XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 136 - Moskva shahrida bo‗lgan O‗zbekistondagi Elchixonasi darajalarida olib borilmoqda.
1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat yuritib
kelmoqda.
Ikkitomonlama munosabatlarda tashqi siyosat mahkamalari o‗rtasida olib
borilayotgan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar muhim ahamiyatga ega.
Ikkitomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun ―Yo‗l xaritasi‖ni birgalikda
amalga oshirish o‗zaro muloqotlarga tizimli tus berilmoqda. Davlatlaro‗rtasidagi
o‗zaro tashriflar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.Tomonlar o‗rtasida, xususan,
Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi ishbilarmonlar assotsiatsiyasi (CERBA)
orqali o‗zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik bosqichma-bosqich rivojlanishda davom
etmoqda. Jumladan, Kanada delegatsiyasi Toshkent shahrida o‗tkazilgan
«UzMining Expo-2017» Xalqaro ko‗rgazmasida eng faol ishtirokchilaridan bo‗ldi,
diplomatik munosabatlarining 25 yilligi arafasida esa, Toshkentga tog‗-konsanoati
sohasida faoliyat olib boruvchi Kanada biznes-jamiyati vakillaridan iborat ikki
davlat hamkorligi tarixidagi eng ulkan biznes-delegatsiyaning tashrifi amalga
oshirildi.
O‗zbekiston Lotin Amerikasi davlatlari bilan faol aloqalarni qo‗lab-
quvvatlashga intilmoqda. Braziliya, Kuba, Chili va Argentina mamlakatlari bilan
munosabatlarda muntazamlik kuzatilmoqda. Ishchi muloqot muntazam ravishda
xabar almashish va delegatsiyalarning o‗zaro tashriflari ko‗rinishida amalga
oshirilmoqda. Xususan, 2017-yil fevralida O‗zbekiston Qishloq va suv xo‗jaligi
vaziri o‗rinbosarining Braziliyaga soya ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida
amaliyotlarni o‗rganish bo‗yicha tashrifi tashkil etildi
55
.
55 https://mfa.uz/uz/cooperation/countries/198/