9
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi
mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega.
Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish
uchun barcha ishlar
qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda
investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy
investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning
qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga
nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat
tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar
ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari
asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan
shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda
olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini
birinchi navbatda minimal
darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul
istiqbollar qiziqtiradi.
Dostları ilə paylaş: