evolyutsiyasi aloqasizlikdan-aloqadorlikka, bir toifalikdan xar xil toifalikka, noaniqlikdan-aniqlikka bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Muvozanatning buzilishi asnosida yangi evolyutsion jarayonga o`tuvchi inqiroz boshlanadi. Hamma voqеa va xodisalar mana shu inqiroz va taraqqiyot sikli orqali yuz bеradi. Ana shulardan kеlib chiqqan xolda Spеnsеr sinfiy kurash va evolyutsiyani muvozanatdan og`ish yoki ijtimoiy organizmning kasalligi dеb e'lon qildi.
Spеnsеr fikri bo`yicha, sotsiologiyaning vazifasi-bu aloxida shaxslarning xoxish va intilishlari, ularning individual jihatlari va sub'еktiv fikr uylariga qaramasdan amalga oshuvchi evalyutsion jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini ochib bеruvchi, ijtimoiy mavjudlikdir, omillarni o`rganishdan iboratdir.
XIX asr sotsiologik nazariyalari rivoji sotsiologiyaning hamma tan olgan univеrsal ijtimoiy