Xorijiy investitsiyalar fanidan


 O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Хорижий инвес

 
8.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish 
kontseptsiyasi 


30 
 
O’zbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko’p tomonlama
aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizning Yaqin
SHarq va Janubiy-SHarqiy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga yaqinligi,
chegaradoshligi, Yevropa va Osiyo mamlakatlari savdo yo’lida joylashganligi
tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
Buning natijasida eksportga ixtisoslashgan qo’shma sub’ektlarni tashkil 
etish, erkin iqtisodiy hududlarni shakllantirish negizida tashqi iqtisodiy
faoliyatni yanada rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi. 
Hozirgi kunda respublikamizda importning o’rnini qoplash va eksportga
yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab – quvvatlash dasturi amalga
oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy
sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga jadalroq jalb qilishga, ularga kafolat va
imtiyozlar berishga, litsenziyalar, “nou xau”lar sotib olishga, valyuta tushumlarini
kadrlarni tayyorlashga sarflashda erkinliklar berishga qaratilgan izchil siyosat
olib borilmoqda. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirish – ushbu sohadagi
boshqaruvni takomillashtirish, eng avvalo, sanoat yo’nalishidagi sub’ektlarini
boshqarish va iqtisodiy rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan
bog’liqdir. Jahon andozalari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni
kengaytirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Buning uchun sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar,
ayniqsa kichik va o’rta sub’ektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan
jihozlash talab qilinadi. 
O’zbekistonda eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar
berilgan bo’lib, ularning ayrimlari quydagilardan iborat: 
· sub’ekt o’zi ishlab chiqargan mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga
sotadigan bo’lsa, unga akkreditivsiz eksport qilish huquqi beriladi; 
· tovar eksporti ichki bozor bahosidan past bahoda amalga oshirilganda
soliqqa tortish haqiqatda sotiladigan baho bo’yicha amalga oshiriladi
· eksportga chiqarilayotgan tovarlarning hajmi umumiy sotish hajmining 30
foizini yoki undan ortig’ini tashkil qilsa, daromad solig’ining miqdori ikki
martagacha qisqartiriladi; 
· MDHga mahsulot eksport qiladigan sub’ektlar 1998 yil 1 yanvardan
boshlab aktsiz solig’i va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadilar
· mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha ishlab chiqarish sub’ektlari chet
davlatlarda o’zlarining uylarini, vakolatxonalarini ochishlari mumkin. SHu
bilan birga, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovar yetkazib
berishlariga ruxsat beriladi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin