114
samarali va faol korxonalardan biri bo`lib kelgan. 2017-2021-yillar davomida chet el kapitali
ishtirokidagi korxonalar soni 2,7 barobarga oshib, 2022 -yilning 1-yanvar holatiga ko`ra 13,2
mingtaga yetgan. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda iqtisodiyotda rasman band
aholining 6% i faoliyat yuritadi. Shunday bo`lsada, ushbu korxonalarning umumiy ishlab
chiqarishdagi ulushi 15%, asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 24% ni tashkil etadi.
2021-yilda mamlakat tashqi savdo aylanmasining 19,8% i, eksport va importning mos
ravishda 19,7% va 25% i aynan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar hissasiga to`g`ri
kelgan. [3]
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko`rsata
diki, chеt el invеstitsiyasi jalb qilinishi
yuksak darajada taraqqiy etishning hal qiluvchi omillaridan biri bo`lgan. Invеstitsiya siyosati
nafaqat kapital mablag`lar miqyosini oshirishni, balki ularning takror ishlab chiqarish tarkibiy
tuzilmasini takomil
lashtirishni, invеstitsiyalarni ko`proq samarali va raqobatdosh ishlab
chiqarishlarga yo`naltirishni ko`zda tutadi. Ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirishga
qaratilgan soliq-
byudjеt siyosatini takomillashtirish, to`lov intizomini mustahkamlash,
xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar esa korxonalarning
o`z mablag`lari ko`payishiga imkoniyat yaratadi.
Ma’lumki, invеstitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo`yicha tarkibining shakllanishi
iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish jarayonlari bilan bog`liq. O`zbеkistonda faoliyat
yuritayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha
tarkibiga nazar tashlaydigan bo`lsak, 2022-yil dekabr holatiga ko`ra eng yuqori ulushlar savdo
–
4700 ta (30,3%), sanoat
–
4280 ta (27,6%) va boshqa tarmoqlarga
–
2479 ta (16,0%), eng
kam ulush esa sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishga
–
229 ta (1,5%), tashish va
saqlash
–
446 ta (2,9%) kabi tarmoqlarga to`g`ri kеladi.
[4]
Bundan ko`rinib turibdiki, yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi savdo va sanoatga, kam ulushi esa sog`liqni saqlash
hamda tashish va saqlash sohasiga to`g`ri keladi. Yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar
ko`rsatish, axborot va aloqa kabi sohalar hamon xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar
nisbatan kam faoliyat yuritayotgan sohalardan biri bo`lib qolmoqda. Bundan ko`rinib
turibdiki, xizmatlar sohasini rivojlantirish xorij kapitalini jalb qilish ko`lamini oshirishga
o`zining salmoqli hissasini qo`shadi.
Dostları ilə paylaş: