Xorazmiyning muhabbatnoma


«Bu qish mening yonimda yurib, bizning tilda (ya’ni turkiyda) bir kitob yozsang», — deb iltimos qiladi



Yüklə 173,99 Kb.
səhifə2/4
tarix22.05.2023
ölçüsü173,99 Kb.
#119499
1   2   3   4
XORAZMIYNING MUHABBATNOMA

«Bu qish mening yonimda yurib, bizning tilda (ya’ni turkiyda) bir kitob yozsang», — deb iltimos qiladi:

  • Ko’ngul bahrinda ko’p gavharlaring bor, Ochunda porsiy daftarlaring bor. Muhabbat nardini ko’plardin uttung, Shakartek til bila olamni tuttung. Tilarmenkim, bizing til birla paydo Kitobe aylasang bu qish qotimdo, — Kim ush eldek kechar ayyomi foniy, Jahonda qolsa bizdin armug’one.
  • «Muhabbatnoma» shu tariqa milodiy 1353-yili dunyoga kelgan. Demak, shoir tojik tilidagi daftarlari, ya’ni to’plamlari, «shakartek til» bilan el orasida ma’lum-u mashhur bo’lgan. Muhammad Xojabek esa undan aynan o’zbekcha asar yozishni so’rayapti. Adabiyotimiz tarixi uchun bu muhim bir fakt. Chunki shoirlarimizning o’z tilimiz qolib, forsiyda asarlar yozishiga qarshi kurash Alisher Navoiy yashagan XV asrning ikkinchi yarmiga qadar davom etdi. Taxallusidan ham bilish mumkinki, shoir — xorazmlik. Lekin asar Sirdaryo yoqalarida bitilgan. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, faqat Amudaryoning Orolga quyiladigan joylarigina emas, Sirdaryoning dengizga tutash bo’lgan hududlari ham Xorazm deyilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun «Xorazm» degan joy nomi anglatgan hozirgi tushuncha bilan XIV asrdagi hudud bir biridan keskin farq qilishi tabiiy hol.
  • «Muhabbatnoma» haqida
  • «Muhabbatnoma»ning ikki nusxasi bizgacha etib kelgan: 1. Milodiy 1432-yili Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi Mansur degan xattot uyg’ur yozuvida ko’chirgan nusxa. Bu matnda ayrim qisqarishlar uchraydi. 2. Milodiy 1508-1509-yillarda arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko’chirilgan nusxa. Bu nisbatan to’laroq — jami 473 baytdan iborat. Asarning ikkala nusxasi ham Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.

Muhabbatnoma» mumtoz adabiyotimizdagi noma janrining Yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. Chunki asar, tuzilishiga ko’ra, o’n bir nomadan tashkil topgan. Noma uning asosiy janriy yo’nalishini belgilab turibdi. Biroq unda, nomalardan tashqari, g’azal, soqiynoma, masnaviy, qit’a va fard janrlari namunalari ham uchraydi. Shoir nomalar orasida shu lirik janrlardan foydalanib ketavergan. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, nomalar ham shaklan masnaviy tarzida bitilgan. Nomalardan tashqari holda kelgan masnaviylarni shoir alohida tepasiga sarlavha tarzida yozib, bildirib o’tgan. Asarda zullisonaynlik (ikki tilda ijod qilish) qoidasiga oxirigacha amal qilingan. 

  • Muhabbatnoma» mumtoz adabiyotimizdagi noma janrining Yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. Chunki asar, tuzilishiga ko’ra, o’n bir nomadan tashkil topgan. Noma uning asosiy janriy yo’nalishini belgilab turibdi. Biroq unda, nomalardan tashqari, g’azal, soqiynoma, masnaviy, qit’a va fard janrlari namunalari ham uchraydi. Shoir nomalar orasida shu lirik janrlardan foydalanib ketavergan. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, nomalar ham shaklan masnaviy tarzida bitilgan. Nomalardan tashqari holda kelgan masnaviylarni shoir alohida tepasiga sarlavha tarzida yozib, bildirib o’tgan. Asarda zullisonaynlik (ikki tilda ijod qilish) qoidasiga oxirigacha amal qilingan. 
  • Ya’ni mavjud o’n bir nomadan ikkitasi — to’rtinchi, sakkizinchi nomalar, asar tuzilishiga asosan ulardan keyingi masnaviy, shuningdek, dastlabki g’azal forsiy tilda bitilgan. Shoir maxsus ravishda shunday ish tutganini qayd etib o’tadi:
  • Bu xon uzra saloyi oma qildim, «Muhabbatnoma»ni o’n noma qildim.
  • Qiloyin ikki bobin porsiy ham, Kim atlas to’n yaroshur bo’lsa mu’lam.

Yüklə 173,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin