Xoja Ahmad Yasaviy Tavalludi



Yüklə 77,66 Kb.
səhifə6/6
tarix25.12.2023
ölçüsü77,66 Kb.
#196722
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish FALSAFA

Asosiy qism.

Ahmad Yassaviy o‘z ijodini chig‘atoy tilida qilgan. “Xoja Ahmad Yassaviyning bizgacha yetib kelgan asari “Devoni hikmat” bo‘lib, “Devoni hikmat”da ilohiy ishq va oshiqlik, Haqqa yetish sirlari, Zokir va uning ma’naviy martabasi, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. “Devoni hikmat”dagi barcha sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan”1 . “Devoni hikmat” asaridagi axloqiy tamoyillar tahlili avvalo diniy mezonlar asosida baholanadi. Shu bilan birgalikda undagi masalalar metafizik hodisalarga ishora qiladi. “Xoja Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma’nosi ila Ma’rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq e’tirof etilgan”- deydi professor Ibrohim Haqqul. Asardagi insonparvarlik va insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ulardagi ikki tomonlama ishonch va halollikning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan. Quyidagi misralarni bunga dalil sifatida keltirish mumkin:


* * *
Manman, qulman degonlar, yer yuziga kelgonlar,


Harom-harish yegonlar bir-bir javob berg‘usi.

Yuqoridagi misraning birinchi qismida Ahmad Yassaviy dunyo hisob-kitobini, bu dunyoning muvaqqat va o‘tkinchi ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Ikkinchi misrada esa muomalalarda halollik qilgan insonlar mukofotini olishlari eslatib o‘tilsa, g‘irrom va yolg‘on orqali mol-u mulk to‘plaganlar, ahdiga vafo qilmay harom ishlardan qaytmagan kimsalarning ahvoli o‘g‘ir bo‘lib ularga, albatta, jazo muqarrarligidan ogohlantirishlar beriladi. Ahmad Yassaviyning hayotiy faoliyati “Devoni hikmat” bilan uyg‘unlashgan bo‘lib muallifning o‘zi ham umri davomida miskinlarga yordamchi bo‘lganligi, dunyo molini toplashga emas, balki uni nochorlarga, yetimlarga ehson qilib yuborgan jo‘mard insonligi bilan xotirlanadi. Bunga quyidagi parcha isbot bo‘la oladi:


* * *
G‘aniy aytur: “Rizong uchun xayr qilduq,


Taom berib yaxshilardin duo olduq,
Faqir, miskin, yetimlarni holin so‘rduq...
“Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q
* * *
Birinchi va ikkinchi misrada muallif Alloh rizosi yo‘lida qilingan xayr-ehson sohibini g‘aniy deb ataydi. Arab tilida "غني "so‘zi “boy” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni muallif aytmoqchiki, inson faqat o‘zini o‘ylab yashashdan tiyilmog‘i darkor, boshqalarning musibatini o‘zinikidek qabul qilishi juvonmardlik ko‘rsatishi uning mol-u mulkni o‘zi uchun to‘plagan odamdan ko‘ra boy deb atalishga munosib darajaga ko‘taradi. Shu o‘rinda Yassaviyga xos kamtarlikni ham ko‘rishimiz mumkin. Sababi, huddi shu sifatlar uning o‘ziga tegishli bo‘lgan. Biroq muallif bu misralarda xokisor tutadi. Shuningdek elga yordamchi bo‘lish uchun quyidagi xitoblar qilinadi:

* * *
Erga ilging bergil, joning fido qilg‘il,


Yurma yiroq, bo‘lma nohaq, beri kelgil.

* * *
Ahmad Yassaviy hayoti davomida boylik ortidan quvmagan va uni o‘zidan uzoqlashtira olgan kishilardandir. Aflotundan so‘rashibdi: Nega donolik va boylik birlashmaydi? U dedi: Mukammallik hurmati uchun”2 . Mehnatsevarlik tamoyili esa zohidlik bilan birgalikda oriflik maqomi uchun tinimsiz harakat bilan baholanadi. Bu ma’noga dalolat qiluvchi ko‘plab matnlar kelgan bo‘lib bulardan misollar: ** * Mehnat tortmay rohat tongi otmas bo‘lur.


* * *
Tunlar qotib, mehnat tortib, rohat ko‘rgil,


Mehnat tortmay sango lutfi a’losi yo‘q.

* * *
Tunlar qotib, mehnat tortib, rohat ko‘rgil,


Mehnat tortmay sango lutfi a’losi yo‘q.

* * *
Ahmad Yassaviyning adolatparvarlik haqida qarashlari ikki xil mohiyat kasb etadi. Birinchisi, bandalar o‘rtasidagi munosabatlarda adolat ustuvorligini Allohning hukmi deb bilsa, ikkinchisi u dunyodagi hisobda Alloh o‘ziga adolati bilan emas fazli bilan munosabat bildirishini xohlaydi. Bu ham tasavvuf ahlining oriflariga mos jihat bo‘lib har qanday amallarni haqir sanashdan kelib chiqadi. Tasavvuf amallarning kuchlirog‘ini tutgani uchun ularda quyidagicha qoida bor:


Ya’ni, yaxshi kishilarning yaxshiligi Allohning yaqin bandalari nazdida yomonlikdek ko‘rinadi. Bu qilingan amalning yanada takomiliga yetkazish va har qancha komil bo‘lsada uni notugal deb hisoblanishidir. “Devoni hikmat”da vatanparvarlik ikki nisbatdan baholanadi. Avvali asl vatan-jannat, majoziy vatan esa qo‘nim topgan makon hisoblanadi. Vatanparvarlik ruhi asarda tarki dunyochilik bilan xarakterlanadi




Yüklə 77,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin