Xorijiy investitsiyalar fanidan


Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Хорижий инвес

9.2.Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash 
O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirishga katta e’tibor 
qaratilib, investorlarga ko’maklashish va kafolatlar berish uchun ularga investitsiya
soliq tizimida va bojxona to’lovlari sohalarida ma’lum imtiyozlar, sharoitlar va 
kafolatlar tizimi shakllantirildi. Bunday tizimning tarkibiy qismi bo’lgan 
sug’urtaning shakllantirilishi xorijiy investorlarga siyosiy va tijorat xatarlaridan 
sug’urta kafolatini taqdim etish imkoniyatini yaratdi. 
O’zbekiston hukumati tomonidan sug’urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor 
berilib, sug’urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi paytga kelib, sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi, umumiy, 
maxsus qonunchilik hamda qonunga asoslangan va ma’muriy - me’yoriy hujjatlarni 
o’z ichiga oluvchi qonunchilik tizimi yaratildi. Bunday sug’urtalash huquqiy 
tizimining mavjudligi respublika sug’urta bozorini rivojlantirishga va 
takomillashtirishga asos bo’ldi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekiston 
Respublikasining sug’urta qonunchiligi O’zbekiston hududida xorijiy yuridik va 
jismoniy shaxslarga sug’urta tashkilotlarini tashkil etishda investorlarning nizom 
sarmoyasida qatnashish ulushini qattiq chegaralashni nazarda tutmaydi. 
 
9.3. O’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlarni qo’llash masalalari 
 
Xalqaro kafolatlar tovarlar va kapitallar harakatini uzluksiz va doimiy harakat 
kilinishi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Xalqaro kafolatlar import qiluvchilarni sifatsiz 
tovarlar qabul qilishdan, eksport qiluvchilarni esa tovarlar haqini ololmay qolish 
xavfidan saqlaydi. 
Xalqaro kafolatlar xalqaro operatsiyalarning barcha asosiy turlarida 
qo’llaniladi. Jumladan, bularga: 
-xalqaro kreditlar bo’yicha beriladigan kafolatlar;
-eksport-import operatsiyalari bo’yicha beriladigan kafolatlar;
-to’g’ri va portfelli investitsiyalar bo’yicha beriladigan kafolatlarni kiritish 
mumkin.
Xalqaro kafolatlar markaziy banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar, hukumat 
va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi. Xalqaro kafolatlar banklar va boshka 
kafolat beruvchi tashkilotlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi, ammo bular 
yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi. 
Xalqaro kafolatlarda uchinchi bir tomonning ishtirok etishi shartdir. Aynan 
mana shu kafolat beruvchi tomonning to’lovga layoqatliligi asosiy masala bo’lib 


34 
hisoblanadi. Xalqaro kafolatlar xalqaro miqyosda tan olingan sub’ektlar tomonidan 
beriladi. 
Xalqaro kafolatlarning quyidagi asosiy turlari mavjud: 
To’g’ri kafolat - bu kafolat beruvchi tomonning bevosita eksport-import 
operatsiyalari uchun beradigan kafolatidir. Bunda mazkur to’lov bo’yicha 
majburiyatlarni to’liq o’z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to’lov
talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv bo’yicha hisob-
kitoblarda keng qo’llaniladi.
Vositalashgan kafolatlarda kafolat beruvchi o’ziga xos tarzda vositachilik 
vazifasini o’taydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi.
Tasdiqlangan kafolatlar berilgan kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon 
bo’ladi. Masalan, bank o’z mijozi bo’lgan import qiluvchining to’lov majburiyatlari 
bo’yicha kafolat bergan bo’lsa, eksport qiluvchining banki ham ushbu kafolatlar 
bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga oladi. Bu esa mavjud kafolatlarni tasdiqlash 
yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro kafolatlarning yana quyidagi asosiy shakllari ham mavjud: 
1.To’lov bo’yicha berilgan kafolatlar. 
2.Sifatli mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha berilgan kafolatlar (jarima, qo’shimcha 
xarajatlar). 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin