17
qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol
investitsiya siyosatini olib borishdan iborat”,
1
-deb ta’kidladi.
Mustaqillikka erishilgandan boshlab, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga
o’tishning o’ziga xos yo’lidan bormoqda. Bu yo’lda investitsiya siyosatining
ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar,
texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga
oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon
yaratadi. SHu jihatdan O’zbekiston o’z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib
bormoqda (5.2.1 - chizma)
5.2.1-chizma
O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya
siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati -
investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda
samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar
majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini
ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi
ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan
qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: