Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Хорижий инвес

 
Nazorat uchun savollar 
 
1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering. 
2.Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligini 
asoslab bering. 
3.O’zbekiston Respublikasida yaratilgan qanday imtiyozli moliyaviy sharoitlar 
mavjud? 
4.O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati qanday o’ziga xos jihatlarga 
ega? 
5.Tuzilmaviy investitsiya siyosati nima? 
6.Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilishning qanday shakllari 
mavjud? 
7.O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning qaysi asosiy 
yo’nalishlarini bilasiz? 
8.Investitsiya dasturining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
9.O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturining mohiyatini tushuntirib 
bering. 
 


22 
 
6-mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishning 
zamonaviy shakl va usullari 
(4 soat) 
6.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalar uchun imtiyozlar 
6.2. Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
rag’batlantirish 
6.3. To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
rag’batlantirish 
 
6.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalar uchun imtiyozlar 
 
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqyosda jalb qilish, 
xorijiy investorlarni o’z mablag’larini mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun sarflashga 
qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar 
yaratilgan. Ular quyidagi chizmada o’z ifodasini topgan. 
O’zbekistonda mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish 
uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
tadbirlarini (jumladan, imtiyozlarni berish) amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga 
asoslaniladi: 
• tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni 
ko’zlab siyosat yuritish; 
• respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag’ni keng jalb etishni 
ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora 
takomillashtirish; 
• respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va 
iqtisodiyotni zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko’maklashayotgan xorijiy 
investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini yuritish; 
• mablag’larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan, import o’rnini 
qoplovchi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng 
muhim ustuvor yo’nalishda jamlash. 
Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom 
ashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab: 
- daromad (foyda) solig’idan birinchi yil 25 foiz qismidan, ikkinchi yil 50 foiz 
qismidan, uchinchi yil 100 foiz ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan 
100 foiz ozod qilinadi; 
-mulk solig’idan 2 yilga ozod qilinadi; 
-ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig’i eksportga chiqarilsa, 50 foiz 
daromad solig’idan (foyda solig’i), 15-30 foiz eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad 
(foyda) solig’idan ozod qilinadi; 
-ishlab chiqarish bilan band bo’lsa, yer solig’idan 2 yilga ozod qilinadi. 


23 
O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko’zda tutilgan. 
Unga ko’ra neftь va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni 
jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan, 
shuningdek ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda 
bojlardan ozod qilinadi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin