Xor malakalarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish



Yüklə 37,37 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü37,37 Kb.
#179748
3048-Текст статьи-7483-1-10-20211021




O‘QUVCHILARDA FOLKLOR QO‘SHIQLARI VOSITASIDA VOKAL-
XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI 
TAKOMILLASHTIRISH 
 
Ropieva Durdona Akmal qizi,
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPI 
Musiqiy Ta’lim yo‘nalishi 1-kurs magistranti 
Ilmiy rahbar: s.f.n.professor
 S.B.Saidiy 
 
Annotatsiya:
Maqolada o‘zbek xalq folklor qo‘shiqlari vositasida 
o‘quvchilarda vokal-xor malakalarini shakllantirish texnologiyalari to‘g‘risida 
ilmiy-pedagogik qarashlar keltirilgan. Unga ko‘ra, xalq folklor qo‘shiqlarini 
o‘rgatish orqali o‘quvchilarda avvalo, milliy xalq folklor merosimizga muhabbat, 
shuningdek, talaffuzda chiqarish qiyin bo‘lgan ba’zi harflarni jaranglatishni 
moslashtirishga erishish mumkinligi, shuningdek, darslarda ilg‘or pedagogik va 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning samarali jihatlari haqida ilmiy- 
pedagogik tavsiyalarni ishlab chiqish yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Vatan, folklor, estetika, tafakkur, milliy musiqa merosi, vokal –
xor malakalari, innovatsion texnologiya, qadriyat, ma’naviy, fiziologik, an’anaviy 
ijro uslublari, vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, odamlarga ishonch, do‘stlarga 
sadoqat, axloq, kompyuter, elektron doska va videopraektor, metodik, sho‘x, 
quvnoq, 
muayyan 
raqs, 
parda 
tuzugi, 
multimedia, 
shakl, 
tavsilot, 
subektiv,obektiv,axborot, dastur,qo‘llanma, darslik, ideal, falsafaviy, psixologik, 
strategiya. 
Mamlakatimizda ma’naviy me’ros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
e’tibor kuchayib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shu qadriyatlar ruhida har 
tomonlama yetuk, ma’nan yuksak, komil ison qilib tarbiyalash bugungi kunning 
muhim vazifalaridan biriga aylangan. Shunga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida darslarni mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda milliy 
an’analarimizni o‘quvchi-yoshlarning qalb-u shuuriga singdirish har bir 
pedagogning dasturilamali hisoblanadi.



Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan fanlar dasturi 
va darsliklari ko‘plab xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bilan bir qatorda xalq 
qo‘shiq ayrimlari hamda bolalar folkloriga oid namunalarga tayanib tuzilgan. 
Demak, ta’limning ilk davrlaridan boshlab bolalarga bunday namunalarni 
o‘rgatish, ijro ettirish jarayonida ularga og‘zaki an’analardagi yetakchi janrlari, 
tuzilishi, ijro uslublari va metroritmikasi haqida eng zarur tushunchalarni berish 
asosiy maqsad qilib olingan. 
O‘zbek xalq bolalar folklori tarkibidan o‘rin olgan ovutmachoq va erkalama 
qo‘shiqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarni estetik tarbiyalash, ularga 
milliy qadriyatlarni singdirish, ajdodlar an’analaridan xabardor qilish va barkamol 
inson shaxsini shakllantirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xususiyatga egadir. 
Shunga ko‘ra, o‘quvchi yoshlarga ta’lim berish jarayonida estetik tarbiyani 
shakllantirmoqni o‘ziga maqsad qilgan musiqa o‘qituvchilari o‘zbek xalq milliy 
musiqa merosidan va folkloridan unumli foydalana olishi, maqsadga muvofiqdir. 
Bu jarayonda, folklor qo‘shiqlarini bolalarbop na’munalarini tanlashga jiddiy 
yondashish lozim.
Bunda:- o‘quvchilarning yoshiga, psixologik-fiziologik hususiyatlariga ko‘ra 
asarning o‘yinbopligi, sho‘x, quvnoq, muayyan raqs va jismoniy harakatlar bilan 
bog‘liq holda ijro etish holatini e’tiborga olish; 
-qo‘shiqni bolalarni kuylash imkoniyatiga (ovoz diapazoni, ovoz kuchi, vokal – 
xor malakalari) mosligiga, qo‘shiq matnini tushunarliligi, g‘oyaviy badiiy 
mazmunini tarbiyaviy ta’sirchanlikka egaligiga, asarlarni o‘rganish va ijro etish
uchun mavjud shart sharoitlariga to‘g‘ri kelishiga alohida e’tibor berish lozimdir.
-tanlangan qo‘shiqqa nisbatan bolalarda muayyan qiziqish uyg‘otish(suhbat, 
hikoya);
-qo‘shiqni o‘qituvchi tomonidan cholg‘u sozi jo‘rligida ijro etish;
-asarning g‘oyaviy badiiy mazmunini tahlil qilish;
-qo‘shiq ohangi, parda tuzugi, shakli, tafsiloti, ijro etilish tarzi, o‘ziga xos ijrochilik 
uslubi (mahalliy uslub, she’va, kiyim) tematikasi (mavsum, marosim, urf-odat, 



tabiat, o‘simliklar, hayvonot olami) bilan bog‘liqlik hususiyatlariga bolalar 
diqqatini qaratish;
-qo‘shiqni badiiy ijrosi ustida ishlash; 
-taassurotlar yuzasidan suhbat, savol-javob, bahs-munozaralar o‘tkazish;
-ijroni baholash va tom ma’nodagi subektiv xususiyalariga xulosa qilish lozimligi; 
- sahna mahorati ijrolarini obektiv-psixologik yondashuvini yo‘lga qo‘yish. 
-folklorda multimediali axborot tizimini qo‘llash istiqbollarini egallashdir. 
O‘quvchilarga folklor qo‘shiqlari haqida nazariy ma’lumotlar berish, asarni 
ijro etish va tahlil qilishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan an’anaviy hamda 
noan’anaviy ish usullari, texnik va ko‘rgazmali vositalar, dars samaradorligini 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyatni bosqichma- bosqich amalga 
oshirib borilsa-gina, ijobiy samaraga erishiladi. 
O‘zbek xalq folklori qo‘shiqlari badiiy-estetik tafakkur, ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarning muhim belgisi hisoblanadi. Badiiy so‘z, tovushlarning ohangdorligi 
va cholg‘u sozlarini musiqiy jozibadorligi, badiiy estetik tafakkurni shakllantirish, 
asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolalarda eng yaxshi insoniy fazilatlar: 
vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, odamlarga ishonch, do‘stlarga sadoqat 
tuyg‘ulari va uning o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanligini shakllantiradi. Shunga 
ko‘ra, folklor qo‘shiqlari o‘quvchilar uchun ilk tarbiya darsligi, ma’naviy axloqiy 
boyliklarining bitmas tuganmas xazinasidir. Bu fikrlardan ayon bo‘ladiki, folklor 
qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish omillari 
dolzarb pedagogik muammo sifatida o‘z yechimini kutmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar kundan-kunga rivojlanib borayotgan bir davrda, 
musiqa darslarini ham to‘laqonli zamonaviy texnologiyalar orqali tashkil etish 
ayni muddaodir. Ko‘zlangan natijaga erishish uchun, musiqa darslarida cholg‘u 
asbobida asarni ijrosini ko‘rsatib berish, shuningdek, huddi shu tarzda video yoki 
audio ko‘rinishida eshittirib, mavzuni yanada mustahkamlash mumkin. Bunda, 
o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olish katta 
ahamiyatga egadir. Innovatsion texnologiyalarni darslarda qo‘llash jarayonida 
o‘qituvchi kompyuter, elektron doska va videoproektordan foydalansa, ya’ni 



tarqatma material shaklini ular vositasida namoyish qilib, bosqichlar ketma-
ketligida tushuntirib borsagina, yangi mavzuni o‘zlashtirish va esda saqlash 
darajasi yuqori bo‘ladi. 
O‘quvchilarda folklor orqali vokal-xor malakalarini shakllantirishda 
o‘qituvchidan chuqur falsafaviy-psixologik bilim va ijodiy qobiliyatni talab etadi. 
O‘quvchilarda milliy insoniy fazilatlarni-folklor qo‘shiqlari yordami bilan tarkib 
toptirmoq barobarida o‘qituvchi ikki tomonlama ijobiy natijaga erishadi. Bunda, 
avvalo, o‘quvchi dars mavzusini o‘zlashtiradi, ikkinchidan, o‘quvchida milliy 
musiqamiz, boy va betakror xalq qo‘shiqlarimizga muhabbat uyg‘onadi. 
Shuningdek, o‘quvchi yoshlarda san’atga bo‘lgan dastlabki qiziqishlarini uyg‘otish 
ham nazarda tutiladi. Vokal - xor mashg‘ulotlarida xalq qo‘shiqlarining naqorat 
qismidan foydalanish ham ayni maddao. Misol uchun: “Chamanda gul”, 
“Chittigul” “Chimchilab-chimchilab” kabi qo‘shiqlarni ovoz sozlash mashqlari 
tarzida foydalanish mumkin. Darslarda xalq qo‘shiqlaridan foydalanish natijasida, 
bola ongida singib borilishi, shuningdek, talaffuz noqulay bo‘lgan “F”,”Q”, ”G‘ ”, 
”O‘ ”kabi harflarning jaranglashiga asta-sekin moslashib borishiga erishish 
mumkin. 
“Xalq qo‘shiqlari haqida so‘z ketar ekan,-deydi Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov,- eng avvalo o‘sib kelayotgan yosh avlod, ajdodlari, boyliklari, 
xususan merosimiz an’ana va urf-odatlarimiz haqida fikrlashga ega bo‘lmog‘imiz 
lozim”. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash qoidalarini rivojlantirar ekanmiz, mustaqil 
fikrlay olishlari, eng muhimi milliy musiqani ongli ravishda idrok etib, milliy 
ohanglarni va xalqona qo‘shiqlarni kuylashlari ahamiyatlidir. 
Xulosa qilib aytganda, har bir xalq o‘zining milliy an’analariga asoslangan 
tarixiy madaniyati va turmush tarziga ega. O‘qituvchi – murabbiylar ta’lim va 
tarbiya jarayonida milliy an’analarga tayanib, buyuk ajdodlarimiz merosidan 
foydalanib borishlari lozim. An’ana xalqimizning asrlar osha to‘plagan milliy 
boyligi shuningdek, uning yangi sharoitda, yangi mazmun bilan boyitilishi, 
yangidan-yangi an’analarning vujudga kelishi bilan qimmatli va hayotbaxshdir. 
Azal-azaldan mehnat sohasida yaratilgan, avloddan-avlodga o‘tib, umrboqiy bo‘lib 



qolgan ilg‘or an’analarni o‘rganish va tahlil qilishni, xalq donoligi mag‘zini 
chaqish, tajriba ortirish, aqliy kamolotga yetish deb uqtirib kelingan. Milliy musiqa 
merosimiz betakror va boydir. Uni yosh avlodga to‘laqonli yetkazib berishda biz -
pedagoglarning o‘rni beqiyos. !!
Milliy xalq folklorini yoshlar qalbiga olib kirib, mehr uyg‘otib – uch ming 
yillik san’atimiz ravnaqiga hissa qo‘shamiz. Respublikamizda kelajakni 
yaratuvchi yosh avlodni yuksak ideallar, birinchi galda milliy-ma’naviy 
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga bosh vazifalardan deb qaralayotgan bir 
vaqtda, milliy musiqa, xususan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalq folklor 
qo‘shiqlarini 
o‘rgatishning 
metodik 
imkoniyatlari 
dolzarb 
pedagogik 
muammolardan biridir. Zotan, kelajakda bolalar tarbiyasida nozik va ma’sulyatli 
soha egasi bo‘lmish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalq folklor qo‘shiqlarini 
o‘rgatishda bolalarda Vatanga muhabbat uyg‘otishni qiziqtirish, ularning mazmuni 
va mohiyatini o‘rganish bilan bir-qatorda rag‘batlantirish orqali go‘zallikni his 
etish, qadrlash tuyg‘usi va shu orqali xalqqa, Vatanga bo‘lgan muhabbatini 
shakllantirish omillari tizimida bajarilishi lozim bo‘lgan strategiyalar beqiyos 
ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.Hodi Zarif. O‘zbek sovet folkloristikasi tarixidan // O‘zbek sovet folklori 
masalalari. Tadqiqotlar. 1-kitob. T.: “Fan”, 1970, 219-b. 
2.S.Saidiy. O‘zbek xalq musiqa tarixi. Darslik./-S.Sadriddin Salim Buxoriy 
“Durdona”nashriyoti. Buxoro-2021 yil,389 bet. 
3.S.Saidiy. Markaziy Osiyo Madaniyatida urma cholg‘ular (o‘zbek va tojik musiqa 
an’analari misolida)./ O‘quv qo‘llanma. “Musiqa nashriyoti” Toshkent-2008 yil. 
 
 

Yüklə 37,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin