Xizmat va servisning moddiy tovardan farqli hususiyatlari Mundarija


O’zbekistonda xizmatlar sohasi tahlili va istiqbollari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə15/17
tarix21.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#77101
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Усмонов Феруз

5.O’zbekistonda xizmatlar sohasi tahlili va istiqbollari
2019- yilning yanvar – may oylari davomida O‘zbekistonda xizmatlar sohasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, aholi iste’mol qilgan xizmatlar orasida eng katta ulush – transport xizmatlariga tegishli bo‘liyub u jami xizmatlarning 29,5 foizini tashkil qilgan. Undan so‘ng savdo xizmatlari – 25,3 foiz, moliyaviy xizmatlar – 17,9 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 5,6 foiz va boshqalar.
Shu o‘rinda ulushi eng kichik bo‘lgan xizmat turlarini ham sanab o‘tamiz: ular sog‘liqni saqlash sohasida – 1,4 foiz, Kompyuterlarni ta’mirlash – 1,6 foiz, me’morchilik – 1,7 foiz, ijara xizmati – 2 foiz.
O‘tgan davr mobaynida hajimining o‘sish surati bo‘yicha moliya xizmatlar yetakchilik qilmoqda. 2019 yilning yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlar salkam 60 foizga oshgan. Undan so‘ng me’morchilik va muhandislik sohalaridagi xizmatlar – 30 foiz, ta’lim sohasidagi xizmatlar – 21 foiz, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 18 foizga oshgan.
Foydalanilgan xizmatlar hajmiga hududlar kesimida nazar solganda, Toshkent shahri yaqqol ajralib turmoqda. O‘zbekistonda ko‘rsatilgan jami xizmatlarning uchdan biri Toshkent shahrida ko‘rsatilgan – 33,1 foiz. Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati – 7,2 foiz, keyin Samarqand – 6,5 foiz, Farg‘ona - 6 foiz, Andijon – 5,2 foiz va boshqalar.
Xizmatlar sohasining rivojlanishi bo‘yicha ResRes chempion – Jizzax viloyati bo‘ldi. Bu yerda xizmatlar sohasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan – 21 %ga o‘stgan. Sirdaryo – 20 foizga, Xorazmda – 15 foiz, Buxoro va Namangan viloyatlarida – 13 foizdan, qolgan viloyatlarda o‘rtacha 9-12 foizga o‘sgan.

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni egallaydi. 


2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi – 66,2 foiz, sanoat - 17,2 foiz, qurilish - 9,0 foizga yetdi va atigi 7,6 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (40,1 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,7 foizni tashkil etdi. 
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,7 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi. 
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining hissasi 77,6 foizga to‘g‘ri keladi. 2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, yirik tashkilotlar ulushi 22,4 foizni tashkil etdi. 
“2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'yektlari soni 37 449 taga ko‘paydi.”7
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 60,01 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi bor yo‘g‘i 4,4 trln so‘mga oshdi. 

Xulosa
Bozorni tashkil qiluvchilar bir birlari bilan chambarchas bog’liq. Xizmat va tovar hech qachon bir-birining ustidan hukmronlik qila olmaydi. Ular ikkalasi birgalikda iste’molchilar ehtiyojini qondira oladilar. Xizmat ko’rsatuvchilarda tovar bo’lganligi uchun ishsiz qolishmaydi va ishlab chiqaruvchilar xizmat ko’rsatuvchilarsiz mahsulotlarini sota olmaydilar. Bu ikki tushunchasi alohida kategoriya sifatida o’z xususiyatlari sanab o’tildi ammo, ba’zi hollarda bu ikki tushuncha bir birining tashkil qiluvchisi hisoblanadi. Misol uchun ovqatlantirish xizmatini olaylik: Oshpaz nuqta’i nazaridan xizmat ko’rsatish yordamida u o’zining moddiy mahsulotini sotadi. Endi shu oshxona joylashganb mehmonxona nuqta’i nazaridan qarasak , mehmonxona oshxona yordamida o’z xizmatlarini kengaytirmoqda. Bu holda bir turdagi xizmat bir vaqtning o’zida ham asosiy ham qo’shimcha element sifatida namoyon bo’lmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tovar va xizmat bir-bir biri bilan juda ko’p tomonlama farq qiladi. Hatto ular butunlay boshqa-boshqa narsalarni izohlaydi. Ularning ishlab chiqarilish jarayoni, bozorda tutgan o’rni,vazifasi, ko’rinishi, shakllari, o’ziga xos xususiyatlari ham farqlanadi. Ammo shunga qaramay bu ikki kategoriya har doim yonma-yon foydalaniladi. Ular bir-birini taqozo qiladi va birgalikda taklif kuchiga ega.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin