XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 825 -
pastligiga bog'liqdir. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
energiya ishlab
chiqarishni qo'llab-quvvatlovchi mavjud davlat mexanizmlari qayta baholanib,
islohotlar yanada takomillashtirilmoqda. Subsidiyalangan elektr energiyasini ishlab
chiqaruvchilarni
qattiq nazorat qilish, Yevropa Ittifoqi loyihalarini amalga oshirish
uchun nazoratni kuchaytirish va cheklash muddatlari joriy etildi. Shu bilan birga,
2014 yil yanvar oyida subsidiyalangan elektr energiyasini
ishlab chiqaruvchilar
uchun yangi soliq joriy etildi.
Soliqni
qayta
tiklanadigan
energiya
manbalaridan
yoki
issiqlik
stantsiyalaridan
elektr
energiyasini
ishlab
chiqarishga
moliyaviy
yordam
ko'rsatadigan kompaniyalar to'laydi. 2014 yil 1 yanvardan boshlab RES-E
tarmoqni aniq o'lchash hisobiga amalga oshiriladi. 2016-2020 yillarga mo'ljallangan
Energetikani rivojlantirish yo'riqnomasiga ko'ra, 2018 yilgacha elektr energiyasini
ishlab chiqarish bo'yicha yangi milliy qo'llab-quvvatlash
mexanizmi ishlab chiqilishi
kerak. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan isitish yoki sovutish maqsadida
foydalanish turli soliq imtiyozlari orqali ta'minlanadi. Bundan tashqari,
transport
sohasida qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun mavjud bo'lgan yagona
rag'bat soliq tartibga solish mexanizmi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: