Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar dinamikasi2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to`ldirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi Qaroriga asosan 2017 yilda tijorat banklari tomonidan mahalliy oziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qariyb 1 263 mlrd. so`m yoki 2016 yilga nisbatan 1,3 barobarga ko`p kreditlar ajratildi.
Xizmatmat ko’rsatish, Oilaviy biznes va kasanachilik sohalarini rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirish garovi sifatida.
Aholini ish bilan ta`minlash masalasi faqat bugun ko`tarilgan masala emas. Bu mamlakatimiz Prezidentining doimiy diqqat e`tiborida bo`lib kelgan masaladir. Jumladan, 2005 yil 20 iyunida "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida"gi, 2006 yil 5 yanvarda "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi, 2006 yil "O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarда xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi, 2006 йил 23 martda "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva mollarini ko`paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi qaror va farmonlarini qabul qilinishi yuqoridagi fikrning tasdig’idir. Albatta, bularning hammasi aholini ish bilan ta`minlashga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar sonini ko`paytirishga erkin iqtisodiyotni shakllantirishgа, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga qaratilgandir. Ammo shuni e`tirof etish kerakki, ko`rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan aholini ish bilan bandligini oshirish muammosi keskinligicha qolmoqda.
2009 yilda yaratilgan yangi ish o`rinlarining 41,5% kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 28,7% xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish hisobiga tashkil etildi.
To`g’ri, ushbu sohalarda olib borilgan islohotlar keyingi yillarda sezilarli darajada tezlashdi va buning natijasida katta yutuqlar ham qo`lga kiritildi. Masalan, 2009 yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida 940 mingdan ortiq ish o`rinlari yaratilgan bo`lsa, 2008 yilda esa 60 mingta ko`p, ya`ni 630 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Birgina 2009 yilda yaratilgan yangi ish o`rinlarining 41,5% kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 28,7% xizmat ko`rsatish sohasi hissasiga to`g’ri keldi. O`tgan yilda yangi ish o`rinlarini tashkil etish borasidagi chora-tadbirlar yil oxiriga kelib ish bilan band bo`lmagan mehnatga layoqatli aholi o`rtasida ishsizlar sonini mamlakatimiz bo`yicha 5% ga kamaytirish imkonini berdi. Bundan ko`rinadiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ximat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini rivojlantirishga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish kerak bo`ladi. Prezidentimizning joriy yil fevral oyidagi 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasida:- "uchunchi ustuvor yo`nalish - aholini ish bilan ta`minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat" - deya ko`rsatib o`tilishi ham bejiz emas, albatta.
Aytish mumkinki, so’ngi yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishning yangi istiqbolli turlari - bank-moliya, sug’urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqa xizmatlarni rivojlantirish hisobiga takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, komp'yuter va shaxsiy avtotransport bilan ko’payishiga ham imkon yaratdi.
Ammo tan olish kerakki, haqiqatan mazkur sohani rivojlantirishda jidiy kamchiliklar ham yo’q emas. Ayniqsa, ish bilan bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko`paytirish hamda mahalliy byudjetlarni to`ldirishning istiqbolli manbai sifatida xizmat ko`rsatish va servis imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmat ko`rsatish sohasi, ayniqsa, qishloq joylarda juda sust rivojlanmoqda. Lekin shuni e`tirof etish kerakki, ushbu soha juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni juda tez rivojlantirishi mumkin bo`lgan sohadir. Bunday katta imkoniyatdan foydalanish darajasi talab qilingan holatdan ancha kam. Ushbu sohaning yana bir muhim jihati, qishloqda ortiqcha ish kuchini ish bilan ta`minlash masalasini ham hal qilishga ko`maklashuvchi muhim soha ekanlagini yoddan chiqarmaslik kerak. Chunki xususiy tadbirkorlik uchun jozibador bo`lgan ko`pgina an`anaviy xizmat turlari shaharda ham, qishloqda ham etarli darajada rivojlanmayapti. Albatta, kam e`tibor berilgan sohaning samaradorligi ham shunga yarasha bo`ladi.
Ushbu holatlarni inobatga olib, Prezidentimizning "O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g’risia"gi qarori qabul qilinib, unda xizmatlar ko`rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko`rsatish sohasi tarmoqlarida band bo`lganlar sonini ko`paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste`mol bozorini zamonaviy, sifatli turli-tuman xizmat turlari bilan to’ldirishning aniq chora-tadbirlari belgilab berildi.
Xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirish aholining daromadlarini ko’paitirish, turmush darajasini oshirishning o’ta muhim sharti bo`lgan aholining bandlik masalasini ham hal bo`lishini ta`minlovchi muhim omillardan biridir. Shu sababli, yuqoridagi qaror va unga muvofiq ishlab chiqarilayotgan yillik dasturlar ijrosini ta`minlashga bo`lgan e`tibor yil sayin oshib bormoqda.
2006-2010 yillar davomida xizmat ko`rsatish va servis sohasida muntazam chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hamda ushbu sohaga turli xil imtiyozlarning berilishi sohaning jadal rivojlanishi bilan birga, xizmatlar sifatining oshishiga, uning xalqaro andozalar darajasidagi holatining shakllanishiga olib kelishi muqarrar desak mubolag’a bo’lmaydi, albatta.3
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublikamizda aholini ish bilan bandligini oshirishning muhim sohalaridan biri hisoblanayotgan xizmat ko`rsatish va servisni rivojlantirishda quyidagalarga e`tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:
xizmat bozri tarkibida xizmatarni yangi istiqbolli, mamlakatimizning kelajagini belgilaydigan turlari, ya’ni zamonaviy bank-moliya, sug’urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari, turizm servisini takomillastirish;
Xizmat ko’rsatish va servis sohasining zamonaviy yo’nalishlarida faoliyat olib bora oladigan kadrlarni tayyorlashni qo’yish;
ushbu soha sub`ektlariga imtiyozli kreditlar ajratishni yanada kengaytirish;
xizmat ko`rsatish va servis sohasini qishloq joylarga olib kirishni jadallashtirish va shu kabilar.
Xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirish bandlik muammosini, ayniqsa, xotin-qizlar, qishloq yoshlarini ish bilan ta`minlash, oilalarning daromadini sezilarli darajada ko`paytirish, butun mamlakatimiz aholisining farovonligini oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu, birinchidan, aholini ish bilan ta`minlash orqali oilalarning aniq daromadlarini ko`paytirishga xizmat qilsa, ikkinchidan esa, mamlakatimiz bozorini xizmatlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish orqali aholining turmush darajasining oshishiga sabab bo`ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda aholini ish bilan bandligini oshirishning muhim omillari bo`lgan kichiк biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va servis sohalari bilan bir qatorda kasanachilik sohasini rivojlantirishga ham katta e`tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2006 yil 5 yanvardagi "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida" Farmoni hamda 2006 yil 11 yanvarda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonni amalga oshirish choralariga bag’ishlangan 4-sonli qaroriga muvofiq "Kasanachilik to`g’risida Nizom"ning qabul qilinishi yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Zero, mazkur hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali bir qator vazifalarni ro`yobga chiqarish ko`zda tutilgan. Xususan, ish bilan band bo`lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, oila byudjeti daromadlarini ko`paytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va ba`zi bir xizmatlar ko`rsatishni tashlil etish yo’li bilan yirik sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
Yuqorida zikr etilgan farmon, qaror va boshqa me`yoriy hujjatlarda yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish ko`zda tutilgan bo`lib, bu asosan shahar aholisini ish bilan ta`minlashga qaratilgan, chunki yirik korxonalarning aksariyat qismi shaharlarda joylashgan. Bunday holat aholini ish bilan ta`minlashning yana bir yo`nalishini ochib bermoqda. Ilgari ish bilan bandlik masalalari qishloqlarda birmuncha hal etilgandi. Sababi, qishloqlarda fermerlik harakatining rivojlanishi va dehqon xo`jaliklarining tashlil etilishi oqibatida aholi bandligi ta`minlanayotgan bo’lsa, endilikda bu muammo shaharlarda ham hal etilishi uchun imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.
Biroq, shuni ta`kidlash joizki, kasanachilik faqat shahar aholisini ish bilan ta`minlashgagina mo`ljallangan emas. Bu usul bilan qishloq va shahar aholisi bemalol shug’ullanishlari mumkin. Bu faoliyatning chegarasi belgilanmagan. Qaysi bir ish joylarida ish beruvchi korxonalar mavjud bo’lsa, kasanachilikni tashkil qilsa bo`ladi. Bundan tashqari, qishloq aholisi shahardagi korxonalar bilan shartnoma asosida kasanachilik faoliyati bilan bemalol shug’ullanishi uchun ham keng imkoniyatlar tug’ildi.
Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti nima ekanligiligini deyarli hammamiz yaxshi bilamiz. Davlatimiz rahbari bozor munosabatlariga o`tish qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini oldindan anglab, o`zining besh tamoyilini ishlab chiqishda ijtimoiy siyosatga alohida urg’u bergan. Mana hayotning o`zi ko`rsatib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanmasa, bu jamiyatda katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu ma`noda yuqoridagi Farmon va qarorlar ishsizlikni kamaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlash, nogironligi tufayli uyda o`tirib qolgan, ammo qo`lidan ish keladiganlarni ish bilan ta`minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur farmon va qarorlar respublika aholisining bandligi, ayniqsa, qishloq joylardagi ish bilan band bo`lmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko`rsatish ishlariga jalb etish va ular daromadlarining barqaror o`sishini ta`minlashga doir vazifalarni
Hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvorlik berishni ta`minlaydi. Bu tadbirlar amalga oshirilsa, ish beruvchilarga real rahbatlar va imkoniyatlar yaratiladi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. (6-jadval).
Ish bilan bandlikni oshirishda, yangi ish o`rinlarini yaratilishida kasanachilik sohasi alohida o`rin tutmoqda. Masalan, 2007 yilda kasanachilikda yaratilgan yangi ish o`rinlari 60 mingtani (11%) tashkil etgan bo`lsa, 2008 yilga kelib esa 106 mingtadan ziyodni, ya`ni 20% ni (jamiga sonidagi ulushi) tashkil etdi. Bu esa o`tgan yilga nisbatan 46 mingtaga ko`p degani. Ushbu natijalardan ham biz ish bilan bandlikni oshirishda kasanachilik samarali sohlardan biri ekanligini ko`rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |