Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali



Yüklə 428,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix07.11.2022
ölçüsü428,77 Kb.
#67675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Maruza (2)



KIRISH 
Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali 
hayvonlarning qishloq xo`jaligi, tibbiyot va inson hayotidagi ahamiyati; umurtqalilar 
zoologiyasining qisqacha rivojlanish tarixi. 
 
Umurtqalilar zoologiyasi o`quv predmeti oliy o`quv yurtlari tabiiyot fanlari 
fakulteti bakalavriat bosqichi 5140400 - biologiya yo`nalishi II kurs talabalariga 
o`qitiladigan zoologiya fanining yakunlovchi bo`limi hisoblanadi. Sistematik 
jihatdan umurtqali hayvonlar xordalilar tipining kenja tiplaridan biri hisoblansada, 
umurtqalilar zoologiyasi kursida bu tipga mansub barcha hayvonlar o`rganiladi. 
Xordalilar tayanch o`q skeleti - xordasi tanasining orqa tomoni bo`ylab joylashgan 
hayvonlardir. 
Xordalilar tipi turlari umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha kam bo`lsada, 
gavdasining yirik bo`lishi, individlarning murakkab va xilma-xil tuzilganligi, 
fiziologik va ekologik xususiyatlarining turli tumanligi bilan ulardan keskin farq 
qiladi. 
Xordalilar inson hayoti va faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. 
Yovvoyi umurtqali hayvonlar go`shti, terisi, mo`ynasi, yog’i uchun va boshqa 
maqsadlarda ovlanadi. Yovvoyi umurtqali hayvonlardan uy hayvonlari zotlarini 
yaxshilash, mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi. 
Shuning uchun noyob va yo`qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlarini 
muhofaza qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri 
hisoblanadi. Bundan tashqari uy hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga 
kiradi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq - ovqat manbai; ularning mo`ynasi, 
terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Odamlar 
qadim zamonlardan boshlab itlardan qo`riqchi; ot, eshak, tuya, fil va boshqa 
sutemizuvchilardan transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport 
musobaqalarida foydalanib kelishgan. 
Bir qator umurtqali hayvonlar ustida inson hayoti va sog’ligi uchun 
nihoyatda 
muhim 
bo`lgan 
tadqiqotlar 
o`tkaziladi. 
Nihoyat, 
umurtqali 
hayvonlarning tuzilishi va hayotini o`rganish ekologiya, genetika, sistematika
qiyosiy anatomiya, fiziologiya, biogeografiya, evolyutsion ta`limot va boshqa 
fanlarning ko`plab muammolarini tushunib olishga va yechimini topishga yordam 
beradi. 

Yüklə 428,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin