XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 246 - etgan va tartibga solingan xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan. Bu
esa, periferik shaharlardagi aholi soni oshib ketishiga va xizmatlarning
yetishmasligiga olib keldi. Muammoni yuzlab minglab janubiy italiyaliklarning
ishni izlab topish uchun katta shimoliy shaharlarigacha ko'chishi sabab bo'ldi.
1990 yillar oxirida qurilish sektori asosan jamoat ishlariga investitsiyalar va
uy-joylar uchun moliyaviy imtiyozlarning mavjudligi bilan bog'liq muammolarni
ko'rsatdi. Italiya iqtisodiyoti 2000 yillarning birinchi o'n yilliklarida o‘sish
pasayganligi sababli, qurilish sanoati ayniqsa og'irlashdi. 2017 yilning to'rtinchi
choragida Italiyadagi qurilishdan YaIM tarkibi 16,267 mlrd. yevroga oshdi. 2017
yilning uchinchi choragida 16,142 mlrd.ni tashkil qildi. 1996 yildan 2017 yilgacha
bu ko‘rsatkich o'rtacha 19,750,88 mlrd. yvroni tashkil etib,. 2006 yilning to'rtinchi
choragida esa 24,471,60 mlrd. yevro qayd etildi. 2015 yilning uchinchi choragida
15,840 mlrd. yevro hissa qo‘shdi.
Nufuzli banklari
UniCredit
Intesa Sanpaolo
Banca Monte dei Paschi di Siena
Banco Popolare
UBI Banca
Banca Nazionale del Lavoro
130
2.7.7. Tashqi savdo munosabatlari Italiya buyuk savdo an'anasiga ega. Tarixiy davrda Italiya sharqiy Yevropa
davlatlari, Liviya va Falastin xalqlari bilan faol aloqalar o'rnatgan. Bu aloqalar
Sovuq urush davri, 1991 yilda Fors ko'rfazi urushi davri va katta siyosiy tanglik
davrlarida ham saqlanib kelinmoqda. 1957 yildan boshlab EKga a'zo bo'lish Italiya
savdo-sotiq salohiyatini yanada oshirdi. Bu esa, iqtisodiy o'sishning tezlashishiga
olib keldi. Biroq, o'sha paytdan boshlab iqtisodiyotning tobora kengayib borayotgan
130 https://www.worldatlas.com/articles/the-biggest-italian-banks-by-total-assets.html