XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 494 - bashorat qilinmoqda
309
. Bolgariya
1996 yil 1 dekabrida Butunjahon Savdo
Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan
310
.
Bolgariya iqtisodiyoti erkin bozorning tamoyillari asosida ishlaydi. Mamlakat
yirik xususiy sektorga va kichik jamoatchilik faoliyatlariga asoslanadi. Bolgariya -
yuqori daromadli mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda Komeconning 1991 yilda
tarqatib yuborilgandan so'ng barcha qiyinchiliklarga qaramasdan so'nggi 26 yil
ichida sezilarli darajada rivojlana boshladi. 1990-yillarning boshida mamlakatda
xususiylashtirishning sekinlashuvi, hukumatga qarama-qarshi soliqlar hamda
byurokratik tanqidlar chet el investitsiyalarini jalb qilishda salbiy ta‘sir ko‘rsatdi.
Mamlakat Yevropa Ittifoqiga 2007 yilda qo'shilgandan so'ng qariyb 6 mlrd.AQSh
dollari miqdorida tashqi savdo aloqalari amalga oshirildi. Biroq, Yevropa va jahon
bozorlaridagi past samaradorlik hamda raqobatbardoshlik loyiha mablag'larining
yetarli emasligi sababli xorijiy investitsiyalar uchun muhim to'siq bo'lib qolmoqda.
Shunga qaramay, Bolgariya Fanlar akademiyasi Iqtisodiy tadqiqotlar institutining
eng so'nggi yillik hisobotiga ko'ra Bolgariyada o'rtacha ish haqi Yevropa Ittifoqida
o'rtacha ish haqining chorak qismi (1/4) ni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich
mehnat unumdorligi formulada hisoblab chiqilganda ikki baravar yuqori bo'lishi
kerakligi tavsiya etilgan.
4.4.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Hukumat a'zolari 1995 yil yanvar oyida o'z lavozimida xizmat qilgan paytdan
boshlab pul mablag'lari va ommaviy xususiylashtirishga harakat qilishni va'da
qilishgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Yugoslaviya va Iroqqa qarshi
sanktsiyalari (1990-2003 yillar), mamlakatning eng muhim savdo hamkorlaridan
biri Bolgariya iqtisodiyotiga og'ir yuk va bosim olib keldi. Qayta tiklanishning
birinchi belgilari 1994 yilda yalpi ichki mahsulotning o'sishi va inflyatsiya tushib
ketishi bilan yuzaga keldi. Ommaviy xususiylashtirishning birinchi bosqichi 1996
yil yanvarida boshlangan va shu yilning oxirigacha kim oshdi savdosi orqali milliy
309 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php 310 https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm#collapser