XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 775 -
tizimli islohotlarni amalga oshirdi. Islohotlar sanoat va qishloq xo'jaligini sezilarli
darajada
xususiylashtirish, soliq va moliyaviy tizimlarni qayta tuzish va narxni
liberallashtirishni o'z ichiga oladigan o‘tish davri iqtisodiyotini shakllantira
boshladi.
Davom etilayotgan taraqqiyot hukumatning makroiqtisodiy boshqaruvni
mustahkamlash
qobiliyatiga, jumladan, daromadlarni yig'ish, investitsion muhitni
yaxshilash va xususiylashtirishni jadallashtirishga bog'liq bo‘ldi. 1994 yil iyun oyida
liberal xorijiy sarmoyalar to'g'risidagi qonun va 1997
yilda xususiylashtirish
to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Shuningdek, davlat mulkini xususiylashtirish
dasturiga amaliyotga kiritildi.
Hukumat Jahon Savdo Tashkilotiga a'zo bo'lish yo'lida muhim qadamlar
qo'ydi. 1994
yilga kelib esa, Armaniston hukumati XVF (IMF) homiyligidagi
iqtisodiy liberalizatsiya dasturini ishga tushirdi. Bu 1995-2005 yillar oralig‘ida
ijobiy o'sish sur'atlariga olib keldi. Armaniston 2003 yil yanvar oyida Jahon Savdo
Tashkilotiga (WTO) qo'shildi. Armanistonda ham inflyatsiya darajasi pasaydi,
valyutani
barqarorlashtirishga, kichik va o'rta korxonalarni xususiylashtirishga
muvaffaq bo'ldi. Iqtisodiy rivojlanish bilan bir qatorda, Armanistonda ishsizlik
darajasi yuqori darajada saqlanib turibdi.
Armaniston 1992 yil may oyida Xalqaro valyuta jamg'armasiga
va sentyabr
oyida Jahon Bankiga qabul qilingan edi. Bir yil o'tgach, hukumat bu tashkilotlarga
moliyaviy yordam ko'rsatayotganidan shikoyat qildi va qo'shimcha narxlari
liberalizatsiyasi, tashqi savdo bilan bog'liq barcha tariflarni, kvotalarni va
cheklovlarni olib tashlashga yo'naltirish loyihalar amaliyotga tadbiq etildi.
Armaniston iqtisodiyoti davlatga qarashli shaxslar asosiy
tovarlar va oziq-ovqat
mahsulotlarini olib kirish hamda taqsimlash bo'yicha haqiqiy monopoliyalardan
foydalandilar. Soliqlarni to'lamaslik uchun daromadlarni yashirish, majburiyatlarni
hisobga olmasliklari bilan milliy iqtisodiy o‘sishga ta‘sir ko‘rsatdilar
506
.
506
https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/gg.html