Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə679/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   675   676   677   678   679   680   681   682   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 757 - 
ammo, ushbu mahsulot mamlakat ichki talabi uchun yetarli miqdor bo‘lmaganligi 
uchun import qilinadi. Shaharlarda sabzavot va poliz mahsulotlari ancha turlari 
yetishtirildi
491

Chorvachilikni rivojlantirish turli xil yoz va qishki yaylovlarning turfaligi 
bilan belgilanadi. Qo'y va echkilar, qoramollar va qo‘ychilik yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. Asalarichilik va parrandachilikning zamonaviy samarali texnologiyalari 
joriy etilgan. Qora dengizda baliqchilik sanoati keng ko‘lamda ishlaydi. 
2017 yilda Gruziya 52 mamlakatda umumiy miqdori 59 million AQSh 
dollarini va 32 mamlakatda umumiy miqdori 72.5 million AQSH dollaridan iborat 
spirtli ichimliklarni sotdi. Mamlakat vinolar va spirtli ichimliklar eksport bo'yicha
dunyodagi o'nlikka kiradi. Gruziya milliy vino agentligiga ko'ra, gurjiston sharobini 
eksport qilish tarkibi va hajmi oshib bormoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlari Gruziya eksportining taxminan 6 foizini tashkil etdi
va umumiy qiymati 130 million AQSH dollari miqdoridagi 10 ta eng yaxshi eksport 
tovarlari ro'yxatiga kiradi. Yong‘oqlar 53 mamlakatga eksport qilindi. 2017 yilning 
to'rtinchi choragida YaIMning 479.10 milliard yevro darajasiga ko'tarildi. 2017 
yilning uchinchi choragida 464.60 million yevroni tashkil qildi. Gruziya qishloq 
xo'jaligi 2003-2007 yillarda o'rtacha 432.32 million yevro tashkil qilgan bo‘lsa 2003 
yilning ikkinchi choragida 549,30 million yevroga teng bo‘lgan. 2009 yilning 
birinchi choragida past rekord darajada bo'lib 316,90 million yevroni tashkil etgan. 
5.5.4. Tabiiy resurslari va Energetika
So'nggi yillarda Gruziya o'z elektroenergetika tarmog'ini to'la-to'kis 
takomillashtirdi va hozirda u bozorlarga erkin va ochiq kirish imkoniyati mavjud. 
Gruziya katta hajmdagi gidroenergetik quvvatga ega bo‘lib uning energiya ta'minoti 
va siyosatining tobora muhim tarkibiy qismi bo'lib kelgan. Mamlakatning 
topografiyasi va gidroenergetika ko'pligi Kavkaz mintaqasidagi gidroelektr 
stantsiyalariga bp‘yicha ustunlikka ega. Gruziya energetika vazirligi mamlakat 
hududida juda katta miqdorda suv resurslari zaxirasiga boyligini e‘tirof etmoqda. 
491
 
491
 https://www.britannica.com/place/georgia/Agriculture-forestry-and-fishing 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   675   676   677   678   679   680   681   682   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin