2010- yili Xitoy,Yaponiya va Koreya Respublikasining ASEAN mamlakatlaribilantovaraylanmasi(mln.AQSHdoll.)
Mamlakatlar
Xitoy
Yaponiya
KoreyaRespublikasi
Eksport
Import
Eksport
Import
Eksport
Import
Bruney
140
282
162
3320
62
1237
Vetnam
16303
4741
6518
6959
6828
1782
Indoneziya
14744
13538
9334
21817
7435
7884
Kambodja
905
36
112
143
190
10
Laos
376
337
76
27
47
46
Malayziya
19636
32224
12863
16732
4691
7407
Myanma
2279
646
202
340
213
102
Singapur
25964
26357
18758
12305
14061
12570
Tailand
13326
24846
22259
16029
4986
2090
Filippin
8591
11936
8234
6401
3822
2538
JAMI
102264
114943
78518
84073
42315
38666
Manba: Direction of Trade Statistics International Monetary Fund. September 2011. P.214-215.
ASEAN va Yaponiya o'rtasida savdo hamkorlik tobora kengayib va chuqurlashib bormoqda. 2010-yili ikki yoqlama savdo aylanmasi 162,6 mlrd.dollarga etdi. ASEAN tashqi savdo aylanmasi bo'yicha Yaponiya uchun Xitoy va AQSHdan keyin uchinchi o'rinni egallaydi.
2008- yili Yaponiya va ASEAN o'rtasida ko'p yoqlama hamkorlik to'g‘risida bitim imzolandi. Ushbu bitim tovarlar va xizmatlar savdosi hamda investitsiya faoliyati hamda iqtisodiy hamkorlikni tartibga solish masalalarini qamrab olgan.
Bitim mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga, hududda katta imkoniyatlarga ega samarali bozor yaratilishiga yordam beradi.
2008-yildan boshlab Yaponiya ASEAN mamlakatlaridan import qilinayotgan tovarlarning 93%ga bojxona bojlarini bekor qildi. O'z navbatida, ASEANga a'zo oltita mamlakat (Bruney, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur va Tailand) import qilinayotgan tovarlarning 90%ga, shu jumladan avtomobillarga bojxona bojlarini bekor qildilar. Bundan tashqari Yaponiya Assotsiatsiya mamlakatlari uchun to'g‘ridan-to'g‘ri investitsiyalar hajmining ikkinchi manbai bo'lib hisoblanadi.
ASEAN mamlakatlarining yana bir yirik partneri Koreya Respublikasi bilan ham o'zaro foydali savdo-iqtisodiy shartnomalar imzolangan. Koreya Respublikasi va ASEAN o'rtasida savdo muntazam ravishda oshib bormoqda, oxirgi besh yilda uning hajmi 2005- yildagi 79,2 mlrd.dollardan 2010- yilda 79,2 mlrd.dollarga etdi.
1997- yildan boshlab ASEAN uchta etakchi savdo va siyosiy sheriklar – Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan hamkorlik qilmoqda. Shu davrning o'zida ASEANga a'zo mamlakatlar, shuningdek Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi barcha ishtirokchilar manfaatlarini hisobga oladigan muzokaralarni amalga oshirmoqdalar. Ushbu ittifoq “ASEAN+3” deb nomlana boshladi. Hozirda ushbu ittifoqqa kirgan mamlakatlar o'rtasida hamkorlik iqtisodiyot va moliya, qishloq va o'rmon xo'jaligi, sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofazalash, siyosat, xavfsizlik, fan va texnologiya, turizm, tabiiy ofatlar va h.k. qamrab olgan 20dan ortiq sohalarda amalga oshirilmoqda.
2010- yili ASEAN mamlakatlarining “+3” (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi) davlatlariga yalpi eksporti 225,4 mlrd.AQSH dollariga etdi. Eksportning o'tgan yilga nisbatan o'sishi 17,1%ni tashkil qildi. ASEANning “+3” mamlakatlaridan importi 254,7 mlrd.dollarga teng bo'ldi. Global moliyaviy inqirozga qaramay, bu ko’rsatkichlarning o'sishi kuzatilmoqda.
“ASEAN+3” mamlakatlari uchun energetika sohadagi hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega, chunki energetika sohasidagi barqarorlik dolzarb masala bo'lib hisoblanadi. SHuning uchun “ASEAN+3” mamlakatlarining har bir
sammitida energetika sohasida barqaror va xavfsiz rivojlanishni ta'minlash masalalariga katta e'tibor qaratiladi. Oxirgi sammitda ham energoresurslar iste'molini, shuningdek neft importiga bog‘liqlikni pasaytirish maqsadida energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha bir qator bitimlar imzolandi20.
So'nggi yillarda ASEAN, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi barcha sohalarda o'z hamkorliklari ko'lamini tobora kengaytirmoqdalar. Ayniqsa yuqori suratlar bilan turizm hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlik rivojlanayapti, chunki bu sohalar hududning barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining asosiy omili sifatida qaralmoqda. Shundan kelib chiqib, a'zo mamlakatlarning har biri o'z resurs salohg‘iyatidan oqilona foydalanish va qishloq xo'jaligini rivojlantirishga intilmoqda. 2010 - yilning oktyabrida “ASEAN+3” mamlakatlari doimiy guruch zahirasini yaratish haqida uzil-kesil kelishib oldilar.21 “ASEAN+3” mamlakatlari tomonidan 2011- yilning mayidan boshlab yangi hamkorlikdagi - Osiyo hududining iqtisodiy monitoringi bo'yicha boshqarma loyihasi ishga tushirildi. Ushbu boshqarma tomonidan bir qator makroiqtisodiy tadqiqotlar o'tkazilmoqda, shuningdek “ASEAN+3” mamlakatlarida kreditlash muammolari o'rganilmoqda.
Ijtimoiy ta'minot va rivojlanish sohasida “ASEAN+3” mamlakatlari hamkorlikni quyidagi ustivor yo'nalishlarda amalga oshirmoqdalar:
jamiyatning qarish tendensiyasiga qarshi siyosat va dasturlar ishlab chiqish;
qariyalar va nogironlar uchun ijtimoiy yordam va xizmatlar tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash sohasida “ASEAN+3” mamlakatlari katta yutuqlarga erishdilar. Profilaktika qilish, kuzatish va vujudga kelayotgan infeksion kasalliklarni lokallashtirishga asoslangan infeksion kasalliklarga regional tayyorgarlikni oshirish bo'yicha Kompleks Dastur HINI (cho'chqa grippi) va
20ASEAN China Free Trade Area. URL.: http://www.asean-cnorg-item/1097 aspx (5.04.2011)
21The Mainichi Daily News (Japan) 2010 October 30.
H5N1(parranda grippi) kasalliklarni o'z vaqtida oldini olish imkonini berdi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “ASEAN+3” mamlakatlarida yangi infeksion kasalliklar bo'yicha Axborot Markazi tashkil qilindi.
ASEAN, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi mamlakatlari o'rtasidagi kompleks hamkorlik jahonda osiyo hududining kuchayishiga olib keladi. Xitoy – ASEAN Erkin savdo hududining yaratilishi mamlakatlar o'rtasidagi savdo aylanmasini bir nacha barobarga oshirdi. Hozirda Xitoy – ASEAN Erkin savdo hududiga Xitoy va ASEANning 6ta davlati (Bruney, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur va tailand) kiradi, biroq 2015 - yilgacha ularga qolgan ASEANga a'zo davlatlar qo'shiladi. 2012 - yili yangi Koreya Respublikasi – ASEAN Erkin savdo hududi tashkil etildi. Ushbu zonaga ham ASEANning olti davlati kirdi. Yaponiya – ASEAN muzokaralari ham erkin savdjo hududi tashkil etilishiga olib kelishi lozim. Hozirning o'zida ASEAN+3 hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda, o'z navbatida ushbu davlatlarning o'zaro ta'siri tobora kuchayib bormoqda, bu ular o'rtasidagi do'stona munosabatlar va hamkorlikning mustahkamlanishiga olib keladi.