Xojeli rayonı Mektepke shekemgi hám Mektep bilimlendiriw bólimine qaraslı 41-sanlı ayırım pánler tereńlestirilip oqıtılatuǵın klası bar ulıwma orta bilim beriw mektep direktorınıń BUYRÍǴÍ
{date.day}«{date.month}»{date.year} yil.
{number}-son
Shtatlar qisqarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida 1.Aytjanova Dilbar Turdibaevna - Xo`jayli tumani maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 41-sonli maktabning ijodiy madaniy masalalar boyicha targ‘ibotchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shtatlar qisqarganligi sababli hamda mehnat shartnomasi ishlar hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlari sonining va shtatining o‘zgarganligi sababli ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
161-moddasi ikkinchi qismi 2-bandiga asosan 2023 yilning 14-avgust kunidan bekor qilingan deb hisoblansin. 2. Xodim Aytjanova Dilbarga ushbu bo`limdagi 22 oylik ish stajidan kelib chiqib, Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan o‘rtacha ish haqining 70 foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lansin. 3. Buxgalteriya bo‘lim(O.Ametov)ga: xodim D.Aytjanova bilan ohirgi hisob-kitob bo`yicha tegishli toʻlovlarni va foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo'shimcha ta'tillar uchun pulli kompensatsiya to'lovlarni amalga oshirilsinva boshqa majburiyatlar bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq hisob-kitob qilinsin. Bunda, xodimning O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi va to’rtinchi qismlarda nazarda tutilgan moddiy madad olishga oid qo‘shimcha kafolatlari saqlanib qoladi, hamda u mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng ikkinchi va uchinchi oylar davomida ishga joylashmagan taqdirda unga ikkinchi va uchinchi oylar uchun ilgarigi ish joyidan o‘rtacha ish haqini to‘lash muddatlari ham o‘zgarmaydi. 4. Kadrlar bo`limi(N.Ashirbaeva)ga: xodim M.T.Tajenovga ushbu buyruqning bir nusxasini va uning mehnat daftarchasini tegishli tartibda topshirish vazifаsi yuklatilsin. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-modda 2-qismi 2-bandi, 100, 155, 170-173 va 254-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirining 2023-yil 5-iyun kungi 17-son XDFU buyrug‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirining 2023-yil 8-avgusttagi 66-son buyrug‘i, tuman MMTBning 2023-yil 14-avgust kungi 869-13-191-XT/2023-sonli buyrug‘i, ogohlantirish xati, mehnat shartnomasini ish beruvshi tomonidan bekor qilish haqidagi ogohlantirishda ko‘rsatilgan muddatni kompensatsiyaga almashtirish haqida kelishuv
[[QR]]
Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang.
Imzolovchi F.I.SH.
{signed_by}
Imzolangan sana
{signed_date}
Hujjat kodi
{document_code}
Hulosa kodi
{law_document_code}
Buyruq bilan tanishdim_________________ D.Aytjanova