bilan bog`liq bo`lib, ularda tabiiy va iqtisodiy geografiyani o`rganish asos qilib olingan. MDH va
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo`jalikning rivojlanish qonuniyatlari jamiyat bilan
tabiat o`rtasidagi munosabtlar, atrf-muhit muomalari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limining mazmuni jihatidan yuqori bo`lib,
o`quvchilardan ma’lum ko`nikmalar shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta’limi
muammolarini turli nazariya va qonunlarining kategoriyalarini o`rganishga bag`ishlangan bo`lib,
o`quvchilarning o`zlashtirishida bir muncha qiyinchiliklar tug`diradi.
Rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limida ta’limining ruhiy jabhalari asosiy o`rinni
egallaydi. O`quvchi ruhiyati uning bilish faoliyatini o`rganish katta e’tibor beriladi.
Geografiya
ta'limida turli matnlar, o`yinlar , imitatsiya keng qo`llaniladi. Ular hatto, ta'lim metodlari sifatida
ham qo`llaniladi. Umuman bunday ta’limning asosiy maqsadi o`quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni
ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat. Turli mamlakatlarning geografiya o`quv
darsliklari va
qo`llanmalarni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, ularda bitta kursni o`qitish uchun bir necha qo`llanma
chiqariladi. Ko`pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo`lib, axborot berish
xususiyatlariga ega. Bunday qo`llanmalarda matn 20 - 40 foizni, tasvir 20 foizni, statistika 20 foizni ,
savol va topshiriqlar 20 foizni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar nihoyatda sifatli. Quyi sinflar
qo`llanmalarda esa karta yo`q, ular o`rnini katta sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar ko`p
uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo`lib, ular eng past ,
eng kichik, eng
baland, eng uzun, eng yuqori kabi tarzlarda berilgan. Angliya geografiya ta’limi metodikasida o`ziga
xos xususiyatlarga ega. Uning kuchli tomonlari quyidagilardan iborat. Ta’limning nazariy
tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon geografik tadqiqot metodlarini o`rganish.
Geografiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqotlar o`tkazish,ta’lim jarayonida
tadqiqot metotlaridan unumli foydalanish, o`quvchilarni gepotezalar tuzishga o`rgatish;
Darslikda turli mazmundagi eksprementlar uyushtirish, ya’ni
tasavvur, tushuncha va turli xil
qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o`rin berilgan. Ammo metodlarni sinash, ta’limni
uyushtirish shakllari ancha zaif.
Kapitalistik mamlakatlardagi geografiya ta’limi ko`p jihatdan o`sha jamiyat va davlat
ehtiyojlari bilan bog`liq bo`lib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: