Xix asr oxiri XX asr boshlarida podsho rossiyasi, markaziy va janubi-sharqiy yevropa davlatlari



Yüklə 110 Kb.
səhifə2/3
tarix16.03.2023
ölçüsü110 Kb.
#88363
1   2   3
9-sinf Jahon tarixi BSB-3

____________________________________________________________________________
10. 1907-yilda Buyuk Britaniya-Rossiya bitimi imzolandi. Bitimga ko‘ra, Eron uch qismga bo‘lindi. Shimoliy Eronning Buyuk Britanya, Janubiy Eronning Rossiya ta’sir doirasida bo‘lishi tasdiqlandi. Eronning o‘rta qismi esa betaraf deb e’lon qilindi.
____________________________________________________________________________


9-SINF JAHON TARIXI.
BSB-3. Baholash mezoni.



To‘g‘ri javob

Ball

1-topshiriq.
Maksimal
10 ball



Avstriya-Vengriya iqtisodiy taraqqiyoti: XIX asrning so‘nggi choragida Avstriya- Vengriya Yevropaning rivojlangan davlatlariga nisbatan qoloq mamlakat edi. Mamlakatda o‘rta asr feodalizm sarqitlarining saqlanib qolganligi ilg‘or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sekinlashuviga sabab bo‘ldi. Shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining faqat uchdan birini tashkil qilardi. Hatto imperiyaning eng rivojlangan qismi bo‘lgan Avstriyada ham qishloq aholisi ko‘pchilikni tashkil etar edi. Avstriya-Vengriya bitimi Vengriyaning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun ma’lum turtki bo‘ldi. Vengriya ko‘miri bazasida sanoatning metallurgiya tarmog‘i rivojlana boshladi. Lekin Vengriyaning asosiy sanoat tarmog‘i oziq-ovqat sanoati bo‘lib qolaverdi.
Imperiyaning industrial tumanlari Quyi Avstriyada va Chexiyada ishlab chiqarishning markazlashuvi va monopoliyalaning vujudga kelish jarayoni jadallik bilan rivojlandi.
XX asr boshlariga kelib ssuda kapitali, asosan, Venadagi yirik banklarda to‘plandi. Mamlakat hayotida moliya oligarxiyasining ta’siri kuchayib bordi. Ayni paytda, imperiya taraqqi susiyati - uning chet el kapitaliga qaramligi kuchayib borganligida edi. Fransiya, Belgiya, Germaniya banklari qarz berish, sanoatga mablag‘lar yo‘naltirish o^flalMkvstriyani o‘z kapitallari bilan to‘ldirib tashladi. Avstriya-Vengriya sanoatining metallurgiya, mashinasozlik, elektro- texnika va shu kabi tarmoqlari Germaniya firmalari tomonidan moliyaviy jihatdan ta’minlanib turildi. Nemis kapitalining to‘qimachilik va mashinasozlik korxonalarida ham mavqeyi yuqori edi. Nemis kapitali qishloq xo‘jaligiga ham suqilib kirdi


Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin