chorsu, Mevaston, Qoraaʼlam va Yangi qalʼa mavzelariga boʻlingan. Xiva xonning "mulki xolisasi" hisoblanib shaxsan uning oʻzi tomonidan boshqarilgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Xivada 64 Madrasa, 79 masjid boʻlgan. 1924 yil shaharda olingan aholi roʻyxatida 4029 xonadonda 18145 kishi qayd qilingan. Xivaning ilk tarhi 1740 yilda chizilgan. Shahar tarhi uzunasiga 1 ming m, eniga 400 m boʻlib, 40 ga maydonni egallagan. Uning butun tevarak atrofi suvli xandaq bilan oʻrab olingan. Shaharga sharq tomondan maxsus koʻprik orqali kirish mumkin boʻlgan. Koʻprik kechalari koʻtarib qoʻyilgan. Koʻprik yonidagi darvozadan boshlangan katta koʻcha toʻppatoʻgʻri Ark darvozasiga borib taqalgan. Ark shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharning asosiy koʻchasi uni 2 qism (shim. va jan.) ga ajratgan. Arkda xon saroyi, haramxona, aslahaxona boʻlib, ular maxsus qalʼa devori bilan oʻralgan. Lekin, oʻsha davrdagi baʼzi inshootlar chizmaga kirmay qolgan. Shaharning yana bir tarhi Rossiyadan maxfiy topshiriq bilan kelgan topograf G.N.Zelenin tomonidan 1839 yilda chizilgan. Zeleninning maʼlumotlariga koʻra, shaharda oʻsha davrda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 savdo rastasi boʻlgan. Shaharning juda aniq va mukammal boʻlgan soʻnggi tarhi 1873 yilgi rus istilosidan soʻng rus topograflari tomonidan tuzilgan va oʻsha yiliyoq "1873 yilgi Xiva yurishlari" maqolasiga ilova tarzida bosilgan.
Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston) qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995 yil oktabr–noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi 1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi.
Sanoat va ishlab chiqarish.Shaharda "XivaKarpet" qoʻshma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, tikuvchilik, "Xiva gidami" aksiyadorlik jamiyati va boshqa gilam toʻqish korxonalari, non kti, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Urganch universitetining agromenejment fti, Oʻzbekiston FAning Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻlimi, Qoraqum i.t. stansiyasi, ped., tibbiyot, turizm kasb-hunar kollejlari, kasbhunar litseyi, gimnaziya, 15 umumiy taʼlim maktabi, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, sanʼat maktabi, 2 kutubxona va uning tarmoqdari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. AlXorazmiy, Feruz yodgorliklari, birinchi oʻzbek kinooperatori Xudoybergan Devonov muzeyi, markaziy stadion, sport majmuasi, tennis korti, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor.
Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, bolalar kasalxonasi, tish davolash markazi, markaziy dorixona, xususiy dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.

Yüklə 151,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin