Xoja Ahmad Yasaviy Tavalludi



Yüklə 77,66 Kb.
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü77,66 Kb.
#196722
  1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish FALSAFA


MUSTAQIL ISH


MAVZU: Ahmad Yassaviy

Xoja Ahmad Yasaviy

Tavalludi

1100
Sayram

Vafoti

1166
Yassi

Fuqaroligi

Qoraxoniylar

Otasi

Ibrohim

Onasi

Qorasoch



YassaviyXoja Ahmad Yassaviy(Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan[1][2][3]. Ijodi ayo doʻstlar nodon birla ulfat boʻlib bagʻrim kuyib jondan toʻyib oʻldim maʼno toʻgʻri aytsam egri yoʻlga boʻyin toʻlgʻar qonlar yutib gʻam zahriga toʻydim maʼno.

Biografiyasi


Yassaviy tugʻilgach, koʻp oʻtmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashgʻul boʻladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga koʻchib borgach, ustozi Arslon bobo bilan uchrashadi va undan tahsil oladi („Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim…“). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻsha zamonlarda ilm-maʼrifatning Movorounnahrdagi markazlaridan boʻlgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yigʻilishgan. Arslon bobo koʻrsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sofiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur oʻrganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslahat boʻlib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan oʻrin oladi.
Alisher Navoiy Yassaviy toʻgʻrisida „Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob gʻoyatsiz va shoh-u gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish“, — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf gʻoyalarini omma koʻngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning taʼkidlashicha, Yasaviyning „adabiyotda tutgan yoʻli sodda xalq shoirlarimizning tutgʻon yoʻlidir… Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan sheʼrlar bilan barobar“. U yozgan asari Nafaqat turkiy Xalqlarga balki butun Dunyoga Nasihat boʻladigan asar yozgan

Yüklə 77,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin