Xorijiy investitsiyalar fanidan


 Strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirishda



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Хорижий инвес

 
7.4. Strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirishda 
investitsiyalarning o’rni 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan ayni damda, iqtisodiyotning 
real sektor korxonalarini, shuning bilan birga infratuzilma ob’ektlari rivojlanishini 
qo’llab-quvvatlash maqsadida investitsion mablag’larni topish va ularni maqsadli 
yo’naltirish muhim omillardan biriga aylanmoqda. 
O’tgan 2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda 
investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan 
iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va 
ijtimoiy infratuzilma obektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi. 
2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar 
dasturida nazarda tutilgan asosiy yo’nalishlarning uchinchi bo’limi «Iqtisodiyotning 
real sektori sohasida resurs bazasini kengaytirish va investitsion faollik o’sishini 
ta’minlash choralari»ga qaratilgan bo’lib, birgina 2009 yilning o’zidayoq dasturni 
ijrosini ta’minlash, ya’ni tijorat banklari tomonidan korxonalarni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish 
uchun jami 2,4 trln. so’m miqdorida yoki 2008 yilga nisbatan 1,6 barobarga ko’p 
investitsion kreditlar ajratildi.
Nazorat uchun savollar 
 
1. Xorijiy investorlar uchun O’zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini 
oshirishning asosiy yo’nalishlarini sanab bering. 
2. Hozirda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan chet el investitsiyalari 
ko’lami qanday holatda ? 
3. O’zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish 
muammolari nimalardan iborat ? 
4. O’zbekiston Respublikasida qanday valyutaviy cheklanishlar mavjud ? 
5. Valyuta operatsiyalarini va valyuta bozorini rivojlantirishdagi o’zgarishlar 
mohiyatini yoritib bering. 
6. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv qanday
imkoniyatlarni beradi ? 
7. Hududlarning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishida keskin farqlanishni oldini 
olish borasida xorijiy investitsiyalar qanday ahamiyatga ega? 
8. Hududlar iqtisodiyotining samaradorligini oshirishda xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishning qaysi o’ziga xos jihatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq ? 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin