XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 817 -
ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishга doir qator hujjatlar imzolandi. O‗zaro
tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‗yicha 21,2 million AQSh dollarini
tashkil etdi.
2018 yil O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel
kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot
qildi. Ko‗p asrlik do‗stlik va strategik sheriklikka asoslangan O‗zbekiston va
Ozarbayjon munosabatlari izchil rivojlanayotgani va
mustahkamlanib borayotgani
chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‗zaro savdo hajmi barqaror yuksak sur‘atlar bilan o‗smoqda, ikki mamlakat
yetakchi kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, neft-gaz
majmuida istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Yangi «Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Kars» temir yo‗l magistrali, shubhasiz, butun
mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tranzit salohiyatini ro‗yobga
chiqarishga xizmat qilishi alohida ta‘kidlandi. Faol madaniy-gumanitar
almashinuvlar
davom etmoqda, qo‗shma tadbirlar muntazam o‗tkazilmoqda.
Davlatlar rahbarlari, shuningdek, O‗zbekiston – Ozarbayjon ko‗p qirrali hamkorligi,
mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr
almashdilar
530
.
2010 yil 27 сентябр kuni Ozarbayjon Prezidenti
Ilhom Aliyev iqtisodiy va
madaniy sohadagi hamkorliklarini yanada kengaytirish maqsadida O‗zbekistonga
rasmiy safarini boshladi.Bu ozar rahbarining O‗zbekistonga ikkinchi tashrifidir.
O‗zbekiston, ayniqsa, Baku-Tbilisi-Kars temir yo‗li loyihasiga katta qiziqish bildirib
keladi. Chunki yangi loyiha Osiyodan kelayotgan yuklarni Ovro‗poga eltishda
nihoyatda qo‗l keladi. Bu esa, O‗zbekistonning eksport salohiyatini kuchaytirishga
yaxshigina qo‗l kelishi mumkin.Tomonlarning, bundan tashqari,
energiya, savdo-
sotiq va qishloq xo‗jaligi sohasida ham hamkorlikni kuchaytirish masalasiga e‗tibor
qaralar.Tomonlar asosan sanoat, to‗qimachilik, qurilish va yoqilg‗i sohasida oldi-
berdi qilib kelishadi. Muzokaralar chog‗ida iqtisodiy hamkorlikka oid besh yilga
mo‗ljallangan kelishuvning ham imzolanishi kutilmoqda. O‗zbekistonda 40
530
https://mfa.uz/uz/press/news/2018/04/14473