Xorazmning asl farzandi, ilm ahlining bobokoloni Abu Abdulloh (Abu Ja’far) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, al-Majusiy al-Qatrabbuliy Xorazmning madaniy markazlaridan biri bo’lmish Xiva shahrida 783 yilda otashparast mug’lar oilasida dunyoga


© D.Bobojonov, M.Abdurasulov “Abadiyat farzandlari” 2009. © Xorazm Ma’mun akademiyasi nashriyoti, 2009



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#44129
1   2   3   4
Muhammad Ibn Muso al

© D.Bobojonov, M.Abdurasulov “Abadiyat farzandlari” 2009.
© Xorazm Ma’mun akademiyasi nashriyoti, 2009.

\

TATU talabalari Muhammad al-Xorazmiy bobokolonimizning munosib vorislaridir



29.04.2017

Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.

Muallif: Jurnal tahririyati.

Mamlakatimizning Abu Nasr Farobiy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Muso al-Xorazmiy boshqa ko‘plab buyuk olimlari, allomalari jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganliklaridan nafaqat xalqimiz, balki butun turkiy xalqlar faxrlanadi.

Tarix guvohlik berishicha, Movarounnahr va Xurosonda IX asr­lardan ma’naviy ko‘tarilish, Sharq Yuksalish davri boshlangan. Bu davrda fan va ma’naviyat sohasida jahonga mashhur qomusiy olimlar faoliyatida yaratilgan ijod mahsullari dunyo ilmiga: falsafa, ilmi nujum-astronomiya, tibbiyot, matematika, fi­zika, tarix, til va adabiyot, ta’lim-tarbiya sohasida katta va bebaho ilmiy meros bo‘lib qo‘shilgan. Ular o‘z asarlarida jamiyat taraqqi­yotida insonning ma’naviy-axloqiy, jismoniy rivoji va ma’naviy kamoloti masalalariga katta e’tibor qaratganlar. Mazkur buyuk allomalar qatorida Muhammad al-Xorazmiyning xizmatlari alohida tahsinga sazovor. Olim inson kamoli, insoniy munosabatlar takomilida ilm-fanning alohida ahamiyatga molikligi g‘oyasini ilgari surgan, jumladan, matematika sohasida buyuk olim sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin egallagan. Bo‘lg‘usi olim bolalik va o‘smirlik yillaridanoq Ona-Vatanida boshlang‘ich ta’lim olgan, arab, fors, hind va yunon tillarini qunt bilan o‘rgangan, chet tilla­rida kitoblar mutolaa qilib, buyuk olim bo‘lib yetishgan.

Ko‘pgina olimlar qatori al-Xorazmiy ham Bog‘dod Ma’mun akademiyasida bo‘lib, o‘zining sermahsul ijodiga aynan shu yerda tamal toshini qo‘ygan. Olim bu maskanda zamonasining ko‘pgina olimu fuzalolari bilan tanishgan. Muhammad al-Xorazmiy o‘z davrigacha bo‘lgan matematika fani sohasining rivojida Vavilion (Bobil), Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misr kabi turli mamlakatlardagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o‘rgangan va olim sifatida mazkur fan rivojida yangiliklar yaratgan. Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo‘lgan qo‘shish, ayi­rish, bo‘lish hamda ko‘paytirish qoidalarini yaratgan. Muhammad al-Xorazmiy o‘zining astronomiyaga doir ishlarida hindlarning fala­kiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzgan. Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to‘g‘risida ham asarlar yaratgan bo‘lib, «Tarix kitobi» («Kitob at-tarix») bilan davrining yetuk tarixchilaridan sanaladi. Al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarga doir yigirmaga yaqin asarlar yaratgan. Ulardan:


  • «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val-muqobala» («Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob») al-Xorazmiyning bu asari nomidan «algebra» atamasi paydo bo‘lgan. Risola XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, «Algorithm» risolasi nomi bilan butun Yevropaga tarqalgan.

  • «Kitob fi hisob al-hind» («Hind hisobi haqida kitob») Xoraz­miyning arifmetikaga oid ushbu risolasida hozirgi kunda ishlatiladigan birdan to‘qqizgacha bo‘lgan raqamlar va nol yordamida istalgan sonni yozish, ular bilan arifmetik to‘rt amalni ba­jarish, o‘sha raqamlar bilan ifodalangan sonlardan kvadrat ildiz chiqarish qoidalari izohlab berilgan.

  • «Kitob al-jam’ va-t-tafriq» («Qo‘shish va ayirish haqida kitob») al-Xorazmiyning ikkinchi arifmetik risolasidir.

  • «Zij al-Xorazmiy» yoki «Kichik Sindhind» astronomiyaga bag‘ishlangan asar.

  • «Kitob surat al-arz» («Yerning surati» yoki «Geografiya»)

  • «Amal assa at fi basit-ar-ruxama» («Marmar taxta yuzasida soatlarni yasash haqida risola»).

  • «Tulu’ azimutini aniqlash va soat kvadranti haqida risola») va boshqa ko‘plab asarlar muallifidir.

Al-Xorazmiyning ilmiy asarlari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan, ilmiy faoliyatiga buyuk olim Abu Rayhon Beruniy, shoir va matematik olim Umar Xayyom yuksak baho berganlar. Jahonga mashhur olim al-Xorazmiy ilmiy faoliyati o‘rganilib, uning insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida juda ko‘plab asarlar bitilgan. Umuman olganda, buyuk olimning ijodi borasida uzoq fikr yuritish mumkin.

Ma’lumki, yaqinda TATU professor-o‘qituvchilari va talabala­rini quvontirgan tarixiy voqea sodir bo‘ldi. 2017-yil 15-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Toshkent axborot texnologiyalari universi­tetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2834-son Qarori imzolandi. Mazkur Qarorga muvofiq ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va be­baho merosini qadrlash, asrab-avaylashning naqadar muhimli­gini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, shuningdek, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ilm-fanning yuksak marralarini zabt etish uchun shart-sharoitlar yara­tish hamda respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Toshkent axborot texnologiya­lari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi. O‘zbe­kiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya­larini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Universitetda ulug‘ alloma Muhammad al-Xoraz­miyning nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng o‘rganish bilan bog‘liq bir qator tadbirlar amalga oshirilishi belgilab berildi.

Qarorga ko‘ra, universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya joriy etiladi. Respublikaning yetakchi olimlari, xususan, akademiklar va fan arboblari ishtirokida oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlari tashkil etiladi. Shuningdek, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilarning istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ilmiy maqolalari davriy ravishda e’lon qilib boriladigan «Muhammad al-Xorazmiy avlodlari» nomli ilmiy jurnal ta’sis etiladi. 2018-yilda Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligini keng nishonlash yuzasidan ilmiy-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshiriladi.

Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari qadrdon ta’lim dargohlari shunday buyuk va sharafli inson nomi bilan atalishi­shidan qalblarida alohida faxr tuyg‘usini his etdilar. Shu boisdan ham bunday ulug‘ alloma nomiga munosib vorislar bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti uchun yetuk zamonaviy mutaxassis sifatida yetishib chiqish maqsadi yo‘lida yanada ildam intilib, ishlash va tahsil olishni rejalashtirmoqdalar. Talabalarimiz albatta, o‘z oldilariga qo‘ygan orzularini ro‘yobga chiqarib, buyuk yurtdoshimiz, alloma Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy bobokalonimizga mu­nosib avlod bo‘lib yetishishadilar degan umiddamiz.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin