O’zbekiston Respublikasining alohida muhofaza qilinadigan hududl-www.hozir.org
Yuksak o`simliklardan ajralib chiqqan moddalar kolin deb atalib, boshqa tur yuksak o`simliklarga u yoki bu darajada ta`sir etadi. Kolinlar ba`zi bir tur o`simliklar ishlab chiqaradigan fitontsitlardan tubdan farq qiladi. Fitontsitlar mikroorganizmlarga antibiotik sifatida ta`sir ko`rsatadi. Archazor o`rmonlardan ajraladigan fitontsitlar ularga yaqqol misol bo`la oladi.

Har qanday jamoada yuksak o`simlik turlaridan tashqari mikroorganizmlar ham mavjud bo`lib, ular o`zlaridan marazminlar nomli moddalar ishlab chiqaradi. Bir turdagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan antibiotiklar boshqa turdagi mikroorganizmlarga va yuksak o`simliklarga har xil ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, jamoada o`sadigan o`simliklarning ildiz sistemalari ham har xil turdagi moddalar ishlab chiqaradi. Misol uchun sirka kislota, chumoli kislota, otquloq kislotasi, qand, aldegidlar, etilen spirti, aminokislotalar, alkoloidalar, vitaminlar kabi moddalar o`simliklar qoplamining bioximiyaviy tarkibini keskin o`zgartiradi. Bu ajralmalar o`simliklarga salbiy hamda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Misol tariqasida shuni ko`rsatish mumkinki, kartoshka ekilgan maydonning qator oralariga, pomidor ekinining qator oralariga piyoz ekish, bu ekinlarning fitoftora zamburug`i bilan kasallanish darajasini kamaytiradi. Ma`lumki, piyoz fitontsit moddasi ishlab chiqaradi. Aksincha, uzumzorga yaqin ekilgan karamlarda kasallanish darajasi yuqori bo`ladi.
e) O`simliklar qoplamida bir turning boshqa turlarga mexanik ta`sir etuvchi munosabatlari ham mavjud. Jamoadagi har bir tur o`ziga yaqin turgan boshqa turga yer osti organlari va yer usti organlari bilan ham katta mexanik ta`sir ko`rsatadi. Natijada jamoadagi turlararo va tur ichida yashayotgan joyning tuproq namligi, unumdorlik darajasiga, yorug`likka, issiqlikka nisbatan kuchli raqobat bo`ladi.

f) Bundan tashqari, jamoadagi turlar ichida epifitlik munosabatlar ham ko`plab uchrab, bunday hol o`rmon o`simliklarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Bir turga mansub o`simlik ikkinchi bir tur o`simlikka, ayniqsa, yirik o`rmon daraxtlar ustida boshqa tur o`simlik o`sadi. Bunda bir tur ikkinchi turga parazitlik qilmaydi, faqat substrat sifatida foydalanadi. Yirik, ko`p yillik yong`oqzorlardagi yong`oqlarning tanasida ozgina yoriqlarga chang zarrachalarining tushishi, shamol va qushlar yordamida boshqa turlarning urug`i tushishi natijasida shu yerda ildiz chiqarib rivojlanishiga imkon yaratiladi. Bularning barchasi bevosita yoki to`g`ridan-to`g`ri munosabatlarga misol bo`ladi.