5. Darvozabon o’yinining texnikasi. Darvozabon jamoada eng qiyin va ma’sul vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki xujum ning n atijasin i ham beigilaydi. Darvozabon uchun muhimi — avvalo bo’yi (180 — 190 sm), tezlik reaktsiyasi, mo’ljallay olish, chaqqonlik, -kuch, chidamlilik kabi sifatlaridir. Darvozabonning dastlabki o’yin texnikasiga turish, siljish, chalg’itbhlar, to’pni qo’l, oyoq, gavda bilan qaytarish va to’pni uzatishlar kiradi. Darvozabon texnik usullariniing muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Darvozaboning dastlabki holatni to’g’ri tanlay bilishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir.
Turish. Darvozabon harakatdagi to’pning vaziyatiga bog’liq ravishda har — xil holatda turishi mumkin. Darvozada turiishning asosan ikki turi mavjud: darvoza o’rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza o ’rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qo’laydir: oyoqlar yelka kengligida, sal bukilgan, gavda og'irligi ikki oyoqqa baravar bo’lingan, gavdaning yuqori qismi ozgina oldinga egilgan, qo’llammg kaftlari oldinga qaratilgan holda sal bukilib, yon tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi taxminan yelka balandligiga teng yoki undan ham balandroq bo’lishi mumkin. Agar xujumchi to’p otishni burchaqdan bajarayotgan bo’lsa, unda darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig’i 15 — 20 sm), darvozaga yaqin bo’lgan qo’lini yuqoriga ko'tarib tirsak bo’g ’ini salgina bukilgan bo’ladi. shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi; ikkinchi qo’li yon tomonga uzatilgan, gavda og’irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o ’tkazilgan; Ana shunday holatda darvozabon bevosita to ’pni qaytaradi yoki tez— tez oldinga chiqadi.