XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 821 - mlrd. AQSh dollari bashorat qilinmoqda
535
. Latviya
1999 yil 10 fevralda
Butunjahon Savdo Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan
536
.
Latviya kichik ko‘lamli va ochiq iqtisodiyot bo'lib, eksport Yalpi ichki
mahsulotning yarmidan ortig'ini tashkil etadi. Uning qulay geografik joylashuvi
hududda transport va xizmatlar sohasining ustunlikka egaligi, qishloq xo'jaligi,
yog'ochni qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, mashinasozlik
hamda elektronika sanoati yuqori darajada rivojlangan. Hozirda korruptsiya
to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun to'siq bo'lib qolmoqda.
Latviyada tug'ilishning pastligi va aholi sonining qisqarishi uning uzoq muddatli
iqtisodiy taraqqiyoti uchun asosiy muammo bo‘lib hisoblanadi. Latviya Shimoliy
Yevropada eng tez rivojlanayotgan mamlakat hamda Yevropa Ittifoqning yagona
bozori tarkibiga kiradigan iqtisodiyotdir.
5.8.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Asrlar davomida Hanseziya va Germaniya ta'siri ostida, so'ngra urushlar
mustaqillik davrida Latviya geografik joylashuvini Sharqiy-G'arbning muhim savdo
sherigi va markazi sifatida qaralgan. Sanoat mahalliy bozorlarga xizmat qilib,
yog'ochsozlik, qog'oz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari esa Latviyaning asosiy
eksportiga aylandi. Aksincha, Rossiya imperiyasi va sobiq Ittifoqi davrida Latviya
milliy iqtisodiyotini mintaqaviy bozorlar bilan birlashtirmoqchi bo'lganlar. Bu
mamlakatlarning yirik ichki sanoat rivojiga kata ta‘sir ko‘rsatdi.
19-asrning ikkinchi yarmida Latviyada sanoatlashish boshlandi va 20-asrning
oxiriga kelib mamlakat Boltiqbo'yi davlatlarining eng yirik sanoatiga aylandi.
Latviyaning 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so'ng, mamlakat bozor
iqtisodiyotiga o'tishi natijasida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. 1990-yillarning
o'rtalarida boshlangan iqtisodiyotni diversifikatsiya qilindi. XXI asrning boshlarida
Latviyadagi sanoat markazlari xususiylashtirshga erishildi
537
.
535 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php 536 https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6 _e.htm 537 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/lat.html