Xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotini


Investisiyalar moliyalashtirish manbalari



Yüklə 71,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü71,21 Kb.
#198928
1   2   3   4   5   6   7
xorijiy-investitsiyalarning-milliy-iqtisodiyotini-rivojlantirishda-tutgan-o-rni-va-ahamiyati (1)

Investisiyalar moliyalashtirish manbalari
2
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy 
mexanizmlarini joriy etish va investision muhitni yanada yaxshilash, ishlab 
chiqarishni kengaytirish va uning samaradorligini oshirish eng muhim vazifalardan 
biri hisoblanadi.
XULOSA 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jahon amaliyoti va tajribasidan kelib 
chiqib, biznesning investisiya va innovasion faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan 
muammolarni endi oddiy vositalar bilan, ya’ni imtiyozlar berish yoki yangi 
2
Stat.uz расмий сайти маълумотлари асосида тузилган. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
405 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
deklarativ me’yorlarni nashr etish bilan hal qilishning imkoni yo‘q. Xususiy 
investisiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab 
etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiladigan to‘siqlarni aniqlash va yengib o‘tish bo‘yicha astoydil ish olib borish kerak. 
Shu munosabat bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faol ish olib borish orqali xorijiy 
investisiyalar oqimini ko‘paytirish mumkin. Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning bir 
maromdagi yuqori va barqaror sur’atlarini saqlab qolish uchun mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank tizimi aktivlarining katta qismi 
xususiy investorlar qo‘lida bo‘lgan modelini shakllantirish zarur. 
Ikkinchidan, 
investisiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy 
omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmaga yo‘naltirilgan investisiyalarining jadal 
o‘sishini ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni 
moliyalashtirish 
vositalarini 
rivojlantirish 
orqali 
investisiyaviy 
faoliyatni 
rag‘batlantirish ham faol tarzda olib borish. 
Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish 
orqali investisiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to‘siqlar va cheklovlarni 
to‘liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar 
optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada ta’minlash va korrupsiyaning 
oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari bilan ishlashni 
tashkil etish sifati yaxshilash.
To‘rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan 
yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan tranzaksiya xarajatlarining 
kamaytirish. 
Beshinchidan, kelgusida texnologik yutuqlarga erishish nuqtasiga aylanishi va 
keyingi 20-30 yil davomida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlanishi uchun 
zamin yaratishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning eng istiqbolli sohalariga 
yo‘naltirilgan investisiya siyosati strategiyasi ishlab chiqish. 
Investisiya muhiti mamlakatdagi barcha faoliyat sohalariga ta’sir ko‘rsatishini 
inobatga olgan holda, islohotlar ko‘lami iqtisodiy, institusional, ta’lim, sog‘liqni 
saqlash, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, energetika, transport va boshqa 
yo‘nalishlarni qamrab oladi. 
REFERENCES 
1.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun. 2012 y. 
Qayumov R.I. Investisii. Uchebnoe posobie –2010 g. Toshkent. TDIU: 510 b. 



Yüklə 71,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin