Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


 Iqtisodiy rivojlanish tarixi



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə503/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

4.7.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi 
XIX asr boshlarida Xorvatiya Qirolligi qishloq xo'jaligida ishlaydigan 
aholining yuqori darajasini qayd etdi. O'sha davrda o'rmon xo'jaligi va yog'och 
sanoati singari ko'plab sanoat tarmoqlari juda yaxshi rivojlangan edi. Sanoat rivojiga 
birinchi qadam 1830-yillarda boshlangan bo‘lib kelgusi o'n yilliklar ichida yirik 
sanoat korxonalari qurilishi amalga oshirilgan. 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-
asrning boshlarida Xorvatiyada sanoat rivojlanishi jadal kuchayib, temir yo'llar 
355
 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php 
356
 https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm#collapser 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 560 - 
qurilishi va elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mustahkamlandi. 1918-yilda 
Xorvatiya sobiq Yugoslaviya Qirolligining bir qismi bo'ldi, bu urush davrida 
Yevropaning kamroq rivojlangan davlatlaridan biri edi. Sanoatning aksariyati oddiy 
va to'qimachilik fabrikalarida, briketda, qurilish sohasi va oziq-ovqat mahsulotlarini 
qayta ishlash zavodlariga qaratildi. Iqtisodiyot an'anaviy ravishda qishloq xo'jaligi 
va chorvachilikni rivojlantirishga asoslangan bo'lib Xorvatiya aholisining yarmidan 
ko'pini tashkil qiladi
357
.
1980-yillarning oxirlari va 1990-yillarning boshlarida sotsializmning qulashi 
va iqtisodiy o'tish davri boshlanishi bilan Xorvatiya makroiqtisodiy barqarorlik 
dasturlari natijasida YaIMning salbiy o'sish darajasi to'xtadi va ijobiy taashqi-savdo 
munosabatlariga kata e‘tibor qaratildi. Urushdan keyingi davrdagi milliy 
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash rivojlanish uchun yana bir turtki berdi. 1999 yilda 
xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60% ga yetdi. Ushbu davrga 
nisbatan boshqa sobiq ittifoq mamlakatlariga qaraganda ancha past natijalar qayd 
etildi. Bir necha yillar davomidagi muvaffaqiyatli makroiqtisodiy barqarorlik 
siyosati, past inflyatsiya va barqaror valyutadan so'ng, iqtisodchilar fiskal 
o'zgarishlarning mavjud emasligi va davlatning iqtisodiyotiga aralashuvi keskin 
pashayishi natijasida barqaror iqtisodiy o'sishga erishildi. 

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin