Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


 Qishloq xo'jaligi, o'rmonxo’jaligi va baliqchilik



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə402/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

4.2.3. Qishloq xo'jaligi, o'rmonxo’jaligi va baliqchilik
Vengriya iqtisodiyotidagi qishloq xo'jaligining o'rni Ikkinchi jahon urushidan 
keyingi davrlarda barqaror ravishda kamayib bordi. Shunga qaramay, mamlakat 
uchun qishloq xo'jaligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib deyarli o'ziga yetarli oziq-
ovqat ishlab chiqara oladi. Vengriyadagi iqlim qishloq xo'jaligi uchun juda qulay 
bo‘lib mamlakat hududining beshdan bir qismi o'rmon bilan qoplangan. 
280
 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/hng.html


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 450 - 
Mamlakatning umumiy maydonining o'ndan bir qismiga doimiy ekinlar ekiladi. 
Qishloq xo'jaligi 1990-yillarning iqtisodiy o'tishiga qadar Vengriya eksportining 
deyarli to'rtdan bir qismini tashkil etar edi. Bu davrda chorvachilik zaxiralari uchdan 
bir qismga kamaydi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportining yarmi 
qisqarishiga olib keldi
281

Jamoachilikning (Kollektivizatsiya) dastlabki davri (1948-61) so'ng, vengrlik 
kooperativlar xususiy fermerlikni o'zlashtira boshladilar. Xususiy yer-uchastkalarda 
jamoa xo‘jaliklaridan sakkiztasi tashkil etilgan bo‘lib mamlakat qishloq xo'jaligi 
mahsulotlarining uchdan bir qismini yetishtira boshladi. Vengriya qishloq xo'jalik 
yerlarining beshdan bir qismi davlat xo'jaliklariga tegishlidir. 1990 yildan buyon 
yerlar imtiyozli deb topilib, qishloq aholisining ayrimlari qayta tashkil etilgan 
kolxozlarda qoldi. 
Bug'doy va makkajo'xori mamlakatning eng muhim ekinlari hisoblanadi. 
Boshqa ekinlar sifatida shaker lavlagi, kartoshka, pista urug'i va mevalar (ayniqsa 
olma, uzum va o'rik) larni aytishimiz mumkin. Shimoliy Tog'lar hududida 
joylashgan bog'bonlik ham muhim ahamiyatga ega. Vengriyada yirik qoramol, 
qo'ylar va parranda go'shti yetishtirildi. Ammo hayvonot mahsulotlarini 
yetishtirishga 
qarshi 
kurashda 
hukumatning 
sa'y-harakatlari 
natijasida 
chorvadorlikdagi sezilarli pasayish 1990-yillarda sodir bo'ldi. 2016 yilda qishloq 
xo'jaligi yalpi ichki mahsulotning 4,3 foizini, oziq-ovqat sanoati esa deyarli 7,7 
foizini egallagan edi. Vengriya qishloq xo'jaligi deyarli o'z-o'zidan ta'minlangan va 
an'anaviy sabablarga ko'ra eksportga yo'naltirilgan: qishloq xo'jaligi eksporti 
umumiy hajmining 20-25% ni tashkil qiladi. Vengriyaning umumiy yer 
maydonining deyarli yarmi qishloq xo'jaligi ekin maydonlari hisoblanadi. Bu raqam 
boshqa Yevropa İttifoqi a'zolarining orasida muhim ahamiyatga ega. Bu 
mamlakatning qulay sharoitlari, shu jumladan, kontinental iqlim va Vengriyaning 
landshaftining yarmini tashkil etadigan tekisliklar bilan bog'liq
282

281
 
https://www.britannica.com/place/Canada/Agriculture-forestry-and-fishing 
282
 https://www.britannica.com/place/hungary 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin