XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 139 - 2.4.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Frantsiya iqtisodiyoti yangi yerlarning ochilishi, buyuk kashfiyotlar va ilm-
fan taraqqiyotidan so‘ng dunyo bo‘ylab o‘z mustamlakachilik siyosatini kengaytirdi.
Shimoliy Afrika qit‘asi mamlakatlari, yaqin sharq mamlakatlari, Hindiston va
Kanada kabi bir qancha mamlakatlarda o‘zlarining ittifoqchilarini ko‘paytirdilar.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mamlakatda umuman boshqacha uslubda taraqqiyot
modeli ish boshladi. Keying o'n yilliklar mobaynida frantsuz iqtisodiyoti milliy
rejalar ketma-ketligini joriy qilib, ularning har biri taxminan 4-5 yilni qamrab olishi
va o'sish maqsadlari hamda rivojlanish strategiyalarini amaliyotga tadbiq etdi.
Yevropadagi qayta qurishdan mamlakat ancha daromad oldi. Jahon savdosida
o‘zining bir qatro tovarlari ixtisoslashuvi bilan mutlaq ustun bo‘lib rivojlanishda
davom etdi. Ayniqsa harbiy texnika sohasida ham mamlakat sovuq urushlar sababli
davlat
byudjetini
ancha
boyitib
oldi.
Kemasozlik,
esminslar,
barjalar,
avtomobilsozlik hamda fuqaro samolyotlari endilikda mamlakat iqtisodiyotidagi
strategik manbaga aylandi. Mamlakatda atom energetikasi alohida ahamiyat kasb
etdi. Tabiiy resurslarga juda boy mamlakat endilikda istalgan mamlakat bilan
raqobatlasha oladigan darajada rivojlanib bormoqda edi. Fransiya iqtisodiyoti
barcha sohalarda diversifikatsiya qilindi
59
.
Frantsiyada davlat sektori 1944-1946 yillardagi o'tish davrida yana bir muhim
ahamiyatli bo‘lmish bir qator milliylashtiruvlar bilan bir qatorda, Parijning Milliy
Banki (Banque Nationale de Paris, BNP) va Crédit Lyonnais Renault kabi sanoat
korxonalari, gaz va elektr kabi davlat xizmatlarining innovatsion rivojlantirish
rajalari bo‘ldi. Keyinchalik, 1982 yilga qadar Sotsialistik hukumat tomonidan keng
miqyosli millatlashtirish dasturi joriy etilganidan so'ng, ozgina o'zgarishlar ro'y
berdi. Natijada, kengaygan davlat sektori sanoatdagi bandlikning beshdan biridan
ko'proqini tashkil etdi va kreditlarning to'rtdan besh qismidan ko'pi davlatning bank
yoki moliya muassasalari tomonidan nazorat qilina boshlandi. O'sha davrdan
boshlab, o'ng qanot va yaqinda markazsiz markazlar ko'pchilik korxonalarni xususiy
sektorga qaytardi.
59 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/fr.html