15
5. “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi
nizomning mohiyati va mazmuni nimalardan iborat?
6. “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi
nizomga muvofiq chet ellik investorlarga qanday kafolatlar va himoya choralariga
ega bo’ladi?
7. Investitsiya shartnomasining tarkibiga nimalar kiradi?
8. Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab qanday
shartlar bo’lishi mumkin?
5-mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari(4
soat)
5.1. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb
qilishning ob’ektiv
zarurligi
5.2. O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati
5.3. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni
tartibga solishning jahon tajribasi
5.4. O’zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilishning asosiy
yo’nalishlari
5.5. O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi
5.1. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb
qilishning ob’ektiv zarurligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy
yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
«Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini
yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “2010 yilda
mamlakatimizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milliard
AQSH dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investitsiyalar
jalb qilinishini e’tiborga oladigan bo’lsak, o’ylaymanki, amalga oshiriladigan
loyihalarning ko’lami va salmog’i o’z-o’zidan ayon bo’ladi. SHuni alohida ta’kidlash
lozimki, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga oshadi”
1
.
Ushbu fikrlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish,
uni iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’ta muhimligini anglatadi.
Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston
iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur
o’ylangan, O’zbekistonga xos hususiyatlar to’la hisobga olingan iqtisodiy
islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning
izchil amalga oshirib kelinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalashgan,
1
Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. –
Прeзидeнт Ислoм Кaримoвнинг 2009 йилнинг aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни
ижтимoий-иқтисoдий ривoжлaнтиришнинг энг муҳим устувoр йўнaлишлaригa бaғишлaнгaн Вaзирлaр
Мaҳкaмaсининг мaжлисидaги маърузaси // Халқ сўзи, 2010 йил 30 январь.
16
jahon bozoriga raqobatbardosh, keng darajada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan
chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil,
jiddiy rasmiy
omillar va benuqson kredit tarixiga ega
bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini
ta’minlaydi.
CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik
faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga
qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar,
shu
jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan
har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi
hududida chet el investitsiyalari deb
e’tirof etiladi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va
texnologiyalarni
joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni
ishlab
chiqarishni rivojlantiradi;
- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va
buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish
va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini
yaratadi;
-
uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan
ta’minlaydi;
-
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish
quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.
Dostları ilə paylaş: