Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Хорижий инвес

 
 
8-mavzu. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy 
investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalalari 
(4 soat) 


29 
8.1. Mamlakatimizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini rivojlantirishning 
asosiy yo’nalishlari 
8.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish 
kontseptsiyasi 
8.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya 
ishtirokidagi korxonalarni kreditlash 
8.4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati 
 
8.1.Mamlakatimizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari 
 
O’zbekiston Respublikasi eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish
shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining eksport faoliyatini 
takomillashtirish iqtisodiy qayta qurishning hozirgi bosqichida muhim hisoblanadi. 
SHu bilan birga O’zbekiston oldida mamlakatning xom – ashyo tovarlari eksportiga 
qaramligini pasaytirish, import va eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish hamda 
qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan tovarlar eksportini jadallashtirish kabi masalalar 
turibdi. 
Bugungi kunda mamlakat eksportini rivojlantirishning asosiy muammolaridan 
biri importga nisbatan tarif va notarif protektsionizmning yuqori darjada 
mavjudligidir. Ayni vaqtda yuqori savdo to’siqlari nafaqat iste’mol tovarlarini 
(pirovardida foydalanish uchun tovarlarni) import qilishni, shu bilan birga ham 
eksportga, ham ichki bozorga yo’naltirilgan milliy ishlab chiqarishlarni rivojlantirish 
zarur bo’lgan oraliq tovarlar importini ham cheklab qo’yadi. Bundan tashqari, ichki 
bozorda tashqi raqobatni cheklash iqtisodiy resurslarni samarasiz taqsimlash uchun 
omil yaratadi. Natijada o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda importdan himoya 
qilingan tarmoqlarning nisbatan raqobatbardoshlik qobiliyati pasayib ketadi. 
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish, 
bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish 
eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini 
ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb 
etadi: 
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini 
kamaytirishda ko’maklashish; 
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar, 
raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish; 
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish; 
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va 
h.k.

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin