Xoja Ahmad Yasaviy Tavalludi


Yassaviy ta’limoti nazariydir



Yüklə 77,66 Kb.
səhifə5/6
tarix25.12.2023
ölçüsü77,66 Kb.
#196722
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish FALSAFA

Yassaviy ta’limoti nazariydir

Nazariy jihatdan Yassaviy ta’limoti qalb,xohish va ilhom yoʻli orqali ma’rifat va botinlikka qaratilgan.Ya’ni,uning ta’limoti ma’naviy va nafsga toʻla boʻlsa,karmatiylar butunlay siyosiy boʻlsa,tabiatan aqida (aqida) boʻlsa,Yassaviy tariqati butunlay ma’naviyatdir.Yassaviy tariqatini Halloj al-Mansur yoʻlining davomi deb ta’kidlaganlar qatorida fransuz sharqshunos olimi Msignon Lui ham bor.Uning “Alloj al-mansur” asarida Hallojning turkiy islomdagi oʻrni keng muhokama qilinadi.Yassaviy Hallojni islom avliyolaridan biri deb tan olgan.Isbatiyya so'fiylik mazhabi vakili Mansur al- Halloj so'fiylik dunyoqarashi toifalarining ("fana fi Alloh" (Allohga ergashish),"muhabbatulloh"(Allohga ishq),"tark-i dunyo" ("tark-i dunyo") ("Allohga ergashish"), "muhabbatulloh" ("Muhabbatulloh") (Allohga ishq),"tark-i dunyo"("Allohga ergashish") kabi so'fiylik dunyoqarashining asosiy belgilarini ajratib ko'rsatdi.Allohdan yuz o'girish), "hikmat"(hikmat),"sevgi (ochiq)","murakaba" (o'z-o'zini tanqid qilish),"tasfiyya-i kalb"(qalbni poklash).Ayrim istisnolar boʻlmasa, Yassaviy ta’limotining mazmuni Halloj ta’limotiga mos keladi. Biroq, bu ta'limotning nazariy asosiga ko'ra, malamiya sektasining xususiyatlari isbatiyadan ustun turadi. Shunga qaramay, Yassaviy donishmandlarida Mansur nomi va yoʻli koʻp tarannum etilgan. Malamiya ta’limoti (asoschisi Boyazid Bistamiy) odatda an’anaviy turkiy dunyoqarashga asoslanadi. Inson ruhiyati holatini oʻrganishga qaratilgan malamit dunyoqarashi sezgi va sezgi orqali xudoga boʻlgan “orzu”, “ragʻbat” va “ istigʻroq ” holati bilan bogʻlangan. Bu Xudoga itoat qilishning yo'lidir.

Islom dunyosida Ahmad Yassaviy haqida

Buyuk mutafakkir va faylasuf Yassaviy turk dunyosidagi birinchi tariqatning va turkiy tasavvuf she’riyatining asoschisidir.

Islom dunyosining “shayxul mashoyixi” Xo’ja Ahmad Yassaviy haqida mustaqillikdan so’ng hadiksiramay gapiradigan va yozadigan bo’ldik. Sobiq sho’rolar hukumati davrida uning nomi “klerikal adabiyot namoyondasi”, “reaksion diniy adabiyot vakili” kabi sifatlar bilan qoralanib kelindi. Yassaviy haqida yozgan kishi, albatta, sho’rolar mafkurasi nuqtai-nazaridan turib uni qoralashi, u haqda zarracha bo’lsin ijobiy fikr bildirmasligi lozim edi. Faqat mustaqillikdan keyingina Ahmad Yassaviy ijodiga , asarlariga xolis ko’z bilan qarash boshlandi. Uning ta’limoti, hikmatlari, sulukiga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib bordi. Millat qalbidan undan faxrlanish tuyg`usi uyg`ondi. Nufuzli YuNESKO tashkiloti 1993 yilni “Yassaviy yili” deb e’lon qildi.
XX asrning boshlarida Yassaviy haqidagi qator maqolalar chop etilgan. Ufada chiqadigan “Sho’ro” jurnalining 1915 yil 24-sonida Ahmad Sardorning “Hazrat Xo’ja Ahmad Yassaviy” sarlovhali maqolasi chop etilgan. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qisqagina ma’lumot berilgan va uning turk tilining mavqeini ko’tarishdagi xizmatlariga yuksak baho berilgan2.
1922 yilga kelib Abdurahmon Sa’diyning “Yassaviy kim edi” nomli maqolasi “Inqilob” jurnalining 2-sonida nashr etiladi. Muallif Yassaviyning tatar tili va adabiyoti taraqqiyotidagi roliga e’tibor qaratgan.
Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o’rganishga alohida e’tibor bilan qaragan. U “Ahmad Yassaviy” va “Yassaviy maktabi shoirlari to’g`risida tekshirishlar” nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi.
Yassaviy xalq boshiga ko’p qiyinchiliklar va musibatlar yog’dirilgan davrlarda yashab ijod qildi. U turk hukmronlari-qoraxoniylar bilan qoraxitoylar o’rtasidagi urushlar va ularning daxshtli oqibatlarini ko’rgan,she’rlarida bu fojialarga munosabatlarini bildirgan.


‘’Nokas, xasis, bediyonat’’ zolimlar hokim bo’lgan jamiyatdagi shavqatsizlik va ma’naviy aynishlar baxsida Yassaviy hikmatlaridan birida mana nima degan:
Na onada rahm qoldi, na otada,
Og’o ini bir-biriga mojoroda
Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda,
Mastlig’ bilan qarindoshdan tondi ko’rung1
Uning «Hikmatlar devoni» ham diniy, tassavufiy, badiiy asardir.
Yassaviy ta'limoti turkiy tilda yozilgani uning "Devoni hikmat" asarida bayon etilgan bo`lib, u ko’chmanchi va o’troq turkiy xalqlar O`rtasida sufiylik ta'limotini targ`ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uning ta'biricha, baxtsizlikka, chidamlilikka, ogir xayotga urgangan odam haqiqiy sufiy bula oladi va Xudo vasliga erishadi; bu dunyo bevafodir. Yassaviy goyalari O`rta Osiyoning turli shaharlarida uning shogirdlari tomonidan keng targib kilindi. Shulardan biri Sulaymon Bokirgoniy bo`lib (vafoti 1192 yilda) u uzining turkiy tilda yozilgan "Boqirg`on", "Oxir zamon" asarlarida asosan sufizm, yassaviylikni targ’ib qilgan.
Yassaviy o’z hayotida «fano yo’li»ga amal qildi va bunga yetishish uchun Muhammad Mustafo yo’lini tanladi. U payg`ambarimizning «faqirlik faxrimdir» qudsiy kalimalarini o’zining hayotiy shiori deb bilib, unga amal qildi. Yassaviy faqirlik yo’liga to’rt yoshida kirib, umr bo’yi kishilarni bu yo’lga da’vat etdi.
Yassaviy tariqat va shariatni o’zaro vositalarini qo’yidagicha bayon etadi.
Har kim qilsa tariqatni davosini,
Avval qadam shariatga qo’ymoq kerak.
Shariatning ishlarini ado qilib,
Andin so’ngra bu davoni qilmoq kerak.
Ammo tariqat yo’li og`ir va mashaqqatli ekanligini eslatib Yassaviy yozadi:
Shariatdan murod yo’lga kirmoq,
Tariqatdan murod- nafsdan kechmoq,
Haqiqatdan murod –jondank kechmoq.
Jondan kechmay ishq sharobin ichsa bo’lmas.
Madomiki, shunday ekan, demak tariqat va haqiqat botiiny poklanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslarni tanlagan yo’lidir.
Qur’onda shunday deyiladi: «Ayting (ey xabibim)»: «Agar Ollohni sevsangizlar, menga (ya’ni Rasululloxga) ergashingizlar, shunda Olloh sizlarni sevgaydir...» («Oli Imron», 31).
Jonim qudrati qo`lida bo`lgan Ollohga qasamki, jannatga kira olmaysizlar, toki mo`min bo`lmaguncha; mo`min bo`la olmaysizlar, toki bir-birlaringizni yaxshi ko`rmaguncha, deyiladi hadisda.
Professor As’ad Jushon xazratlarining «Muvaffaqiyat yo`lida sevgining kuchi» asarida (tarjimon Mirza Kenjabek) Islomning asl mohiyati ezgulik va mexr-muhabbat ekanligi uqtirilgan, qanday qilib Ollohning sevimli bandasi bo`lish yo`llari, ma’naviy kamolot asoslari bayon etilgan.
Tasavvuf — bu muhabbatdir. Muhabbat yo`li esa muvaffaqiyat yo`lidir.
Sevgilarning eng oldinda keladigani, eng keraklisi, eng go`zali, eng yuksagi Olloh sevgisidir, chunki Olloh eng go`zal sifatlar mo’jizakori, ijodkori, san’atkori, bajaruvchisi va xolikdir! Inson yaxshiroq va teranroq o`ylasa, o`zi sevgan barcha go`zalliklarning ortida mulkning mutloq sohibi, butun olamlarning Robbisi - Parvardigori-Zul-jaloli val-jamol hazratlarini ko`rgay.


Xulosa qilib aytganda, ilohiy ishq shafqat ko`ngli pok, Olloh yo`lida beg`araz jasoratlar ko`rsatuvchi valiy odamlarga nasib etadi. Ishq egasi ko`nglini sonsiz illatlardan tozalashi darkor. Buning uchun odam o`zi bilan o`zi (boshqa bilan emas) muttasil olishmog`i kerak, nafs, g`araz, kibru havo, ta’magirlik ajdarlarini yengmog`i zarur. O`ziga tanqidiy nazar bilan qarab, o`ziga qat’iy ta’nayu dashnomlar berib turmog`i shart.



Yüklə 77,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin