Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə558/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 621 - 
konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. O‗zbekiston bilan Sloveniya o‗rtasidagi 
farmatsevtika, axborot texnologiyalari, mebelsozlik kabi sohalardagi hamkorlikni 
kengaytirish va mustahkamlash ustuvor yo‗nalishlardan hisoblanadi. O‗zbekistonda 
sloveniyalik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan sakkiz qo‗shma korxona faoliyat 
ko‗rsatmoqda. Bugungi kunda sloveniyalik sarmoyadorlar O‗zbekiston bilan 
farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‗jaligi, sayyohlik kabi sohalarda 
hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirmoqda
391
.
2017-yilning 7-avgust kuni O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar 
vazirligida Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy direktori, 
Prezidentning Maxsus vakili Zoran Vuyich bilan uchrashuv bo‗lib o‗tdi. Suhbat 
davomida ikki tomonlama munosabatlarga doir masalar muhokama qilindi. Asosiy 
e‘tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa 
sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‗nalishlariga qaratildi. 
Muzokaralar chog‗ida O‗zbekiston-Serbiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy 
bazasini shaklantirishdagi qo‗shma ishlar borishi batafsil ko‗rib chiqildi. Serbiya 
tomoni 2017-yilning avgust va noyabr oylarida Samarqand shahrida bo‗lib o‗tadigan 
―Jahon tamadduni tarihida Markaziy Osiyo Renesansi‖ va ―Markaziy Osiyo: 
umumiy o‗tmish va mushtarak kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‗lida 
hamkorlik‖ xalqaro konferensiyalariga taklif qilindi
392
.
2018 yilning 11-iyul kuni O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 
Sloveniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva 
shahrida) Primoj Sheligo bilan uchrashuv bo‗lib o‗tdi. Suhbat davomida turli 
sohalarda va ―O‗zbekiston-Yevropa Ittifoqi‖ shaklida ikki tomonlama aloqalar 
holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha hukumatlararo komissiya kabi 
samarali institutlarni yaratish va ularning muntazam faoliyatini boshlash to‗g‗risida 
takliflar bildirildi.
393

391
 http://uza.uz/uz/business/ozbekiston-sloveniya-biznes-forumi-06.12.20119905?element_code=ozbekiston-sloveniya 
-biznes-forumi-06.12.2011- 
392
 https://mfa.uz/uz/press/news/2017/08/11892/ 
393
 https://mfa.uz/uz/press/news/2018/07/15404/ 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin