Xix asr birinchi va ikkinchi yarmida angliyaning


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 487,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix13.04.2023
ölçüsü487,37 Kb.
#97082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
xix-asr-birinchi-va-ikkinchi-yarmida-angliyaning-afgonistonga-yuborgan-ekspeditsiyalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1003 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
A.Byorns sayoxatini Dehlidan boshlaydi va Amritsar, Peshovar, Kobul orqali 
Xulumga keladi. Xulumdan u sharqqa qarab yo'l oladi va Qunduz shahrini batafsil 
tadqiq qiladi. Uerdan u Balxga keladi so'ngra Amudaryodan o'tib Qarshi orqali 
Buxoroga yetib keladi. Uerda birnecha oy bo'lib, A.Byorns Chorjo'y va Urganch 
orqali Mashxadga yo'l oladi. Shu joydan unga Ost-Indiya kompaniyasi xodimi 
Moxan Lal unga Xirotga borishi uchun xamroxlik qiladi. Ular butun Xurosonni 
aylanib so'ngra Texron va Fors ko'rfazi orqali yana qaytib Hindistonga yo'l oladi[8]. 
Aslida Byornsning olib borgan barcha ekspeditsion missiyalarining moxiyati 
Afg'onistonni harbiy yo'l orqali bosib olishga qaratilgan xarakat yotardi. Ost-Indiya 
kompaniyasi rahbarlari unga mamlakat bilan har tomonlama tanishish, xususan 
uning xukumati, xukumat rahbarlari, amaldorlari, iqtisodiyoti, uning qurolli kuchlari, 
boyliklari shuningdek qo'shni mamlakatlar bilan o'zaro munosabatlari haqida 
ma'lumotlar to'plash to'g'risida ko'rsatmalar beradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish 
uchun ekspeditsiya tarkibiga leytenant Robert Lich, hind floti leytinanti Jon Vud va 
vrach Persival Lordlar kirardi. R.Lichga mamlakatning harbiy soxasini va uning 
qo'shin turlarini kuzatish, J.Vudga suv yo'llarini birinchi navbatda Amudaryoni 
o'rganish, P.Lordga esa borgan joylarining tabiy boyliklarini o'rganish vazifasi 
yuklatiladi. Lord uzoq vaqt mobaynida Qunduz xonligini o'rganadi Vud esa Pomir 
oldi xududlarini xususan yuqori Amudaryo, Vaxan Sariko'l xavzalari to'g'risida 
ma'lumotlar to'plash bilan shug'ullanadi. R.Lich bu vaqtda Qandaxorda qolib 
A.Byornsga Qandaxor, Xirot va Erondagi bo'layotgan voqealar haqida axborotlar 
jo'natib turadi[9]. 
A.Byorns o'zining esdaliklarida mintaqaning boy tabiati va iqtisodiy 
imkoniyatlari xaqida ham batafsil ma'lumotlar keltiradi. Masalan Badaxshondagi 
Shug'non yaqinidagi daryo bo'yida joylashgan G'aron deb nomlanadigan joydagi 
yoqut konlari to'g'risida ma'lumotlar beradi. Shuningdek u yana buyerda ulkan 
kumush konlari zaxirasi joylashganligini ham ta'kidlaydi. A.Byorns Hinduqush 
tog'idagi Bomiyon darasini va unga yondosh xududlarni “ajoyib boyliklarga ega 
podsholik” deb ta'kidlaydi. Yana uning xabar berishicha Fuldot yaqinida oltin va 
kumush qazib olinishini, Bomiyondan uncha uzoq bo'lmagan xududda o'n yoki o'n 
ikkita qo'rg'oshin konlari joylashganligini aytadi. A.Byorns g'oyat darajada puxtalik 
bilan mis, qalay, oltingugurt, asbest, temir, chaqmoqtosh va turli xil kimyoviy 
elementlarga ega bo'lgan konrlarni ham hisoblab chiqadi[10]. 
Uning to'plagan ma'lumotlari ichida eng qimmatlilari: Hindistondan Afg'oniston 
va Markazi Osiyoga boradigan yo'llarning batafsil chizmalari, Markaziy Osiyo 
xonliklarining iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlari, 



Yüklə 487,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin