XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 68 -
Expeditors International of Washington
J.B. Hunt Transport Services
15
2018 yilning uchinchi choragida AQSh YaIMda transport xizmatlarining
ulushi 478.20 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. 2018 yilning 1-choragida esa
485,70 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 2005 yildan 2018 yil vaqt oralig‘ida
o'rtacha 439.49 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilning birinchi
choragida esa 485,70 millirad AQSH dollarini qayd etdi. 2009 yilning birinchi
choragida past rekord darajadagi ko‘rsatkich 386,90 milliard AQSh dollarini tashkil
etdi
16
.
2.1.11. Jahon Banki bilan hamkorlik AQSh Jahon Banki Guruhi bilan dunyo mamlakatlaridagi
iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan xalqaro
hamkorlikni rivojlantiruvchi eng asosisy donor mamlakat hisoblanadi. Amerika
Qo'shma Shtatlari Jahon Banki Guruhi missiyasini saxiylik bilan qo'llab-
quvvatlovchi uzoq tarixga ega. AQSh asosan, rivojlanayotgan hamda o‘tish davri
iqtisodiyoti mamlakatlariga ta'lim uchun kam foizli kreditlar va grantlar, eng
kambag'allarga mmlakatlarga mo'ljallangan Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasining
sog'liqni saqlash, infrastruktura, qishloq xo'jaligi, aloqa, transport, bank tizimini,
iqtisodiy va institutsional rivojlanishga qaratilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan
mamlakatlarda sog'liqni saqlash, ta'lim, infratuzilma, atrof-muhit, boshqaruv va
korrupsiyaga qarshi dasturlarning eng katta moliyachisidir. Jahon banki dasturlari
global barqarorlikni ta'minlovchi iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish orqali kam
ta'minlangan insonlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishda hayotni saqlab qolish va
yaxshilashga yordam beradi.
Qo'llab-quvvatlangan ishonch fondi orasida:
Afg'onistonni qayta qurish maqsadli jamg'armasi,
USAID, Jamoatchilikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy dastur
15 http://hub.controlpay.com/h/i/424720170-the-top-50-largest-logistics-companies-in-the-us-2018 16 https://tradingeconomics.com/united-states/gdp-from-transport