Xorijda geografiya ta’limi. Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 162,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix01.12.2023
ölçüsü162,85 Kb.
#170210
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU



XORIJDA GEOGRAFIYA TA’LIMI.
Reja: 
1. Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari. 
2. Geografiya ta’limida xalqaro standartlar. 
3. AQSH, Yaponiya, Fransiya davlatlarida geografiya fanini o`qitishning o`ziga xos jihatlari. 
4. Germaniya, Avstraliya va Koreyada geografiya ta’limi.
Birinchi guruhga kiruvchi
mamlakatlarda geografiya ta’limi asosiy tabiiy va iqtisodiy 
geografiya kurslaridan tashkil topgan . Shahar va qishloq joylaridagi barcha mamlakatlarda yagona 
o`quv rejasi asosida o`tkaziladi. 
Ikkinchi guruh mamlakatlarida
geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, balki 
integratsiya ( birikma) tarzida bo`lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga qo`shilib ketgan. Bunda 
geografiyani chuqur o`rganishni xohlovchilar maxsus fakultativ mashg`ulotlar orqaligina o`z 
bilimlarini oshirishlari mumkin. Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi 
bo`yicha yagona davlat rejasi yo`q. Har bir o`qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazardan 
kelib chiqib, o`quv dasturini tuzishi mumkin. Masalan: AQSHda 1700 dan ortiq maktab okruglari 
mavjud bo`lib, ularning barchasi o`ziga xos bo`lgan geografiya ta’limi mavjud va bir - biriga 
o`xshamaydigan dasturlar bo`yicha ish yuritiladi. 
 
Uchinchi guruh mamlakatlarda
geografiya majburiy o`rganiladigan fanlar qatoriga 
kirmaydi va uni fakultativlar orqali o`rganish, asosiy o`rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va 
Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o`quvchilar uchun majburiy bo`lgan fanlar 
qatorida, xilma - xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng tarqaldi. Jahon tajribasida 3 
bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni boshlang`ich maktab (I - IV - sinf), o`rta
bosqich (V – IX -sinf), yuqori bosqich (IX - XII) 
Ko`pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta’limda o`qish yili o`zgarib turadi., boshlang`ich
maktabda 6 - 9 yosh, o`rta bosqich 10 - 14 yosh, yuqori sinfda
14 - 16 yoshni tashkil qiladi. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o`ziga xos maqsadga ega. 
Masalan: birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limining asosiy maqsadi, yaqin atrof-muhitni 
o`rganish, moddiy va ma’naviy boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. 
Ikkinchi bosqichda o`z mamlakatining xo`jalik hayotini o`rganish zarur kasblar haqida ma’lumotlar 
olish, ta’limiy ko`nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi 
maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo`jaligini o`rganishdan iborat. Jahon 
tajribasida geografiya o`qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni o`quvchilarga o`qitish 
bo`yicha ikki fikr tarafdorlarining fikri - o`quv rejalarda geografiyani mustaqil fan sifatida 
muntazam o`tishni amalga oshirish bo`lsa, ikkinchi yo`nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o`quv 
fanlari bilan integratsiya ( birikma) tarzida qo`shib, o`tishni isbotlab berishga urinadilar. 

Yüklə 162,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin