Xorazmiy g’azal, qit’a va fardning XIV asr o’zbek adabiyoti uchun dastlabki namunalarini ijod qildi. Bu asarlar ana shu jihati bilan ham alohida ahamiyatga ega. Asar Muhammad Xojabek iltimosi bilan yozilgani, «buyurtmachi» undan bir nom qolishini istagani uchun uning ta’rif-tavsifiga ko’p o’rin ajratilgan. Shaklan olib qaraganda, shoir Muhammad Xojabek madhini nomalardan oldin saranjomlab, keyin «Muhabbatnoma» bunyod etishga kirishgandek qilib yozadi. Ana shu madh qismidagi masnaviy va g’azallarda Muhammad Xojabek ochiq maqtaladi. Shoir unga bo’lgan insoniy mehr-muhabbatini izhor etadi. Asar nomi «Muhabbatnoma» deyilishi ham, asli, shundan. Shuning uchun bu asarda real shaxs timsolini yaratish asosiy maqsad qilib qo’yilgan.
Bir baytda bu hukmdorning Qo’ng’irot urug’idan ekanini qayd etib o’tadi:
Bir baytda bu hukmdorning Qo’ng’irot urug’idan ekanini qayd etib o’tadi:
1 Shoir dastlab o’n nomadan iborat asar yozishni mo’ljallagan, ammo keyin yana bir noma qo’shgan (Burun o’n dedim, u o’n bir bo’ldi).
Zihi arslon yurak Qo’ng’rot urug’i, Kichik yoshdin ulug’larning ulug’i.
Lekin nomalar boshlangandan keyingi qismlarida ham zimdan hukmdorga iliq munosabat, ishoralar bilan uni ta’rif-tavsif etish bor. Bu aksar g’azallar mazmunida ham aks etadi. Bir g’azalda bevosita lirik qahramon bilan hukmdor munosabatlari qalamga olinadi. Jumladan, unda shunday bayt bor:

Bizing bek yodig’a ishrat qiloli, Nechakim yo’qtururbiz son ichinda.
Shoir ba’zan g’azalning matla’sidayoq bunga ochiq ishora qiladi: