115
Respublikamizda tashkil qilingan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning
mintaqalar bo`yicha joylashuvi birmuncha notekis bo`lib, statistika agentligining 2022-yil
dekabr holatidagi ma’lumotlariga ko`ra faoliyat yuritayotgan jami korxonalarning aksariyati
Toshkent shahriga (61,3%), Toshkent viloyatiga (10,5%), Samarqand viloyatiga (4,5%)
hamda Surxondaryo viloyatlariga (4,0%) to`g`ri keladi. Xorazm viloyati (1,2%),
Qoraqalpog`iston Respublikasi (1,2%) hamda Sirdaryo viloyati (1,4%)
faoliyat yuritayotgan
xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar soni bo`yicha quyi ko`rsatkichlarni qayd etadi. Statistik
ma’lumotlarni tahlili orqali respublikamizda tashkil qilingan xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarning aksariyati yirik shaharlarda, markazga
yaqin joylarda tashkil
qilingan bo`lib, fa
oliyat yuritayotganiga guvoh bo`lamiz. Demak, xorijiy invеstitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar faoliyatining tahlili orqali quyidagi xulosa va takliflarni ishlab chiqish
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
−
Mamlakatimizning sust rivojlanayotgan hududlariga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni
faol davom ettirish
zarur. Bunda hududiy boshqaruv organlarining turli sohalardagi investitsiya loyihalarining
amaliyotga samarali tadbiq etilishi yuzasidan mas
’uliyatini
oshirish lozim;
−
Har bir hudud bo`yicha tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan amaliy
tadbirlar ishlab chiqish va xorijiy investorlarni hududning eksport imkoniyatlari bo`yicha
zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash. Bugungi kunda chеt el investitsiyalarini kiritishda eng
asosiy muammo kiritilayotgan invеstitsiyalarning hududiy taqsimlanishi darajasi bilan bolg`iq
bo`lganligi sababli qabul qilingan Davlat Dasturi va unda belgilangan xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarning mamlakat eksport salohiyati tarkibida o`sib boruvchi salmoqqa
ega bo`lishi
muhim ahamiyatga ega;
−
Investitsiyalarni keng ko`lamda jalb qilish maqsadida mamlakatimizning kam
rivojlangan hududlarida infratuzilmalarini rivojlantirish dasturlari bajarilishi yuzasidan
davlat monitoringini o`rnatish. Bunda, ayniqsa, telekommunikatsiya va mehmonxona xo`jaligi
sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash lozimki, xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korx
onalar
faoliyatining samarali tashkillashtirilishi, investitsion muhit hamda investitsion imidjning
yaxshilanishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining
asosiy shartlaridan biri
hisoblanadi. So`nggi yillarda xorijiy investitsiyali korxonalarga nisbatan qo`llanilayotgan
soliqlar va bojlar yuzasidan imtiyozlar hamda rag`batlar tizimi orqali xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarni qo`llab-quvvatlash, ularga imtiyozlar berish davlatimiz tomonidan
olib borilayotgan investitsiya siyosatining asosini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: