XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 774 -
bashorat qilinmoqda
504
. Armaniston 2003 yil 5 fevralda Butunjahon Savdo
Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan
505
.
Mustaqillikka qadar Armaniston iqtisodiyoti asosan kimyo sanoati,
elektronika
mahsulotlar, mashinalar, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari,
sintetik kauchuk va to'qimachilikka asoslangan bo‘lib tashqi omillarga juda bog'liq
edi. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanishiga qadar qishloq xo'jaligi real
mahsulotining 20 foizini va ish bilan ta'minlanganlikning 10 foizini tashkil qilgan.
Armaniston konlarida mis, rux, oltin va qo'rg'oshin qazib olingan. Energiyani ko'p
qismi import qilingan yoqilg'i bilan,
shu jumladan, Rossiya gazidan va atom
energetikasi yoqilg'isidan foydalaniladi. Asosiy energiya manbai – gidroenergetika
hisoblanadi. Kichik miqdorda ko'mir, gaz va neft konlari hali ham samarali ishlab
turibdi.
Armaniston iqtisodiyoti qishloq xo'jaligi sanoat bilan uzviy bog‘langan;
ushbu soha muhim ahamiyatga ega bo'lib, yalpi ichki
mahsulotning qariyb beshdan
ikki qismini tashkil etadi va ishchi kuchining beshdan bir qismini ish bilan
ta'minlamoqda. Sanoat energiya va xom-ashyoning importiga juda bog'liq bo‘lib
qolgan. Armaniston mashinasozlik, to'qimachilik va boshqa ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni qardosh respublikalarga xom-ashyo hamda energiya yetkazib beradi.
Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya chegaralari 1991 yildan 1993
yilgacha yopilgan
edi. Chunki, Armaniston Ozarbayjon bilan bo'linadigan Tog`li Qorabog` mintaqasi
bo`yicha davom etayotgan nizo natijasida bu ikki ochiq savdo chegarasi
vaqtinchalik foydalanishda bo‘lmadi.
Dostları ilə paylaş: