Xoja buxoriy



Yüklə 55,85 Kb.
səhifə2/6
tarix05.04.2023
ölçüsü55,85 Kb.
#93601
1   2   3   4   5   6
Abdulhafiz DIPLOM (Автосохраненный)

Mavzuni dolzarbligi: Islomda oqim va yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi, fiqhiy mazhablar: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik va hanbaliylikning vujudga kelishi, islom ummatining birligiga raxna soluvchi qarashlardan mazhabsizlik haqida ma’lumot berish.
Mavzuni o`rganilganlik darajasi: Bu kitob va muallifi haqida hozirgi kunda ko`plab ulamolar ish olib bormoqda. Xususan, Rashid Zohid tomonidan o`rganilganligi haqida malumotlar bor. Oldingi paytda o`rganilganligi haqida ma’lumotlar bizlargacha yetib kelmagan. Lekin hikmatlar va hakimlar hayoti haqida islom, g`arb olimlari ko`plab ish olib borishgan. Xususan, sho`ro davridagi tazyiqlarga qaramay O`zbekistonda A. Fitrat, A. Sa’diy, E. Rustamov, I. Haqqulovlarning hikmatlar to`g`risidagi kitoblari chop etilgan. I. Mo`minov, O. Usmonov kabi olimlar tomonidan bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Maqsadi va vazifalari: Mazkur malakaviy bitiruv ishining asosiy maqsadi Zamonaviy firqalarning vujudga kelishi sabablar, yechimlar va ularga raddiyalar haqida bilib olish.
Nazariy va amaliy ahamiyati:
Malakaviy bitiruv ishida keltirilgan aksariyat ma’lumotlar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgani uchun alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlardan kelajakda hikmat bo`yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarda ham ilmiy ommabob risolalarda ham keng ko`lamda foydalanish mumkin.


I Bob. ISLOMDA YO‘NALISHLARNING VUJUDGA KELISHI.
I.1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi.

632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. Shom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. Shunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.


Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, xalifalik faqat payg‘ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi.
Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.
Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.
Islomdagi ilk bid’at, firqachilik va adashish xorijiylar va shialar guruhlarining faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada yuzaga kelgan: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada.
Shuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «Yahudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobalar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobalarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.
«Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobalarni yaxshi ko‘rish, kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham musulmon deb hisoblash, agar u vafot etsa, janoza o‘qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohning sifatlarini inkor qilmaslik va hokazo. Biroq ilk davrlarda musulmon olimlari tomonidan yakdil fikrga ega bo‘lgan musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani bois, «to‘g‘ri e’tiqod qilish» va «bid’at» to‘g‘risidagi tasavvur shia va xorijiylarning paydo bo‘lganidan keyin tizimga solindi. Xorijiylar xalifa Alining qo‘shinidan ajrab chiqqan va «ahli sunna val jamoa» e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan ekstremistik qarashlarni ilgari surgan murosasiz guruh. Bunda ular xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketganlar va xalifaga ham, Muoviyaga ham qarshi urush ochganlar.
Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblagan va siyosiy hamda g‘oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lgan. Xorijiylarning ta’limotiga ko‘ra, xalifa jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xalifalikka saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar gunohi kabira qilganlarni kofirlikda ayblab, ularni o‘ldirishgacha borib yetganlar. Hatto ba’zi sahobalarni ham kofir deyishgan. Bundan tashqari, «zolim» podshohga qo‘lida qurol bilan qarshi chiqishni diniy vazifa deydilar. Xorijiylik bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yana bir oqim shialikdir. Shialik «shiatu Ali» (Ali guruhi) nomidan bo‘lib, aliparast oqim hisoblanadi. Bu yo‘nalish dastlab har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Ularning fikricha hokimiyat xalifa Ali va uning avlodiga tegishli. Chunki imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmaydi, balki meros sifatida o‘tadi.
Shuningdek, Payg‘ambar (alayhis-salom) Alini xalifa qilib tayinlaganlar. Xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmon bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan hamda Alining xalifaligini Alloh tomonidan berilgan ilohiy ko‘rsatma deb hisoblaydilar.
Shialar ham Qur’onni ilohiy kalom deb e’tirof etadi (ayrim mutaassib ruhdagi oqimlari xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi). Ulamolari esa, Qur’on mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydilar. Shuningdek, hadislardan faqat xalifa Ali, uning avlodi va ba’zi sahobalar tomonidan keltirilgan rivoyatlarni tan oldilar va shunday rivoyat-hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farqlanib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat beshta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan to‘rt aqida – tavhid (Allohning yagonaligini e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni takdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limotiga mos tushadi. Beshinchi aqida esa imomat (Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini) esa, sunniylikka zid ekani bilan farq qiladi. Shialik ichida ixtiloflar yuz berishi natijasida ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ja’fariylar va boshqalar. Imomiylar va ismoiliylar shialikdagi ikki yirik oqim hisoblanadi.
Mu’taziliylar oqimi aqida masalasi bo‘yicha ahli sunna val jamoa yo‘nalishidan ajralib chiqqan. Ular Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadilar, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qilishga harakat qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga qarshi chiqadilar. Shuningdek, gunohi kabira, qabr azobi, avliyolar karomati kabi masalalar bo‘yicha o‘ziga xos qarashga ega. Jumladan, gunohi kabira qilgan kishi mo‘min ham, kofir ham bo‘lmaydi, balki ikkisi orasida bo‘ladi, deganlar. Mu’taziliylarning yana bir aqidasi bu Qur’onning yaratilgani to‘g‘risida bo‘lib, sunniylar Qur’on Allohning kalomi desalar, mu’taziliylar Qur’on Allohning yaratgan narsasi, deb hisoblaganlar.
Xalifa Ma’mun (813-833) mu’taziliylar ta’limotini davlat dini sifatida qabul qildi. U qozilar, olimlar, amaldorlar e’tiqodini sinab ko‘rdi. Natijada kim mu’taziliylar aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmasa, ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazosini qo‘lladi. Xalifa Mutavakkil (847-861) davrida ushbu ta’limot ta’qib ostiga olindi. Mu’taziliylar aql-idrokni aqidaning asosi deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini tavhid va adolat (adl) tarafdorlari, deb bilgan adashgan firqadir. Keyinchalik 13-14-asrlarga kelib mu’taziliylar butunlay yo‘qolib ketgan. Qadariya ham mu’taziliylarga o‘xshab aqidaviy masalada adashgan hisoblanadi. Ularning asosiy da’volari Allohning xohishi, qazosi va qadarini inkor etib, «Alloh bandalarining ishidan ojizdir», deydilar. Sunniylar esa, Alloh har bir narsani oldindan biladi, degan bo‘lsa, qadariylar uni inkor qildilar. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas. Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga kelib o‘zlarining adashgan firqa ekanini qo‘rsatdilar. Ularning ta’limotini keyinchalik mu’taziliylar davom ettirdi.
Jabariylar esa, qadariylar e’tiqodining aksini qilib, islomda taqdir masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biridir. Ular ahli sunna val jamoada tan olingan takdir masalasini inkor qiladi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidani ilgari surgan. Alloh bandalarga gunoh ishlarni taqdir qilgan va inson gunoh amallarni qilishga majburdir, deb insondagi juziy ixtiyorni rad etadilar, ya’ni qabih va yomon narsalarni Allohga nisbat beradilar hamda bandalarni gunoh ishlardan poklaydilar. Alloh insonga toqati yetmaydigan narsani yuklashi mumkin, deb Allohga majbur qiluvchilik sifatini berdilar. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga jabariylar qarshi bo‘lgan.
Mushabbihalar (o‘xshatuvchilar) e’tiqodi bo‘yicha Allohni inson suratiga o‘xshatib, uning inson a’zolariga o‘xshash jismi bor deydilar. Bu bilan «ahli sunna val jamoa» aqidasiga qarshi chiqqan. Chunonchi sunniylar Allohni hech narsaga o‘xshatmaydi va bunday o‘xshatish xato hisoblanadi.
Umuman olganda, islom tarixida vujudga kelgan adashgan firqalarning o‘zlari ham bir necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi kunda paydo bo‘layotgan turli adashgan oqimlar o‘tmishdoshlarining aqidasini tutib, uni yangicha ko‘rinishda taqdim qilmoqda. Jumladan, xorijiylarning odam o‘ldirishi, hozirda IShID va boshqa jangari guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga o‘xshaydi. Biror inson katta gunoh qilib qo‘ysa, uni kofirga chiqarish ham xorijiylarning ishi hisoblangan.
632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.
Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, xalifalik faqat payg‘ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi.
Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.
Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.
Islomdagi ilk bid’at, firqachilik va adashish xorijiylar va shialar guruhlarining faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada yuzaga kelgan: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada.
Shuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.
«Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobiylarni yaxshi ko‘rish, kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham musulmon deb hisoblash, agar u vafot etsa, janoza o‘qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohning sifatlarini inkor qilmaslik va hokazo. Biroq ilk davrlarda musulmon olimlari tomonidan yakdil fikrga ega bo‘lgan musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani bois, «to‘g‘ri e’tiqod qilish» va «bid’at» to‘g‘risidagi tasavvur shia va xorijiylarning paydo bo‘lganidan keyin tizimga solindi. Xorijiylar xalifa Alining qo‘shinidan ajrab chiqqan va «ahli sunna val jamoa» e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan ekstremistik qarashlarni ilgari surgan murosasiz guruh. Bunda ular xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketganlar va xalifaga ham, Muoviyaga ham qarshi urush ochganlar. Xorijiylikning eng katta xatarli tomoni o‘z saflariga qo‘shilmaganlarni «dindan qaytgan»likda ayblashlari va ularning talqinidagi islom qoidalariga rioya qilmagan har qanday rahbarga bo‘ysunmay, unga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlashlari bo‘lgan. Buning natijasida juda ko‘plab qonlar to‘kilgan. Odamlarni kofirga chiqarish va ularga qarshi «jihod» qilish g‘oyasini ishlab chiqib, terror amaliyotini boshlab bergan. Bugungi kundagi ISHID, Boko haram va shunga o‘xshash boshqa terroristik tashkilotlarning uslublari aynan xorijiylik «an’ana»larining zamonaviy ko‘rinishidir.
Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblagan va siyosiy hamda g‘oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lgan. Xorijiylarning ta’limotiga ko‘ra, xalifa jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xalifalikka saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar gunohi kabira qilganlarni kofirlikda ayblab, ularni o‘ldirishgacha borib etganlar. Hatto ba’zi sahobiylarni ham kofir deyishgan. Bundan tashqari, «zolim» podshohga qo‘lida qurol bilan qarshi chiqishni diniy vazifa deydilar. Xorijiylik bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yana bir oqim shialikdir. Shialik «shiatu Ali» (Ali guruhi) nomidan bo‘lib, aliparast oqim hisoblanadi. Bu yo‘nalish dastlab har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Ularning fikricha hokimiyat xalifa Ali va uning avlodiga tegishli. CHunki imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmaydi, balki meros sifatida o‘tadi.
SHuningdek, Payg‘ambar (alayhis-salom) Alini xalifa qilib tayinlaganlar. Xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmon bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan hamda Alining xalifaligini Alloh tomonidan berilgan ilohiy ko‘rsatma deb hisoblaydilar.
Shialar ham Qur’onni ilohiy kalom deb e’tirof etadi (ayrim mutaassib ruhdagi oqimlari xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi). Ulamolari esa, Qur’on mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydilar. SHuningdek, hadislardan faqat xalifa Ali, uning avlodi va ba’zi sahobiylar tomonidan keltirilgan rivoyatlarni tan oldilar va shunday rivoyat-hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farqlanib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat beshta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan to‘rt aqida – tavhid (Allohning yagonaligini e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni taqdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki maod (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limotiga mos tushadi. Beshinchi aqida esa imomat (Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini) esa, sunniylikka zid ekani bilan farq qiladi. SHialik ichida ixtiloflar yuz berishi natijasida ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ja’fariylar va boshqalar. Imomiylar va ismoiliylar shialikdagi ikki yirik oqim hisoblanadi.
Mo‘‘taziliylar oqimi aqida masalasi bo‘yicha ahli sunna val jamoa yo‘nalishidan ajralib chiqqan. Ular Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadilar, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qilishga harakat qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga qarshi chiqadilar. SHuningdek, gunohi kabira, qabr azobi, avliyolar karomati kabi masalalar bo‘yicha o‘ziga xos qarashga ega. Jumladan, gunohi kabira qilgan kishi mo‘min ham, kofir ham bo‘lmaydi, balki ikkisi orasida bo‘ladi, deganlar. Mo‘‘taziliylarning yana bir aqidasi bu Qur’onning yaratilgani to‘g‘risida bo‘lib, sunniylar Qur’on Allohning kalomi desalar, mo‘‘taziliylar Qur’on Allohning yaratgan narsasi, deb hisoblaganlar.
Xalifa Ma’mun (813-833) mo‘‘taziliylar ta’limotini davlat darajasiga olib chiqdi. U qozilar, olimlar, amaldorlar e’tiqodini sinab ko‘rdi. Natijada kim mu’taziliylar aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmasa, ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazosini qo‘lladi. Xalifa Mutavakkil (847-861) davrida ushbu ta’limot ta’qib ostiga olindi. Mu’taziliylar aql-idrokni aqidaning asosi deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini tavhid va adolat (adl) tarafdorlari, deb bilgan adashgan firqadir. Keyinchalik 13-14-asrlarga kelib mo‘‘taziliylar butunlay yo‘qolib ketgan. Qadariya ham mo‘‘taziliylarga o‘xshab aqidaviy masalada adashgan hisoblanadi. Ularning asosiy da’volari Allohning qazosi va qadarini inkor etib, «Alloh bandalarining ishidan ojizdir», deydilar. Sunniylar esa, Alloh har bir narsani oldindan biladi, degan bo‘lsa, qadariylar uni inkor qildilar. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas. Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga kelib o‘zlarining adashgan firqa ekanini qo‘rsatdilar. Ularning ta’limotini keyinchalik mu’taziliylar davom ettirdi.
Jabariylar esa, qadariylar e’tiqodining aksini qilib, islomda taqdir masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biridir. Ular ahli sunna val jamoada tan olingan takdir masalasini inkor qiladi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidani ilgari surgan. Alloh bandalarga gunoh ishlarni taqdir qilgan va inson gunoh amallarni qilishga majburdir, deb insondagi juziy ixtiyorni rad etadilar, ya’ni qabih va yomon narsalarni Allohga nisbat beradilar hamda bandalarni gunoh ishlardan poklaydilar. Alloh insonga toqati etmaydigan narsani yuklashi mumkin, deb Allohga majbur qiluvchilik sifatini berdilar. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga jabariylar qarshi bo‘lgan.
Mushabbihalar (o‘xshatuvchilar) e’tiqodi bo‘yicha Allohni inson suratiga o‘xshatib, uning inson a’zolariga o‘xshash jismi bor deydilar. Bu bilan «ahli sunna val jamoa» aqidasiga qarshi chiqqan. CHunonchi sunniylar Allohni hech narsaga o‘xshatmaydi va bunday o‘xshatish xato hisoblanadi.
Umuman olganda, islom tarixida vujudga kelgan adashgan firqalarning o‘zlari ham bir necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi kunda paydo bo‘layotgan islom nomidan ish ko‘rayotgan turli adashgan oqimlar tarixda o‘tgan o‘tmishdoshlarining aqidasini tutib, uni yangicha ko‘rinishda taqdim qilishi kuzatilmoqda. Jumladan, hozirgi kundagi jangari guruhlarning faoliyati o‘tmishdagi xorijiylarning buzg‘unchi amaliyotiga batamom mos keladi. SHu bois ham bugungi kundagi dinni niqob qilib olgan terrorchi guruhlarni «XXI asr xorijiylari» deb atash mumkin.

Yüklə 55,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin