Xorijiy investitsiyalar fanidan


Kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini xorijiy kredit



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Хорижий инвес

11.4. Kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini xorijiy kredit 
liniyalari hisobidan moliyalashtirish 
 
Mamlakatimizda amalgan oshirilayotgan izchil islohotlarining ustivor 
yo’nalishlaridan biri – bu kichik biznes xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. 
Xalqaro andozalar talablariga mos ravishda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun 
kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish uchun kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab 
chiqarish texnologiyalari zarur bo’ladi, lekin bunday ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish istagi bo’lgan kichik biznes subьektlarining barchasi ham o’z mablag’lari 
hisobidan bu ishni amalga oshira olmaydi. Bunda kichik biznes subьektlarining 
yaxshi investitsion loyihalari xorijiy kredit liniyalari va 6anklar mablag’lari hisobidan 
moliyalashtiriladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlashda 
xorijiy kredit liniyalari mablag’larini banklar orqali real sektorga jalb qilish hisobiga 
kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ular 
negizida moliyaviy jihatidan baquvvat ko’p tarmoqli yiroik ishlab chiqarish 
korxonalari shakllanishi ko’zda tutiladi. 
11.5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik biznesni qo’llab-
quvvatlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning mohiyati 
 
Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida «2009 yilda xizmat ko’rsatish va kichik biznes 
sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim 


47 
omili sifatida yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifa bo’lib qoladi»
1
 deb belgilab 
berdilar.
2009 yilda kichik biznesni yanada qo’llab-quvvatlash vazifasi har qachongidan 
ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki kichik biznes yangi-yangi ish 
o’rinlarini yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band aholi daromadining 70 
foizdan ortig’ini tashkil etmoqda. 
SHu sababli Inqirozga qarshi choralar dasturida kichik biznesni rivojlantirishni 
rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit 
imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada 
chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-
quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar 
oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan 
kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda. 
SHu bilan birga, berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, 
aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 
oydan 18 oyga oshirildi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xomashyo va 
resurslardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari amalga 
oshirildi. Jumladan, birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli, monopol 
mahsulotlar turlari pozitsiyalari 136 tadan 195 tagacha ko’paydi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 martdagi 36-sonli 
«Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabini hisobga olgan holda birja 
savdolariga qo’yish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat 
qo’mitasiga monopol mahsulotlarni birja savdolariga majburiy qo’ydirish bo’yicha 
vakolat hamda yuqori likvidli tovarlar moddiy balanslariga tegishli o’zgartirish 
kiritish bo’yicha imkoniyat berildi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining birja savdolarida ishtirok 
etish imkoniyatlarini oshirish maqsadida birja xizmatining komission xarajatlari 
o’rtacha 25% gacha pasaytirildi va birja savdolarida qatnashish uchun to’lanadigan 
garov puli 10% gacha oshirildi. 
Tadbirkorlar uchun yengillik yaratish maqsadida quyidagi to’lovlar miqdorini 
kamaytirish bo’yicha hujjatlar loyihasi ishlab chiqildi: 
- arxitektura-rejalashtirish topshirig’ini (ART) ishlab chiqishga ketadigan 
to’lovlar – 2 martagacha; 
- ekologik ekspertizadan o’tkazish to’lovlari – 20 foizdan 90 foizgacha; 
- turar joylarni noturar joy toifasiga o’tkazish xarajatlari – 9 martagacha; 
- loyihalash hujjatlarini ekspertiza qilish xarajatlari – 2 martagacha. 
1
Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр талаби. 
Президент Ислом Каримовнинг 2008 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш 
якунлари ва 2009 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига 
бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2009 йил 14 февраль. 


48 
SHuningdek, bankda hisob raqami ochish va yopish uchun olinadigan to’lovlar 
umuman bekor qilindi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin